Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

18.2. Reyting nazorat turlari 
O`tkazilish davri (payti)ga qarab, reyting nazoratining uch 
ko`rinishi farqlanadi: joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy 
nazorat (YAN). Nazorat turlari o`zaro uzviy 6og`liq, ular bir-birini 
to`ldiradi. Ularning barchasini birlashtiruvchi narsa — ta`lim 
etalonidir. Binobarin, nazorat turlarinnig barchasida erishilgan 
natijalar o`zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda etalonga 
taqqoslanadi. Bolalar taqqoslash yo`li bilan o`zlarining nimalarni talab 
darajasida, nimalarni talab darajasidan past o`zlashtirganliklarini ongli 
his qilishadi, mavzu, bo`lim yuzasidan o`qishni davom ettirish 
zarurligini payqaydilar. Binobarin, ta`lim texnologiyasida joriy 
nazorat o`quvchini oraliq nazoratga; oraliq nazorat o`z navbatida 
yakuniy nazoratga etaklaydi. Amaldagi pedagogik tajribada 
o`zlashtirish va uning natijasini tekshirish alohida jarayonlar sifatida 
amal qilsa, ta`lim texnologiyasida reyting nazorati ta`limning o`ziga 
singib ketadi. Natijada reyting nazoratini tashkil qilmasdan, ta`limni 
amalga oshirish, o`zlashtirishda olg`a siljish, ta`limni boshqarish 
mumkin bo`lmay qoladi. O`z-o`zidan reyting ta`lim texnologiyasining 
tarkibiy qismiga aylanadi. 
Joriy nazorat ta`limning ob`yektiv borishi bilan bog`liq bo`lib, 
yangi o`quv materiallarini o`rganish va mustahkamlash, takrorlash va 
malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish jarayonlarida 
o`tkaziladi. Shuningdek, uy vazifalari, qo`shimcha topshiriqlar, 
mustaqil ishlar hamda bolalarning o`z xoxish-istaklari bo`yicha 
qilingan ijodiy ishlar (mas. undalmalarni ishtirok ettirib she`r yozish), 
darslikdagi masala-misollarni echish, modellar yasash (mas. uy 
konstruktsiyasini loy, plastilindan yasash}, turli chizma, jadval, 
diagrammalar tuzish, laboratoriya mashg`ulotlari va didaktik 
o`yinlarda ishtirok etish, buklash, qirqish, qurish kabi faoliyat 
usullarini hisobga olib, joriy nazorat uchun ballar to`planadi. Kanaka 
usul hamda vosita bilan ball to`planmasin, u qabul qilingan etalonga 
zid bo`lmasligi lozim. 
Joriy nazorat uchun to`planadigan ballar teskari aloqaga 
asoslangan bo`lib, u bolalarni o`rganishga rag`batlantirish, u yoki bu 
o`quv materialini, bo`limni o`zlashtirishda o`zlarining qaerga kelib 


174 
qolganliklarini anglash, mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`rganishni 
davom ettirish zarurligini sezish, o`z kuchiga ishonch, mavzu 
yuzasidan biror ta`rif, aniqlik va qoidani e`tiborsiz qoldirmaslik kabi 
his-tuyg`ularga mo`ljallab olib boriladi. Shu tufayli joriy nazoratda 
ta`limiylik, 
shakllantiruvchanlik 
xususiyatlari 
ustun 
bo`ladi. 
Binobarin, joriy nazorat natijalari “4” yoki “5” raqamlari bilan emas, 
aksincha, mavzu va uning bandlari bo`yicha to`plangan ballar asosida 
hisobga olinadi. Joriy nazorat uchun ballar ham etalon asosida 
to`plangani tufayli mezoniy xarakterda bo`ladi. 
Joriy nazorat ballarini ikki yo`l bilan to`plash mumkin: ballarni 
o`qituvchining o`zi to`plashi; ballarni o`quvchilarning o`zlariga 
to`platish. Ikkinchi yo`l biroz munozarali bo`lsa-da, eng samarali 
sanaladi. Joriy nazorat uchun ball to`plashni o`quvchilarning o`ziga 
yuklash ularda o`ziga ishonchni, har bir ishni vijdonan bajarish, 
burchni anglash kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi. Joriy nazorat 
uchun ball to`plashni o`quvchilarning o`ziga yuklash o`qituvchining 
pedagogik mahoratiga bog`liq. O`qituvchi o`quv predmeti, uning 
bo`limi yoki mavzularga pedagogik ishlov bera olsa, har bir 
mashg`ulot va o`quv topshiriqlari maqsadini o`quvchilarga aniq 
etkazsa, ta`limni eng yuqori o`zlashtirishga yo`naltira bilsa, ta`limni 
motivlar, tafakkur va xotira- hodisalari ansambliga mo`ljallab tashkil 
etsa, har bir o`quvchining o`z-o`zini nazorat qilishi uchun vositalar 
tayyorlasa, ana o`shandagina joriy nazoratning samaradorligi oshadi. 
O`quvchilarning o`z-o`zini nazorat qilishga oid vositalardan biri 
nazorat xaritasi. Nazorat xaritalari o`zlashtirilayotgan o`quv 
materiallari, uning birliklari — o`quv elementlari asosida tuziladi. 
Unda o`zlashtirilayotgan o`quv elementlari, ularni o`rganishga oid 
o`quv maqsadlari testga aylantirilgan maqsad, testning javobi, 
to`plangan 
ballarga 
mo`ljallangan 
grafalar 
bo`ladi. 
Testga 
aylantirilgan maqsadlarga quyiladigan ball miqdori o`quvchilarga 
oldindan aytiladi, testning yechim i (kaliti) o`qituvchida saqlanadi. 
Joriy nazorat uchun tuzilgan o`z-o`zini nazorat qilish xaritasida 
o`zlashtirilayotgan mavzu bo`yicha nechta o`quv elementi ajratilgan 
bo`lsa, shuncha miqdorda bolalarning o`quv maqsadlari, shuncha 
miqordagi testga aylantirilgan maqsadlar bo`lishi shart. Zero, testga 
aylantirilgan maqsadlarning javobini tahlil qilish yo`li bilan har bir 
o`quvchining qanday natijaga erishganini aniqlash mumkin. 
O`qituvchi shuni unutmasligi kerakki, o`z-o`zini nazorat xaritasida 


175 
keltiriladigan testga aylantirilgan maqsad o`rganilgan hodisani tanish 
(mas. undalmalarni matn tarkibida tanish) darajasida bulishi lozim. 
Shunday qilib, joriy nazorat ta`limning borishi bilan daxldor 
bo`lib, mavzu bo`yicha axborotlar to`plash, to`planganaxborotlarga 
dastlabki ishlov berish, o`rganilgan hodisalarni boshqa hodisalardan 
farqlash, ularni taniy olish darajasida o`tkaziladi, testga aylantirilgan 
maqsadlarning murakkabligi, qiyinligi o`rganilgan bilimlarga oid 
hodisalarni tanish darajasida bo`ladi. 
Joriy nazorat jarayonida testga aylantirilgan maqsadlar bo`yicha 
to`plangan ballar asosida sinf jamoasi gomogen guruhlarga ajratiladi, 
guruhlar uchun qiyinchiligi, murakkabligi hisobga olingan topshiriqlar 
belgilanadi, ta`limni borishiga qo`shimcha,
tuzatishlar kiritiladi. Bular 
ta`limni yana bir bor takrorlashni osonlashtiradi, o`zlashtirishning 
navbatdagi darajasi — malaka darajasida o`zlashtirishga o`tishga 
imkoniyatlar yaratadi. 
Joriy nazorat o`zlashtirishning birinchi darajasi (ko`nikma 
darajasi)da, oraliq nazorat esa malaka darajasida o`zlashtirilgan 
bilimlar asosida o`tkaziladi. Oraliq nazorat mohiyati jihatdan 
o`rganilgan axborotlarga ishlov berish jarayoniga to`g`ri keladi. 
O`quvchilar o`rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko`rsatishadi, 
ularni 
turli 
o`quv 
va 
hayotiy 
holatlarga 
tatbiq 
qilishadi, 
o`rganilayotgan ob`yekt(lar)ning yangi-yangi xususiyatlarini kashf 
etishadi, bilimlarni yangi sharoitlarda sinab ko`rishadi. 
Oraliq nazorat o`rganilayotgan mavzu yoki bo`lim bo`yicha 
umumiy xulosalar chiqarish, voqea-hodisalarni tushuncha darajasida 
o`zlashtirish jarayonlarida ham o`tkaziladi, shularga ko`ra oraliq 
nazoratda testga aylantirilgan maqsadning murakkablik, qiyinlik 
darajasi oshiriladi. Testga aylantirilgan maqsadlarni o`zaro taqqoslab 
ko`rish uchun oldingi sahifada keltirilgan jadvalni yana bir bor 
takrorlaymiz. 
Joriy nazoratga o`xshab oraliq nazorat ham ta`limning borishi 
bilan daxldor, shu sababli ular mashg`ulotlarning tarkibida o`tkaziladi, 
ularga alohida o`quv soatlari ajratilmasligi kerak. Bu ularning 
o`xshash tomonlaridir. Ammo oraliq nazoratning o`zigagina xos 
xususiyati mavjud. Taqqoslang; joriy_nazorat to`liq o`zlashtirishning 
dastlabki bosqichida (mavzu bo`yicha axborot to`plash jarayonida) 
o`tkazilsa, oraliq nazorat axborotlarga ishlov berish — masala 
darajasida o`zlashtirish, shuningdek, mavzu yoki bulim yuzasidan 


176 
umumiy xulosalar chiqarish — tushuncha darajasida o`zlashtirish 
bosqichlarida o`tkaziladi. “Oraliq nazorat” iborasi uning joriy va 
yakuniy nazorat o`rtasida o`tkazilishiga ishora emas, aksincha, 
bilimlarni 
yuqori 
daraja 
(etalon 
darajasi)da 
o`zlashtirishga 
yaqinlashganlikka diqqatini qaratishdir. 
Hozirgi, endigina shakllanib kelayotgan ta`lim texnologiyasi 
pedagogik amaliyotida joriy va oraliq nazoratda uy vazifalari, 
qo`shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlarni tekshirish orqali o`zlashtirish 
ballarini to`llash moyilligi paydo bo`lyapti. Bu ma`qul tendentsiya 
emas. Bizningcha, uy vazifasi, qo`shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlar, 
konstruktiv yumushlarnn ta`limning tashkiliy shakllari sifatida 
ajratish, maktabda o`tkaziladigan mashg`ulotlarga ilova ishlar deb 
qarash ma`qulqga o`xshaydi. Bunday ishlarning natijasi hisobga 
olinishi zarur. Ammo ularni bolaning ta`limni yangi sharoitlarda 
takrorlayotgani sifatida qarash lozim. Haqiqiy reyting testga 
aylantirilgan maqsadlar asosida o`tkazilsa, nazoratning samaradorligi 
yanada oshadi. 
Shu yerda bir hodisaga tanqidiy munosabat bildirishni joiz deb 
topdik. Ta`lim texnologiyasi amaliyotida mavzu yoki bo`lim bo`yicha 
to`planishi lozim bo`lgan ballarning ko`p miqdori joriy va oraliq 
nazoratga, juda oz miqdordagi ballar yakuniy nazoratga to`g`ri 
kelyapti. Bu unchalik to`g`ri emas. Ish shu yo`sinda ketaversa, eskicha 
protsentomaniya — foizbozlik o`rniga, yangi “ballomaniya” — 
ballbozlik paydo bo`lmaydimi? Bu birinchi. Ikknnchidan, joriy va 
yakuniy nazorat faqat ball to`plash uchun emas, aksincha, bolalarni 
ogohlantirish o`zlashtirishda qaerga kelib qolganlarini ularga 
tushuntirish, ta`limga tuzatishlar kiritish, uni yana bir bor takrorlash. 
kabi tabaqalashgan-differensial ta`limning ehtiyojga aylanganini 
o`quvchilarga anglatish maqsadlarida o`tkaziladi. Binobarin, joriy va 
oraliq nazoratlarda ta`limiylik ustun bo`ladi. 
Yakuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan butunlay farq qiladi: 
unga alohida o`quv soati ajratiladi: u o`quvchilar bilim darajasi etalon 
darajasiga ko`tarilgach o`tkaziladi; unga ta`lim natijasi ta`lim 
jarayonidan ajratiladi. Ko`rinadiki, yakuniy nazorat ta`limning borishi 
bilan emas. nuqul ta`lim natijasi bilan daxldor hodisadir. YAkuniy 
nazoratda bulim yoki mavzu bo`yicha ajratilgan o`quv elementlarining 
barchasini o`zlashtirish etalonga taqqoslab tahlil etiladi, umumlashgan 
test yoki testlar tizimi vositasida natija tekshirilib, baholanadi. Shu 


177 
tufayli uni “nazorat ustiga qurilgan nazorat” deb qaraymiz. Reyting 
nazorati tizimini quyidagi chizma asosida tasavvur etish mumkin.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish