Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


 Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘laniladigan ta’lim



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

 
7.3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘laniladigan ta’lim 
metodlariga qo‘yiladigan talablar 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ta’lim metodlarini tanlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tanlash o‘qituvchi imkoniyatlarini 
kengaytiradi, ta’lim o‘rganishda ta’lim oluvchilarning o‘quv-biluv 
faoliyatlarini faollashtiradigan ta’lim metodlarini tanlash muhim 
pedagogik hodisa hisoblanadi. Ta’lim metodlarini tanlash va optimal 
qo‘llashda o‘qituvchi muayyan tartib qoidalarga rioya qilishi lozim: 
1.
Tanlanayotgan metod o‘quv materiali mazmuniga muvofiq 
bo‘lishi, mavzuni murakkabligi, o‘rganilayotgan o‘quv material 
1
O. R Roziqov, S.Yu.Og’ayev “Didaktika” darslik. (oily o’quv yurtlari, asperantlar uchun).-
Toshkent, “Fan” 1997, 184-205-betlar


72 
yuzasidan o‘quvchilarda ayrim hayotiy hodisalar mavjudligi, o‘quv 
materialining hajmini inobatga olish zarur. Mavzu o‘quvchilarning 
real o‘quv imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, 
o‘rganilayotgan material o‘quv jarayonining qaysi bosqichida 
turganligini va qanday aniq o‘quv hamda tarbiyaviy masalalar hal 
etilayotganligini aniq tasavvur qilish lozim. Mavzu o‘quvchilarning 
o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelsa, yani u shu mavzu yuzasidan 
qandaydir tushunchalarni egallagan bo‘lsalar, yoxud avvalgi o‘qish 
bosqichlarida o‘rganilayotgan o‘quv ma’lumoti yuzasidan muayyan 
tasavvurga ega bo‘lsalar, reproduktiv metodlar bilan muammoli bayon 
qilish metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
2.
Qo‘llaniladigan ta’lim metodlari ta’lim printsiplariga muvofiq 
kelishi lozim. Bunda tanlanadigan o‘qitish metodlari pedagogika 
fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim 
printsiplarini amalga oshirishda real imkoniyat vujudga keltirilmog‘i 
darkor. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim-tarbiya 
berish, tarbiyalash, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi 
bunda nazariyaning amaliyot bilan, ilmiylikning puxtalik bilan 
mustaqillik va izchillik printsiplariga bog‘liqlikda olb borilishi ta’lim 
metodi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va o‘zlashtirishni kuchaytiradi. 
Shuningdek real o‘quv imkoniyatlarini inobatga olgan holda 
pedagogik ma’lumotlar-shaxs ta’lim, tarbiya, bilim oluvchilarning 
ijtimoiy kelib chiqishlari pedagogik jarayonning xos xususiyatlarini 
hamda bolaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktorlar, ota-onaning 
tarbiyachilik sanati; tarbiya va ma’naviyat, bolaning rivojlanishi,
tarbiyaning nazariy ilmiy va milliy asoslari to‘g‘risidagi aniq 
ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatish, pedagogika turkum 
fanlarini o‘qitishda tarixiylik va milliylikka asoslanishda reproduktiv, 
tadqiqiy-ijodiy, tadqiqot, muammoli o‘qitish, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi 
3.
Ta’lim metodi mashg‘ulot turi, maqsadi va vazifalariga 
muvofiq bo‘lishi shart. Mutaxassislik fanlari ta’limiy, tarbiyaviy 
rivojlantiruvchi funksiyalar bilan ruhiy-ijtimoiy malakalar, aqliy 
qobiliyat, ijodiy tafakkur, o‘zini anglash, shaxs, faoliyat, 
ijtimoiylashuv, jamiyat, o‘zini boshqarish, ma’naviy yuksalish 
kabilarni 
amalga 
oshirish 
pedagogika 
darslarining 
muhim 
vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun pedagogik turkum fanlar 
mashg‘ulotlarida bu funksiyalarni amalga oshirishga yaxlit bir tizim 
sifatida yondashishga yordam beradigan metodlarni qo‘llash kerak. Bu 


73 
funksiya va maqsadlar yaxlitligini ta’minlashda namoyish-kuzatish, 
maruza, suhbat metodlari bilan birga nazorat, o‘z-o‘zini nazorat 
metodlarini qo‘shib olib borish tavsiya etiladi. 
4.
Talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta 
shug‘ullanishdagi faoliyatlarini faollashtiruvchi o‘qish motivlarini 
shakllantiruvchi, o‘quv axborotini egallashga qiziqish, tashabbusni, 
mustaqillikni va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishga undovchi 
metodlarni qo‘llash. Bunga uchun ta’limning muammoli, qisman 
izlanish va evristik, tadqiqotlilik, rag‘batlantirish metodlaridan 
foydalanish orqali erishiladi. 
5.
Qo‘llaniladigan metod o‘qituvchining o‘quv ishi sharoitlari va 
imkoniyatlari-mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona va uning jihozlanishi, 
o‘quv asboblari, gigiyenik sharoitlar mavjudligi, yil fasli, kunning 
tarkibiy qismi, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishga 
tayyorligi va shu kabilarni inobatga olib tanlanishi lozim. 
6.
Qo‘llaniladigan metod o‘rganilayotgan mavzu xususiyatlariga 
muvofiq bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishni nazardan qoldirmaslik 
darkor. Masalan, “Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limini 
o‘tishda, ko‘proq pedagogika fanining predmeti, metodologiyasi, 
drektiv va normativ hujjat (“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim sohasida davlat ta’lim standarti” 
vazirliklar, rektorat tomonidan fanni o‘qitishga qo‘yilgan talablar)ni 
inobatga olgan holda metod tanlash lozim. Buning uchun o‘qitishning 
tushuntirish-illyustrastsiya, muammoli bayon qilish, hikoya, suhbat, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi metodlardan foydalanish 
maqul hisoblanadi. 
7.
Qo‘llaniladigan metod talabalarning real o‘quv imkoniyatlari 
o‘zlashtirish darajali, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan 
holda tavsiya etiladi. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib 
chiqib bir mashg‘ulotning o‘zida bir necha metoddan foydalanish 
mumkin. Masalan, o‘quvchi-talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirishi bo‘sh bo‘lgan talabalar uchun reproduktiv, produktiv, 
qisman izlanish (evristik) metodlardan foydalanilssa yaxshi bo‘ladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish