Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


-MAVZU: Ta‘lim muassasasi faoliyatini strategik rejalashtirish



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

7-MAVZU: Ta‘lim muassasasi faoliyatini strategik rejalashtirish  
(2 soat ma‘ruza, 4 soat amaliy mashg‗ulot). 
 
Darsning maqsadi 
Muassasasi rahbarlariga strategik fikrlashni rivojlantirish, strategiyalar bilan ishlash, 
ta‘lim muassasasining strategik rivojlanishini asosli tashkil etishni o‗rgatish.  
 
Kutiladigan natija 
Ta‘lim muassasalari rahbar strategik fikrlashni o‗rganadi. 
 
Reja: 
1. Kirish. 
2. Strategiya tushunchasi va turlari 
3. Ta‘limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati  
4. Strategik rejalashtirishning bosqichlari. 
5. Ta‘lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o‗rni. 
6. Ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish  
7. Samarali maqsad qo‗yish. SMART texnologiyasi.  
 
1.  Kirish 


 
36 
Mamlakatimizning bugungi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida murakkab tarixan 
zarur bo‗lgan islohotlarni amalga oshirish bilan bir qatorda muammolar ham yuzaga keladi. 
Muassasalar va ularning rahbarlari sodir bo‗layotgan o‗zgarishlarga shunchaki javob berish 
bilan  cheklanib  qolmasligi  kerak,  ularni  oldindan  ko‗rish,  tartibga  solish  va  muassasa 
maqsadlariga,  tashqi  sharoitlarga  moslashish  uchun  ongli  ravishda  boshqarish  zaruriyati 
mavjud.  Tashqi  muhit  va  tobora  o‗sib  borayotgan  noaniqliklar  sharoitida  muassasa 
rivojlanishini boshqarish menejment asoslarini o‗zlashtirishni talab etadi. Har bir muassasa 
uchun raqobatning  kuchayishi sharoitida o‗zlarining  raqobatbardoshligini saqlab qolish  va 
takomillashtirish  vazifasi  oldinga  chiqadi.  Rivojlanayotgan  raqobatdoshlik  strategiyasini 
amalga oshirish uchun doimiy ravishda olib borilayotgan harakatlar natijasida  muassasalar 
soni  tobora  ko‗payib  borishi  tabiiy  holdir.  Bugungi  kunda  har  bir  rahbar  o‗zini  ta‘lim 
islohotlari ummonida kemani mohirona boshqarayotgan kapitandek his etishni, ta‘lim sifati 
tomon yo‗naltirilgan  kema rulini qat‘iy tutgan holda, o‗quvchi  va pedagoglarning shaxsiy 
rivojlanishi  uchun  barcha  sharoitlarni  yaratishni  orzu  qiladi.  Shu  bilan  birga,  uning  oldida 
turgan muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, bir qator savollarga javob izlaydi: 
- bugungi kunda ta‘lim muassasalarining rivojlanishiga nimalar ta‘sir etmoqda? 
- qanday qilib innovatsion texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga  kompetentlilik asosida 
tatbiq etish mumkin? 
- qanday qilib ta‘lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligiga erishish mumkin? 
Yuqoridagi  savollarning  hammasiga  hech  bir  kitobdan  birdaniga  javob  olib 
bo‗lmaydi.  Lekin,  ta‘lim  muassasasi  faoliyatini  strategik  rivojlantirish  bo‗yicha  yuzaga 
keladigan ayrim savollarga mazkur ma‘ruza yordamida javob topish mumkin. Ya‘ni, 
- Bizning  maktabimiz  (yoki  ta‘lim  muassasamiz)  boshqa  ta‘lim  muassasalaridan 
nimasi  bilan  ajralib  turadi?  Uning  asosiy  xususiyati  nima  bilan  belgilanadi  (missiya, 
qadriyatlar, tashkiliy madaniyat)? 
- Bu  yo‗lda  qanday  to‗siqlarga,  muammolarga  duch  kelamiz  (ichki  va  tashqi  muhit 
tahlili)? 
- Qaysi maqsadlarga intilishimiz kerak va bunga qaysi resurslarimiz orqali erishamiz 
(strategik maqsad, istiqbol reja)? 
- Strategik maqsadlarga qanday erishish mumkin (samarali maqsad, taktik reja)? 
- Bunga  pedagogik  jamoani  qanday  jalb  etish  mumkin  (samarali  boshqaruv 
komandasi)? 
- Rahbar  sifatida  buni  qanday  samarali  tashkil  etish  mumkin  (rahbar 
kompetensiyasi)? 
Mazkur  materiallar  umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktabi,  ixtisoslashtirilgan  maktab-
internat,  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta‘lim  maktablari  direktorlari  va  rahbar  kadrlar 
zaxiralari  uchun  mo‗ljallangan  bo‗lib,  ularga  o‗zgaruvchan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 
ta‘lim  muasasasining  rivojlanish  strategiyasini  belgilash  va  istiqbol  rejasini  ishlab 
chiqishda amaliy yordam beradi.  
 
2.  Strategiya tushunchasi va turlari 
Strategiya  -  bu  umumiy  maqsadli  dastur  bo‗lib,  asosiy  maqsadga  erishish  uchun 
muammolar  va  manbalarning ustuvorliklari aniqlanadi, ya‘ni u muassasaning  maqsadi  va 
maqsadlariga  erishilishini  ta‘minlash  uchun  ishlab  chiqilgan  batafsil  kompleks  reja. 
Strategiya  muassasa  yagona  harakat  yo‗nalishini  oladigan  tarzda  ularga  erishish  uchun 
asosiy maqsadlar va asosiy yo‗llarni belgilaydi. Strategiyani muassasa erishmoqchi bo‗lgan 
maqsadlari  va  ushbu  maqsadlarga  erishish  uchun  tanlangan  xulq-atvor  o‗rtasidagi  asosiy 
bog‗lovchi  bo‗g‗in  sifatida  ko‗rish  mumkin.  Strategiyani  ishlab  chiqish  menejmentning 


 
37 
asosiy  funksiyalaridan  biridir.  Uzoq  muddatli  strategiyani  ishlab  chiqish,  raqobatbardosh 
va samarali strategik harakatlar  va tadbirkorlik harakatlari yondashuvlarini ishlab chiqish, 
shuningdek,  strategiyani  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  muvaffaqiyatga  erishish  omili 
hisoblanadi.  Muassasaning  mukammalligi  -  bu  mukammal  strategiyaning  mukammal 
ijrosidir.  
Strategiya  [strategos]  yunoncha  so‗z  bo‗lib,  o‗zbek  tilida  ―general  san‘ati‖  degan 
ma‘noni  anglatadi.  O‗zbek  tilining  izohli  lug‗atida  ham  mazkur  atama  urush  olib  borish 
san‘ati, ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san‘ati va ilmi ma‘nolarida talqin etilgan. 
Strategiya  so‗zi  bugungi  kunda  biron-bir  faoliyatga  rahbarlik  qilish,  korxona  yoki 
muassasalar  faoliyatini  boshqarishda  istiqbolni  oldindan  aniqlash,  faoliyatni  oldindan 
rejalashtirish,  bajariladigan  vazifalarning  yo‗nalishini  aniqlash,  shuningdek,  maqsadga 
erishishda  natijalarni  oldindan  aniqlash  va  nazorat  qilish  yo‗nalishlarida  keng 
qo‗llanilmokda.  Mazkur  so‗zdan  strategik  reja,  strategik  rejalashtirish,  boshqaruv 
strategiyasi,  strategik  boshqaruv  kabi  tushunchalar  kelib  chiqqan  bo‗lib,  bu 
tushunchalarning  har  biri  o‗zining    mazmun-mohiyatiga  ko‗ra  ta‘lim  muassasalarini 
boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Strategiyaga yagona ta‘rif berish juda mushkul, 
chunki  strategiya  shu  qadar  ko‗p  qirraliki,  unga  salgina  boshqa  nuqtadan  qaralsa  ham, 
uning mazmuni butunlay o‗zgarib ketadi: 
-  Strategiya- bu yakuniy natijaga erishish vositasi; 
-  Strategiya  ta‘lim  muassasasining  barcha  qismlarini  yagona  bir  butunga 
birlashtiradi; 
-  Strategiya ta‘lim muassasasining barcha asosiy jihatlarini qamrab oladi; 
-  Strategiya - bu ta‘lim muassasasining uzoq muddatli rejasidir; 
-  Strategiya ta‘lim muassasasi rejasining barcha qismlarini moslashuvini ta‘minlaydi. 
-  Strategiya  -  bu  ta‘lim  muassasasining  kuchli  va  zaif  tomonlarining  tahlili, 
shuningdek rivojlanish imkoniyatlari va to‗siqlarni aniqlash natijasidir. 
-  Strategiya - istiqbolni tadqiq kilish, turli ssenariylarni tahlil etish san‘ati; 
-  Strategiya - istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‗oya; 
-  Strategiya  -  bu  ta‘lim  muassasasining  tashqi  muhit  o‗zgarishlariga  avvaldan 
rejalashtirilgan munosabatidir va hokazo. 
Strategiya  boshqaruv  vazifalarini  ruyobga  chiqarishning  asosiy  usuli  hisoblanadi. 
Bugungi kunda boshqaruvda strategiyaning quyidagi turlari mavjud: 

  maxsus; 

  funksional; 

  mujassamlashtirilgan; 

  diversifikatsiyalashgan strategiyalar. 
Maxsus strategiyalar juda e‘tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab 
chiqiladi.  Masalan,  ta‘lim  muassasasining  muammolar  girdobiga  qarab  borayotganligi 
payqab  qolinsa,  uning  oldini  olish  bo‗yicha  uzoq  muddatga  tuzilgan  strategiyalar  shular 
jumlasidandir. 
Funksional  strategiyalar  ta‘lim  muassasasining  ayrim  yo‗nalishlari  va  bo‗limlari 
oldidagi  vazifalarni  amalga  oshirish  yo‗llarini  ifodalaydi.  Ya‘ni  funksional  strategiyalar 
ta‘lim  muassasasining  moliya,  marketing,  ishlab  chiqarish,  inson  resurslarini  boshqarish, 
ilmiy  tadqiqot  ishlari  kabi  funksional  doiralarda  faoliyatlar  yo‗nalishini  rivojlantirishni 
belgilaydi.  Masalan,  sifatli  kadrlar  tayyorlash,  ta‘lim  sifatini  oshirish,  pedagog  kadrlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‗yicha tuzilgan strategiyalardir. 
Mujassamlashtirilgan strategiyalar bu ta‘lim muassasasining yaxlit faoliyatini o‗zida 
jamlagan  mo‗ljaldir.  Mujassamlashtirilgan  strategiyaning  ikkita  bir-biri  bilan  uzviy 


 
38 
bog‗langan qismlari mavjud bo‗lib, ular muvaffaqiyat strategiyasi va rivojlanish strategiyasi 
deb  yuritiladi.  Har  ikkala  strategiya  ham  ta‘lim  muassasasini  rivojlantirishga  qaratilgan 
bo‗ladi. 
Diversifikatsiyalashgan  strategiya  ta‘lim  muassasasining  faoliyat  sohalari  va 
yo‗nalishlarini  kengaytirish  oldidagi  vazifalarni  amalga  oshirish  yo‗llarini  ifodalaydi. 
Masalan,  yangi  yo‗nalishlar  ochish,  budjetdan  tashqari  mablag‗  topish,  ta‘lim  xizmatlari 
ko‗rsatishni kengaytirish va ijtimoiy hamkorlarni jalb qilish bo‗yicha tuzilgan strategiyalar. 
 
3.  Ta‘limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Strategik  menejment  muassasaning  maqsadlariga  erishish  uchun  strategik  qarorlarni 
qabul qilish metodologiyasi va ularni amaliy ravishda amalga oshirish usullarini o‗z ichiga 
olgan ilmiy bilimlar sohasi. 
Strategik  menejmentning  mohiyati  atrof-muhitning  kutilayotgan  xatti-harakatlariga 
asoslanib, kelajakda kerakli natijalarga erishish uchun muassasa hozirgi paytda nima qilishi 
kerakligini  aniqlashdir.  Shu  bilan  birga,  muassasaning  hozirgi  (yaqin)  vaqtdagi  harakatlari 
aniqlanadi  va  amalga  oshiriladi,  bu  unga  aniq  kelajakni  ta‘minlaydi.  Uzoq  muddatli  va 
strategik  rejalashtirish  o‗rtasidagi  asosiy  farq  kelajakni  talqin  qilishdir.  Uzoq  muddatli 
rejalashtirish  tizimi  kelajakni  tarixiy  rivojlanish  tendensiyalarini  ekstrapolyatsiya  qilish 
orqali  bashorat  qilish  mumkinligini  taxmin  qiladi.  Uzoq  muddatli  rejalashtirish  tizimida 
maqsadlar  muassasaning  har  bir  asosiy  bo‗linmasi  uchun  ishlab  chiqilgan  dasturlar, 
budjetlar  va  foyda  rejalariga  o‗zgartiriladi.  Strategik  rejalashtirish  tizimida  kelajak 
o‗tmishdagidan  yaxshiroq  bo‗lishi  kerak  degan  taxmin  mavjud  emas  va  kelajakni 
ekstrapolyatsiya  yo‗li  bilan  o‗rganish  mumkin  deb  ishonilmaydi.  Shuning  uchun,  birinchi 
navbatda,  muassasaning  istiqbollari  tahlili  o‗tkaziladi,  uning  vazifasi  tendensiyalarni, 
xavflarni,  shuningdek  ushbu  tendensiyalarni  o‗zgartirishi  mumkin  bo‗lgan  alohida 
favqulodda vaziyatlarni aniqlashdir. 
Strategik menejment  - bu muassasaning uzoq muddatli maqsadlari va harakatlariga, 
raqobatdoshlariga nisbatan  muassasaning hayotiyligi  va  kuchini  kuchaytirish uchun  o‗zaro 
bog‗liq  bo‗lgan  uzoq  muddatli  chora-tadbirlar  yoki  yondashuvlar  doirasiga  kiradigan 
muassasani  boshqarish  funksiyasi.  Strategiyani  shakllantirish  -  harakatlar  yo‗nalishi  va 
uning aniq vositalari menejmentning yadrosi va yaxshi menejmentning muhim belgisidir. 
Strategik  menejment  -  muassasa  faoliyatining  uzoq  muddatli  maqsadlari  va 
vazifalarini  belgilash  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  boshqaruv  faoliyati,  uning  maqsadlariga 
erishishga imkon beradigan, uning ichki imkoniyatlariga mos keladigan va tashqi talablarni 
idrok  etishda  davom  etadigan  atrof-muhit  o‗rtasidagi  munosabatlarni  saqlab  turish.  Atrof-
muhit  sharoitlarining  beqarorligi  darajasi  oshishi  bilan  strategik  boshqaruvga  yo‗naltirish 
zarurati ortadi. 
Biz  bir  yilga  rejalashtirganimizda  don  sochamiz,  o‗n  yilga 
rejalashtirganimizda  daraxt  ekamiz.  Agar  butun  umrga 
rejalashtirsak, kishilarni o‗qitamiz va tarbiyalaymiz. 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish