O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Umumqurilish ishlari ustasi”ni tayyorlashda “Qurilish materiallari” fani umumkasbiy fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejada keltirilgan matematika, fizika, kimyo va tegishli umumkasbiy hamda maxsus fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarning qurilish materiallarning tuzilishi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganishda “Matematika”, “Fizika” va “Kimyo” fanlaridan olingan bilimlariga tayanadi. SHuningdek, “Bino va inshootlar konstruksiyasi”, “Beton qorish va armatura ishlari texnologiyasi”, “G‘isht-tosh terish ishlari texnologiyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish
ishlari texnologiyasi” va shu kabi fanlar “Qurilish materiallari” faniga bog‘lab o‘rgatiladi.
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan
talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |