bet 90/112 Sana 04.04.2022 Hajmi 1,42 Mb. #528818
Bog'liq
5.54.02.01-Bino va inshootlar qurilishi (1)
Asosiy adabiyot.
Yodgorov V. U. , Butunov D. Ya. , Xaitov E. B. “Qurilishda bahoni shakllantirish” TAQI “AQIIM” ShK T. 2014 y.
Yodgorov V. U. , Butunov D. Ya. , Xaitov E. B. “Senoobrozovanie v stroitelstve” TAQI “AQIIM” ShK T. 2014 y.
Isakov M. Yu. “Ekonomika kapitalnogo stroitelstva”. Uchebnoe posobie Izdatelstvo Literaturnogo fonda Soyuza Pisateley Uzbekistana 2004 g.
Aleksandrov . V. T. , Kas’yanenko Ye. G. “Senoobrozovanie v stroitelstve” SPb Piter 2000 g.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
54. 02. 01 -Bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha Binolar tipologiyasi
(Tanlov fani) fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
1. Quruvchi texnik
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2. 17
Ajratilgan soat:
40
Toshkent-2021
Tuzuvchilar:
Sh. Xabibullayev
Toshkent arxitektur-qurilish institute dotsent
A. Y. Shoqosimov
Andijon arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
A. Yusupov
Andijon arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Sh. Turabayeva
Andijon arxitektura-qurilish texnikumi inspektori
Taqrizchi:
X. Yusupov
Toshkent arxitektura-qurilish instituti
“Qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti” kafedrasi dotsenti, t. f. n. r
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
Dastur nomi
Binolar tipologiyasi
Ajratilgan soat
40 soat
Mavzular soni
10
Dasturning maqsadi
O‘quvchilarga qurilish ishlari olib boriladigan maydonlarda o‘lchashlar ishlari aniqligini;
geodezik asboblarning tuzilishi va vazifalarini, geodezik o‘lchashlar usullarini o‘rgatadi.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Arxitekturada loyihalash jarayonlarini o‘rganish;
binolar turlarini undagi xonalarni joylanishi,konstruksiyalarni qo‘llanilishi;
zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanib loyihalash;
binolarni hajmiy kompazitsion echimini xisobga olgan xolda loyihalashni o‘rgatish.
Bilimlar
binolar haqida tushunchalarni;
binoalar klasifikatsiyasini;
binolarga qo‘yiladigan talablarni;
binolarni xizmat qilish muddatini;
bino va inshootlar tasnifini;
binolarga qo‘yiladigan talablarni;
bino qurilmalarini ;
ko‘p qavatli uylar turlarini;
o‘rta qavatli uylar turlarini;
bo‘limli uylar turlarini bilishi;
Ko‘nikmalar
binolarga ta’sir etuvchi tashqi ta’sirlarni xisobga olishni;
binolarni loyihalashda mahalliy mintalitetimizni, urf odatlarimizni hisobga olgan holda loyixalashni;
binolar turlari,ularda qo‘llaniladigan konstruksiyalar;
binolarni xizma qilish muddatlari bo‘yicha mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi
“Binolar tipologiyasi”fani tanlov fani sifatida “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Quruvchi-texnik” kvalifikatsiyasi bo‘yicha maxsus fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejasida keltirilgan “Fuqoro va sanoat binolari arxitekturasi”, “Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyasi” va tegishli maxsus fanlar bilan o‘zaro
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: