Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


Glossariy.  Fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini  bo‘yicha uzbek, rus va ingliz tillarida beriladi.  e)  Ilovalar



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

Glossariy. 
Fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini 
bo‘yicha uzbek, rus va ingliz tillarida beriladi. 
e) 
Ilovalar:
-
fan dasturi; 
-
ishchi fan dasturi; 
- tarqatma materiallar; 
- testlar; 
- ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash 
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar; 
- fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa 
materiallar keltirilishi mumkin; 
- o‘quv-uslubiy majmuaning elektron varianti. 
 
6.3. O‘quv-uslubiy majmualarni chop etishga tayyorlash 
1.
O‘quv-uslubiy majmualar uchun quyidagi parametrlar qabul 
qilinadi: 
- O‘quv-uslubiy majmualarning ulchami 60x84/8 (210x297 mm); 
-
hoshiyalarning ulchami tepadai va pastdan 20 mm, chap va o‘ng 
tomondan 20 mm, hoshiyalarning o‘lchami ±10% o‘zgartirilishi 
mumkin; 
-
O‘quv-uslubiy 
majmualarni 
rasmiylashtirishda 
har 
bir 
bo‘limning nomi (yoki qisqa nomi)ni ifodalaydigan kolontitul 
elementini joylashtirish tavsiya kilinadi; 
- saxifalarni bezatish uchun ortiqcha ornament va bezak 
elementlaridan foydalanishga yul qo‘yilmaydi. 
2.
O‘quv-uslubiy majmualarning muqova titul varag‘ini 
rasmiylashtirishda uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasining 
logotipi (emblemasi) hamda o‘quv-uslubiy majmua nomidan keyin 
fanning asosiy mazmunini ifodalaydigan 1 ta rangli rasm joylashtirish 
mumkin. 
3.
O‘quv-uslubiy majmua matnini terish va sahifalashda quyidagi 
talablarga rioya kilinadi: 
3.1.
O‘quv-uslubiy majmualarning asosiy va qo‘shimcha 


59 
matnlarini terishda Times Uz va Times New Roman SHrift 
garniturasi, asosiy matn uchun 12, 14, qo‘shimcha va yordamchi 
matnlar uchun 11,12 shriftning keglidan foydalanish lozim. 
Bunda kompьyuterdan foydalanishda ushbu parametrlarga 
ulchami va yozilishi yaqin bo‘lgan boshqa shriftlar garniturasidan 
foydalanish mumkin. O‘ziga xos yozuv shakliga ega tillar (masalan 
arab, yapon, koreys, xitoy, hind va boshqalar) uchun boshqa mavjud 
garnituralardan foydalanish mumkin. 
3.2.
Asosiy matn 1,0 yoki 1,5 intervalda teriladi. Abzats 
chekinishi ulchami 1,0 yoki 1,5 sm. Bu parametrlar matn bo‘ylab bir 
xil bo‘lishi shart. 
3.3.
Jadvallar nomi va qo‘shimcha matnlarni boshqa rang bilan 
ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy matn 
bir ustunda terilishi kerak. 
3.4.
O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy sarlavhalarni hamda 
matnda rasm ostidagi yozuvlarni tuq ko‘k rang bilan yozishga yo‘l 
qo‘yiladi ammo ko‘rinmaydigan yozuvda yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.5.
Formulalar kqora rangda teriladi. Formularni terishda fon 
ishlatishga va boshqa rangdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.6.
Sahifalarda asosiy va qo‘shimcha matnlarni turli rangli 
fonlarga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.7.
O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy va qo‘shimcha matnni 
terish uchun 1-2 ta shrift garniturasidan foydalanish mumkin. 
3.8.
Darajasi bir xil bo‘lgan yozuv, sarlavha va boshqa matnli 
elementlar bir xil parametrli shrift bilan terilishi va rasmiylashtirilishi 
kerak. 
3.9.
Snoskalarni terish uchun asosiy kegldan 2 p, 4 p kichik 
bo‘lgan shrift kegllari tanlanadi. 
3.10 Titul varagida kolonsifra (betlarning tartib raqami) 
qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.11. Kolonsifralar sahifaning tag qismining markazida quyilishi 
maqsadga muvofiq. 
4.
O‘quv-uslubiy majmualarda rasmlar bilan ishlash qo‘yidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 

Rasmlar bir va kup rangli bulishi mumkin. 

Estetik talablardan kelib chiqqan holda rasmlarni kvadrat 
shaklda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

O‘quv-uslubiy majmualarda sifatsiz skanerlangan va yozuvlari 


60 
aniq o‘qilmaydigan rasmlarni joylashtirish man etiladi. 

Rasmlar va diagrammalarni bezatishda 10-15 foizli, yani juda 
och fondan foydalanish lozim. 

Rasmlar ketma-ketligi har bir bobda alohida qo‘yiladi, masalan, 
1 bobda 1-rasm «1.1-rasm»,- 2 bobda 4-rasm - «2.4-rasm» deb 
belgilanadi. Jadvallar bilan rasmlar bir xil usulda raqamlanadi. 

Jadval va diagrammalarni bezatishda matnni o‘qishni 
kiyinlashtirmaydigan och tusli qaymoq rangli fondan foydalanish 
lozim. 

O‘quv-uslubiy majmualarni birdan ortiq rang qo‘llab ishlab 
chiqishda, boshqa ranglar luz, sarlavha, qoidalar, shuningdek, belgilar, 
jadval va x-k. ni ajratishda qo‘llaniladi. Ranglarni tanlashda ularning 
bir-biriga mosligiga va uyg‘unligiga e’tibor qaratish shart. 

O‘quv-uslubiy majmualarda rasmlar soni chegaralanmagan, 
lekin rasm hajmini umumiy 
hajmga nisbatan 35% dan oshirmaslik 
tavsiya qilinadi.

Matn va rasmli elementlarni bezashda ko‘p hollarda tuq kizil 
ranglardan foydalanish tavsiya kilinmaydi. 
5.
O‘quv-uslubiy 
majmualarni 
bosmaga 
chiqarish 
va 
muqovalashda quyidagi talablarga rioya kilish lozim: 
5.1.
O‘UMlarni bosmaga chiqarishda 1-4 rangli lazerli va 
purkashli (struynыy) printerlardan foydalanish mumkin. 
5.2.
O‘UMlarni bosmaga chikarish uchun 1 m
2
vazni 70-80 g 
bulgan ofset va idora qog‘ozlaridan foydalaniladi. O‘UMni chop 
etishda qog‘ozni oldi va orqa tomonidan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
5.3.
O‘UMlar quyidagi xil muqovalarda tayyorlanishi mumkin: 
-
O‘UM taxlamini №76 tipdagi qattiq muqova bilan qoplash. 
Bunda muqova ofset yoki idora qog‘ozida bosilib, shaffof plenka bilan 
qoplanadi yoki muqova uchun matbaa muqovabop materiali kullanadi; 
-
O‘UM taxlamini tikmasdan elimlab mahkamlash va yumshoq 
muqova bilan birlashtirish. Bunda muqova uchun 240 g/m
2
ko‘rsatkichga ega qog‘oz tanlanadi va tasvir bosilganidan keyin 
shaffof plenka bilan qoplanadi. 
5.4.
O‘UM taxlamlarini mahkamlashda ip bilan tikish, sim bilan 
tikish, tikmasdan elimlab mahkamlash usullarini qo‘llash mumkin. 
5.5.
Taxlam kalinligi 20 mm dan ortiq bo‘lgan O‘UM larni №76 
tipidagi qattiq muqovalarda tayyorlash tavsiya kilinadi. 


61 
6.
O‘UMlarni ishlab chiqishda san’at, chizma, dizayn 
yo‘nalishlari uchun hamda boshqa tillardagi (masalan arab, yapon, 
koreys, xitoy va boshqa tillarda) fanning o‘ziga xosligini hisobga 
olgan holda bezatishlari mumkin. 
7.
O‘UM ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy ish hisoblanadi, uning 
tuzuvchilari mualliflik huquqiga ega hamda ularning ilmiy-pedagogik 
faoliyati baholanishida hisobga olinadi. 
8.
Talablarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va uni bekor 
qilish Vazirlikning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish