Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
XX asrning 30 -60
yillarda yaratilgan ko‘pgina psixologik, pedagogik adabiyotlarda
rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritilib, ta’lim
bola rivojlanishining muhim manbai ekanligi qayd etiladi
(A.S.Vigotiskiy, A.N.Leontev, S.A.Rubinshteyn, D.B.Elkoning,
L.Ya.Galsring, E.V. Ilvinkov, L.V.Zankov, V.V.Davidov).
Ular g‘oyalariga ko‘ra inson va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim
shunday qurilmog‘i darkorki, u qisqa vaqtda maksimal rivojlanishni
ta’minlasin. Shunga asosan rivojlantiruvchi ta’lim pedagogik ta’sir
tizimida shaxs irsiy xususiyatlarining rivojlanishini tezlashtirish,
yo‘naltirish, rag‘batlantirishning stimulidir. Masalaga shu nuqtai
nazardan
yondashganda
rivojlantiruvchi
ta’lim
shaxsning
qobilyatlarini, bilish kuchlarini, intellektual va ijodiy salohiyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi.
G‘oya mazmunida bolaning psixik rivojlanishi, bilim, ko‘nikma,
malakaning samarasi yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish
jarayonida bolaning psixik xususiyatlari, ichki imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish lozim. Buning uchun o‘qitish jarayonida ta’lim
oluvchilarni turli faoliyatga jalb qilish, har xil didaktik o‘yinlar,
213
munozara usullaridan, bolalar tasavvuri, tafakkuri, xotirasi, nutqini
rivojlantiruvchi metodlardan foydalanish darkor.
Bunda,
asosan,
pedagogik
fanlarni
o‘qitishda
ta’lim
oluvchilarning fikrlash faoliyatlarini rivojlantiruvchi-ko‘rgazmali-
harakatli, amaliy, ko‘rgazmali-tasvirli, mavhum-nazariy o‘qitish
ishlarini qo‘llash, muammoli ma’ruza, evristik, tabaqalashgan, aqliy
hujum usullaridan foydalanish talab etiladi.
“Bumerang” texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot
davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy
tushunib yetish. Erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va
xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan
mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma
ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir
ishtirokchining turli mashg‘ulotlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi
yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli balni to‘plashiga imkoniyat
beradi. “Buremang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni
shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni,
dalillarni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-muomalalik;
-xushfe’llik ;
-ko‘nikuvchanlik;
-o‘zgalar fikriga hurmat;
-faollik;
-rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-ishga ijodiy yondashish;
-o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
-o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom
ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin
emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi
to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Kondalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar
qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni,
214
opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish
uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga
kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga
kirishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |