2.2. O’smir va o’spirinlar suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari
Ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlarida suitsidal xulq-atvor o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Ikkita asosiy “avj”ga bo’linadi: “yoshlikning avji” – 15 dan 23
yoshgacha va “involyutsiya avji” – 40 yoshdan so’ng. Tajriba va ko’p sonli
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, eng ko’p o’ziga xos xususiyat bolalik-o’smirlik
bosqichi va inson hayotining involyutsion davriga ajratib ko’rsatiladi.
O’smirda suitsidal ko’rinishning tahlil natijalarini ko’rsatishicha, bu yoshda
suitsidal xulq-atvor, garchi kattalarning xulq-atvori bilan ko’p tomonlama o’xshash
bo’lsa-da, baribir o’z yoshiga xos xususiyatlarga ega. Bu fiziologik va psixologik
mexanizmlar, o’sayotgan organizm va shaxsning shakllanish davridagi o’ziga xoslik
bilan bog’langan.
Bolalar va o’smirlarda autoagressiv harakatlar o’ta xavflidir.
O’smirlar uchun o’lim ancha oshkora hodisa sifatida shakllanib boradi. Lekin
ular o’zlari uchun, mototsiklni juda tez haydash, xavfli narsalar bilan tajriba o’tkazish
yoki o’ziga jalb qiluvchi, lekin tahlikali faollik bilan shug’ullanishlarini rad etadilar.
Keyinchalik, o’smir o’zining o’limi haqidagi fikrga keladi, lekin bu vahimani engib
28
o’tib rad etadi. Bolalar ko’pincha o’smirlar suitsid sodir etib, o’lim bilan
yakunlanishini nazardan qochiradilar. Kattalarga qaraganda, ularda haqiqiy suitsidal
urinish va namoyishkorona shantaj autoagressiya (o’ziga yo’naltirilgan agressiya)
o’rtasida aniq chegaralar mavjud emas. Bu bolalar va o’smirlarda autoagressiyaning
hamma ko’rinishlarini amaliyotda turli ko’rinishdagi suitsidal xulq-atvor sifatida
ko’rib chiqishga majbur qiladi.
O’zining o’limiga atrofdagilarning guvohligi yoki “qayta tug’ilish”ga intilish
bolalar va o’smirlar suitsidenti uchun xosdir. Bolalik davrida o’lim haqidagi tasavvur
bir necha bosqichda bo’ladi: bola ongida o’lim haqidagi tasavvurlarning butunlay
yo’qligidan, to hayotdan ketishning rasman belgilari bilan tanishish (aza, janoza
tushunchalari) va boshqalar. Bolaning o’limdan xabardor bo’lish na uning
shaxsiyatiga, na uning yaqinlarining shaxsiyatiga to’g’ri kelmaydi, aksincha
shakllanmagan o’lim bu abadiy o’lim, go’yoki uzoq muddatga yo’qlik yoki tiriklik
sifatida tushuniladi Bola ikkala tarafda bo’lish imkoniyatini tan oladi: atrofdagilar
uchun o’lish va shu bilan birga ularning qayg’urishlarini, o’z janozasiga guvoh
bo’lishni va uni xafa qilganlarning afsuslanishlarini kuzatishni istaydi. O’lim
qo’rquvining yo’qligi bola psixikasini ajratib turuvchi xususiyatdir. Bolalar va
o’smirlarni namoyishkorona harakatlardan uzoqlashtirish xato hisoblanadi. Hayotiy
tajriba va tasavvurlarning etarli emasligi natijasida bironta usul tanlay olmaydi.
Natijada rejasizlik, o’z joniga qasd qilish usullarini bilmaslik yuqori darajada o’lim
xavfini tug’diradi. Shuningdek, xavf yosh xususiyatlariga qarab ham ortadi. Lekin,
hayot qadri tushunchasini anglamay turib, o’smirlarda o’lim qo’rquvi shakllanadi.
“Metafizik intoksikatsiya”, o’smirning o’ziga xos psixologiyasi, jumladan hayot va
o’lim mavzusida fikrlashida namoyon bo’ladi. Umumiy beqarorlik, tanqidning
etishmasligi, o’ziga nisbatan yuqori baho berish va xudbinlik hayot qadrini
anglashning pasayishi uchun sharoit yaratadi, bunda o’smirning hissiyotlari salbiy tus
oladi hamda mojaroli vaziyatlarda suitsidal xulq-atvor uchun zamin yaratadi.
O’z hayotiga nuqta qo’yish maqsadini anglash mezonlaridan tashqari,
kattalarda o’z joniga qasd qilish haqiqatini aniqlash uchun suitsid va suitsident xulq-
atvorining o’ziga xos xususiyatlari uslublari tahlil qilinadi.
29
Suitsidning xavfli mojaroli vaziyatlarini tahlil qilish orqali ular bola yoki
o’smir uchun arzimas narsalar, kattalarning fikricha, kelishmovchiliklar sababli yuz
beradi. Shuningdek, baholashda ayrim maksimalizm: o’z qilmishlarining haqiqiy
oqibatlarini ko’ra bilmaslik va bo’lgan hodisalarning oqibatini tashxis qilish, hayotiy
tajribaning yo’qligi bolalikning o’ziga xos davri va chorasizlik, mojaroning hal
bo’lmasligi, afsuslanish va yolg’izlik hissini paydo qiladi. Bularning hammasi,
hattoki, arzimas nizoli vaziyatlar bola uchun, ayniqsa, o’smir uchun atrofidagi
kattalarning ba’zida xolis baholamasliklari suitsid xavfini oshiradi. Bularning
hammasi pubertat yoshda suitsidal xavfning oshishiga sabab bo’ladi.
Agarda katta yoshli suitsidentlar orasida ahamiyatli darajada erkaklar (1G’3)
ustun bo’lsa, o’smirlar orasida bu ko’rsatkich ya’ni qarama-qarshi qizlar o’rtasida,
shu yoshdagi o’g’il bolalarga qaraganda (3,9% qarshi 1,6%), o’zini o’ldirish, deyarli,
2,5 marta ko’p. Bu erda, aniqlanishicha, suitsidal xulq-atvor jinsga bog’liq emas,
balki qizlar rivojlanishda ushbu yosh diapazonida oldindaligidir.
Suitsidal sindromga yosh bosqichining ta’siri quyidagi ma’lumotda ya’ni
o’limga intilishning kuchli shakliga duchor bo’lganlar 1,3 % 10–11 yoshli o’smirlar,
1,9 % 12–13 yoshlilar, 2,7% 14–15 yoshlilar va 4,5% 16–18 yoshlilarda kuzatiladi.
Bu fenomen bola modeli bilan atrofdagi ijtimoiy dunyoning munosabat
umumlashmasida ko’proq javobgarlik xulq-atvori yotadi. Qizlarga nisbatan o’g’il
bolalarda avvalroq katta bo’lib, bu jarayonni o’zida chuqur his qiladi.
O’smir yoshda suitsidal xulq-atvorni paydo bo’lishiga oilaviy munosabatlar
omili sezilarli darajada ta’sir qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, ota va ona 21 %
“muammoli” o’smirlarga ideal hisoblanadi, normal guruhda o’g’il va qiz bolalar bu
ko’rsatkichning 41% (ota uchun) va 5% (ona uchun) ni tashkil etadi. Tadqiqotlardan
ma’lum bo’lishicha, onalar ko’pgina o’smirlarning ishonchini qozonishgan (77%
hamma so’ralgan o’g’il va qiz bolalar). O’smirda suitsidal sindrom qanchalik kuchli
bo’lsa, onasiga shunchalik kam ishonadi, yanayam kamroq otasiga (23–29%). Ota-
onalar bilan ishonchli munosabatlarning yo’qolishi – o’smirlarda suitsidal
sindromining kuchli omillaridan biri sanaladi. O’smir ota-onasiga qanchalik kam
ishonsa, uni shunchalik ko’p o’z joniga qasd qilish haqidagi fikr qiynaydi.
30
Bolalarning ota-onasi bilan yaxshi munosabatlari suitsid tahlikasini 1% gacha
kamaytiradi, aksincha, doimiy janjallar bu tahlikani 18% ga ko’paytiradi. Bolalar
faqat ota-onalari bilan nizolarnigina emas, ularning o’zlariga befarqliklarini ham
og’ir oladilar. 17% yosh insonlarda yolg’izlikning halokatga olib borishi mumkinligi,
ularning aytishicha, o’z hayotlarining og’ir daqiqalarida ham hech kimdan yordam
so’rashni xohlamasliklaridir. Atrofidagi o’nlab odamlar orasida birontasi yo’qki –
tug’ishganlari, yaqinlari, do’stlari va o’qituvchilari – hech kim, yosh insonlarning
katta tashvishlarini bo’lishsa, ko’nglini bo’shatsa, hamdardlik hissini his qilsa yoki
foydali maslahat bera olganda namoyon bo’ladi. O’smirlik davri ontogenez
bosqichining o’ziga xos xususiyati, suitsidal xulq-atvor motivatsiyasi va
dinamikasidan farqlanadi. Bu yoshda yashirin depressiya ham suitsidga sabab
bo’lishi mumkin. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, bolalar va o’smirlardagi
depressiya ko’pincha, giperaktivlik, agressiya bilan niqoblangani sababli tashxis
qo’yish qiyinlashadi. O’smir yoshi uchun boshqalardan farqli o’smirlardan iborat
suitsid xavfli guruhlar mavjud bo’lib, ular sevgi va jinsiy munosabatlar tuyg’ulari
ideallashtirilgan axloqi bilan ajralib turadi.
Bolalarda suitsidal xulq-atvorning asosiy sabablari:
-32% – xafalik;
-30% – norozilik;
-38% – yolg’izlik, uyat, o’zidan qoniqmaslik.
O’smirlarda suitsidal urinish va o’lim o’rtasidagi nisbat – 50:1. Qizlar va o’g’il
bolalar suitsidal urinishining nisbati – 2,5:1. Namoyishkorona urinish orasidagi nisbat
– 4,3:1. 19 yoshgacha bo’lgan suitsidentlarning ko’proq qismini qiz bolalar tashkil
qiladi. Suitsidal urinishga qo’l urgan o’smirlarning holati psixik jihatdan
shikastlangan, suitsiddan keyingi psixik holat, shaxsiy xarakterga oid ta’sirlanishning
o’ziga xos xususiyatlari, suitsidal urinish va somatik oqibatlar bilan bog’liq
qo’shimcha tashvishlar, oilaviy mikroiqlim va atrof muhit holati bilan belgilanadi.
Ob’ektiv qonuniyatlarga ko’ra, tadqiqotchilarning oldida o’smir suitsidi
muammosiga oid, ko’pincha, kimlar suitsidga qo’l uradi, degan savol turadi.
O’smirlardan qaysi biri “tahlika guruhi”ga kiradi? Xavfga kim duchor bo’ladi? Qaysi
31
tipdagi odamlar “suitsid xavfli” ekanligi ma’lum bo’lsa ham, ma’lumki, ba’zi
o’smirlar arzimagan vaziyatlar sababli o’z joniga qasd qilish tahlikasiga duchor
bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |