40
Strategik tashkillashtirish - ta‘lim muassasasining tanlagan strategiyasining
nisbatan to‗liq va samarali bajarilishini ta‘minlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir.
Aslida bu moslashuv qabul qilingan strategiyadan kelib chiqib, ta‘lim muassasasining
maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uni o‗zgartirish va resurslar bilan
ta‘minlashdan iborat. Strategik tashkil etish ko‗pincha butun strategik boshqaruv
jarayonining eng qiyin bo‗g‗ini hisoblanadi, chunki bu har bir kishidan o‗ziga xos
talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish rahbarning xodimlarini to‗g‗ri
rag‗batlantirishiga bog‗liq, bu esa, san‘at hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: