Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar:
1.
Reyting nazorati.
2.
Reyting nazoratining an`anaviy nazoratdan farqlarini aytib
bering.
3.
Joiy nazoratning o`ziga xos xususiyatlari ayting.
4.
Oraliq nazoratning asosiy funksiyalari haqida ma’lumot
bering.
5.
Yakuniy nazorat qachon o’tkaziladi?
6.
“Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish
va baholash tizimi to’g’risidagi” Nizomni o’qib chiqing va baholash
mezonlari haqida tushuncha bering.
180
8-MODUL. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH
JARAYONIDA AXBOROT VA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
19-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH
JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH METODIKASI, FANLAR BO‘YICHA
PREZENTATSIYALAR TAYYORLASH.
Tayanch
iboralar:
axborot texnologiyalari, kompьyuter,
operatsion tizimlar, tarmoqlar, pedagogik dasturiy vositalar, Virtual
borliq, masofaviy ta’lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar.
19.1. Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida axborot-
kommunikasiya texnologiyalari
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib
o‘qitish uchun birgina kompьyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi.
Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va
boshqalar bajargan funksiyalarni kompьyuter muvaffaqiyat bilan o‘z
zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati
sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, kompьyuter savodxonligi madaniyatning
muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga
qaerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak,
kompьyuter ishi, kompьyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin
vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.
Zamonaviy
axborot
texnologiyalarining
vositalari
qatoriga:
kompьyuter, skaner, videoko‘z, videokamera, LCD proektor, interaktiv
elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, mulьtimedia
vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobilь aloqa tizimlari,
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini
kiritish mumkin.
Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali
amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
- kompьyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz
eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, mulьtimedia
proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning
181
dasturiy ta’minoti;
- uskunaviy dasturiy ta’minot;
- virtual matn konstruktorlari, mulьtiplikatsiyalar, musiqalar, fizik
modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.;
- axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual
muzeylar va x.k.;
- texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan
tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni
dastlabki o‘zlashtirish va h.k.).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi
kompьyuterdir.
Hozirgi kunda
Do'stlaringiz bilan baham: |