Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

 
Reja: 
1. Monitoring mazmuni va uni amalga oshirish ahamiyati 
2. Ta‘lim  sifatini ta‘minlashda davlat ta‘lim standartlarining ahamiyati  
3. Ta‘lim muassasalarining sifat va miqdor ko‗rsatkichlari tahlili 
4. Samaradorlikning  muhim  ko‗rsatkichlari  tahlili  (KPI  -  Key  Performance 
Indicators). 
 
3-topshiriq 


 
78 
1. Monitoring mazmuni va uni amalga oshirish ahamiyati 
Ta‘lim sifati o‗quv jarayonidagi o‗ziga xos sifatlar majmui bo‗lib, davlat, jamiyat va 
fuqarolarning  ehtiyojlarini  qondirishga  yo‗naltirilgan  uzluksiz  pedagogik  jarayonning 
natijasi  ifodasidir.  Shuningdek,  ta‘lim  sifati  o‗quvchilar  egallashi  lozim  bo‗lgan  moddiy 
olamga nisbatan ijtimoiy jihatdan muvofiqlashgan munosabatlar tizimidir. 
Ta‘lim  sifati  deganda  ijtimoiy  buyurtma  va  davlat  ta‘lim  standartlariga  mos  tarzda 
ta‘limiy  mahsulotlar  hamda  xizmatlarni  o‗quvchilarga  ta‘sir  etganlik  darajasining  natijasi 
tushuniladi.   
O‗quvchilarning  kompetentliligi  deganda  ularning  o‗qitish  jarayonidagi  bilimlar, 
tajribalar  va  moyillikka  asoslangan  topshiriq  va  vazifalarni  samarali  amalga  oshira 
olishlariga oid umumiy layoqatlari tushuniladi.  
Ta‘lim sifati ikki yo‗nalishga ega. Bu yo‗nalishlar: 
1. O‗quv jarayonining davlat ta‘lim standartlariga mosligi. 
2. O‗quv jarayonining iste‘molchilar talablariga mosligi. 
Ta‘lim  sifatini  boshqarish  muhim  ahamiyatga  ega.  Ta‘lim  sifatini  boshqarish, 
deganda, umumiy tarzda ta‘limni boshqarishning yangi, shaxsga yo‗naltirilgan paradigmasi 
tushuniladi. Respublikamiz ta‘lim tizimini boshqarishda ta‘lim sifatini nazorat qilish muhim 
o‗rin egallaydi.  
Ta‘lim  o‗quvchilar  hayotining  asosi,  ularning  rivojlanishi,  kasbiy  jihatdan  o‗z 
mavqeini  aniqlashi,  quvvatlarining  namoyon  bo‗lishi,  ijodiy  faoliyatining  kengayishini 
ta‘minlovchi jarayondir. 
Ta‘lim  sifatini  ta‘minlashda  ta‘lim  muassasasidagi  manbalarning  sifati  ham  alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim manbalar sirasiga umumiy o‗rta ta‘lim muassasasidagi 
pedagogik 
kadrlar, 
informatsion-metodik, 
ta‘limiy-texnologik,  moddiy-moliyaviy 
manbalarni kiritish mumkin.  
Shu  bilan  bir  qatorda  ta‘lim  sifatini  aniqlash  uchun  quyidagilarni  tahlil  qilish  talab 
etiladi: 
-  amalda  qo‗llanilayotgan  o‗quv  dasturlarining  samaradorligi  va  maqsadga 
muvofiqligi; 
-  metodik hamda tashkiliy innovatsiyalar; 
-  mazkur  innovatsiyalarning  o‗qitish  natijalarining  sifati  va  bitiruvchilarning 
bilimdonlik darajasiga ko‗rsatadigan ta‘siri; 
-  o‗quv jarayonining texnologik jihatdan ta‘minlanganlik darajasi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasining  turli  bo‗g‗inlari  faoliyati  maqsad  va 
vazifalarining o‗zaro muvofiqligi; 
-  o‗qitish  konsepsiyalari,  davlat  ta‘lim  standartlari,  o‗quv  dasturlari  va  o‗quv-
metodik majmualar mazmuni orasidagi o‗zaro uzviylik; 
-  pedagogik,  metodik,  boshqaruv  sohasidagi  axborot  tarmoqlarining  samaradorligi, 
ularni ommalashtirish va foydalanish uchun qulayligi va ishonchliligi; 
-  fanlar  bo‗yicha  ta‘lim  sifati  baholanishini  ta‘minlovchi  kvalimetrik,  tashxislash 
metodikalarining  o‗qituvchilar  tajribasida  foydalanilganligi  va  sinovdan  o‗tkazilganligi  
kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  aniqlashda  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasining  metodik  quvvatini 
tashkil etuvchi ko‗rsatkichlar ham muhim o‗rin egallaydi. Jumladan: 
-  avvalgi yillarda tuzilgan o‗quv dasturlari; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  ishlab  chiqilgan  metodik  hamda  didaktik 
materiallar; 
-  sinovdan o‗tkazilgan o‗rgatuvchi va tashxislovchi metodikalar; 


 
79 
-  innovatsion g‗oyalar banki; 
-  metodik  ishlarning  tashkiliy  shakllari,  ilg‗or  tajribalarni  aniqlash,  tanlash, 
umumlashtirish va ommalashtirish kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  aniqlashda  informatsion-metodik  hamda  ta‘limiy-texnologik 
manbalarni tahlil qilish ham alohida qimmatga ega. Uning asosiy ko‗rsatkichlari: 
-  ekspert xulosalari; 
-  nazorat va tekshirish natijalarini ifodalovchi materiallar; 
-  yig‗ilishlar, kengashlarning materiallari; 
-  metodik seminarlarning materiallari kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  aniqlashda  moddiy-moliyaviy  manbalarni  hisobga  olish  ham 
nihoyatda zarur. Mazkur manbalar sirasiga: 
-  ta‘lim  muassasasida  amalga  oshiriladigan  alohida  tadbirlarni  moliyalashtirish 
manbalari; 
-  qabul  qilingan  me‘yorlar  va  talablarga  mos  tarzda  o‗quv  materiallari  mazmuniga 
muvofiq keladigan modddiy-texnik bazaning tavsifi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasidagi  sinf  xonalari  va  o‗quv  kabinetlarining 
kompyuterlar, 
audio, 
video-vizual 
texnikalar 
va 
laboratoriya 
jihozlari 
bilan 
ta‘minlanganligi; 
-  umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining aloqa vositalari bilan ta‘minlanganligi; 
-  umumiy 
o‗rta  ta‘lim  muassasasining  o‗quv-metodik  adabiyotlar  bilan 
ta‘minlanganligi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasining  sport  maydonchalari,  zallari,  inventarlari 
bilan ta‘minlanganligi;  
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasining  moddiy-texnik  bazani  kengaytirishga 
yo‗naltirilgan rejasi; 
-  o‗qitish  jarayoni  sifatining  o‗quv  jarayoni  sifati  natijalari  bilan  mos  kelishining 
ta‘minlanganligi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  masofaviy  ta‘limni  joriy  etish  uchun  moddiy-
texnik bazaning mavjudligi kabilarni kiritish mumkin.  
O‗quv  jarayoni  sifatini  miqdor  va  sifat  ko‗rsatkichlari  asosida  ifodalash  mumkin. 
Miqdor ko‗rsatkichlari sifat ko‗rsatkichlarini o‗zaro qiyoslash uchun muhimdir.  
Ta‘lim sifati tarkibida o‗quv jarayonining sifati alohida ahamiyatga ega. Jumladan: 
-  o‗quv jarayonini tashkil etishning aniqligi; 
-  o‗quv  jarayonining  davlat  ta‘lim  standartlari,  didaktik  talablar  va  me‘yorlarga 
muvofiqligi; 
-  o‗quv jarayonida qo‗yilgan maqsadning aniqligi; 
-  o‗qituvchi hamda o‗quvchilar harakatlarining barqarorligi, xavfsizligi, to‗g‗riligi; 
-  belgilangan tartibga muvofiq tarzda o‗quv rejalari va dasturlarning aniq bajarilishi; 
-  o‗quv jarayonida ijtimoiy-ruhiy qulaylikning mavjudligi; 
-  belgilangan yuklamalarning o‗quvchilar salomatligiga xavf tug‗dirmasligi kabilar. 
Ta‘lim  sifatini  aniqlash  uchun  o‗quv  jarayonini  har  tomonlama  tahlil  qilish  talab 
etiladi. Tahlil jarayonida quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim: 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasi  rahbariyati  va  metodistlarning  o‗quv  jarayonini 
tahlil qilishlariga asoslangan holda darsning sifatiga bergan baholari; 
- o‗quv jarayonining ilmiy-didaktik asoslarga tayangan holda tashkil etilganligi; 
- o‗quv jarayonining texnologiyalashtirilganlik darajasi; 
-  o‗quv  jarayoni  asosiy  parametrlarining  davlat  ta‘lim  standartlari  va  didaktik 
me‘yorlarga muvofiqligi; bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak: sinfning to‗liq emasligi, 


 
80 
o‗qituvchining  haftalik  yuklamasi,  o‗quv  maydoni  bilan  ta‘minlanganlik  darajasi,  o‗quv 
jarayonining  texnik  vositalar  bilan  ta‘minlanganligi,  o‗quv  jarayoniga  ijobiy  ta‘sir 
ko‗rsatadigan  kutubxona  fondining  mavjudligi,  har  bir  o‗quv  predmeti  mazmuniga  mos 
keladigan o‗quv-metodik majmualarning mavjudligi kabilar; 
- sinfdan tashqari o‗quv ishlarini tashkil etish va o‗tkazish sifati; 
- o‗quv jarayonining maromiyligi, ma‘muriyat harakatlarining muvofiqligi, qo‗yilgan 
maqsadga  erishish  uchun  o‗qituvchi  hamda  o‗quvchilar  harakatlarining  yo‗naltirilganligi, 
o‗quv va taqvimiy rejalarning bajarilishi, maqsadli hamda umumlashgan dasturlarning ijrosi 
ta‘minlanganligi; 
-  asosiy  parametrlarning  barqarorlik  darajasi,  o‗quv  jadvali,  o‗quv  rejasi  va 
dasturlarning aniq bajarilganligi; 
 -  yuklamalarning  o‗quvchilar  salomatligiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishiga  yo‗l 
qo‗yilmasligi; 
-  o‗quv jarayonida ta‘minlanadigan ijtimoiy-psixologik qulaylik darajasi kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  baholashda  tarbiyaviy  jarayonlarning  sifatini  aniqlash  ham  talab 
etiladi.  Tarbiyaviy  jarayonlarning  sifatini  quyidagi  ko‗rsatkichlar  yordamida  belgilash 
mumkin: 
-  harakatchanlik; 
-  izchillik va muntazamlilik; 
-  individual-shaxsiy va insoniy yo‗nalganlik; 
-  tashkiliy shakllarni takomillashtirish va moslashtirish; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasidagi  tarbiyaviy  ishlar  moddiy-texnik  asosining 
to‗liqligi;  jumladan:  tarbiyaning  mujassamlashgan  rejasi,  eslatmalar,  kodekslar,  xulq-atvor 
qoidalari, ijodiy tanlovlarning Nizomlari mavjudligi; 
-   tarbiyaviy ishlarni boshqarishning takomillashtirilganligi; 
-  tarbiyaviy ishlarning rejalashtirilganligi; 
-  tarbiyaviy ishlarni hisobga olish va nazorat qilish mexanizmining mavjudligi; 
-  tarbiyaviy ishlarning borishi va maromi tahlil qilinishi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasidagi  tarbiyaviy  ishlarning  izchilligi  va 
muntazamliligi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  o‗quvchilar  shaxsini  tarbiyalashning  barcha 
turlariga e‘tibor qaratilganligi, chunonchi, ma‘naviy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik va 
h.k.  
-  o‗quvchilarga  ta‘lim-tarbiyaviy  ta‘sir  ko‗rsatishning  barcha  imkoniyatlaridan 
foydalanish tajribasining mavjudligi; 
-  o‗quvchilarga  yakka  va  umumiy  tarbiyaviy  ta‘sir  ko‗rsatish  shakllaridan 
foydalanilishi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasidagi  tarbiyaviy  ishlarda  maktab  rahbariyati,  ota-
onalar,  mahalla  faollari,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  xodimlari  va  boshqa 
jamoatchilik vakillarining ishtirok etishlari; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  qonuniylik,  tartiblilik,  intizom,  ish  tartibi, 
sog‗lom turmush tarzi talabalariga sifatli rioya qilinishi; 
-  tarbiyaviy  ish  shakllarining  turli-tumanligi,  jamiyatning  zamonaviy  talablariga, 
milliy mentalitet va milliy g‗oya tamoyillari, o‗quvchilarning ehtiyojlariga mosligi kabilar.   
Ta‘lim  sifatini  ta‘minlashda  ta‘lim  mazmuni  birinchi  darajali  mohiyat  kasb  etadi. 
Uning ko‗satkichlari sifatida quyidagilarni e‘tirof etish mumkin: 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  amal  qilinayotgan  modernizsiyalashtirilgan 
ta‘lim dasturlarining samaradorligi; 


 
81 
-  tashkiliy-pedagogik  shart-sharoitlar  va  pedagogik  texnologiyalarning  qulayligi, 
ularning DTSlari va o‗quv dasturlariga muvofiqligi; 
-  ta‘lim  dasturlarini  yaxshilash  va  takomillashtirishga  yo‗naltirilgan  tadbirlarning 
samaradorligi; 
- DTSlari, o‗quv dasturlari hamda o‗quv-metodik majmualarda ta‘lim bosqichlariaro 
uzviylik va uzluksizlikning ta‘minlanganligi; 
-    o‗quv  rejasida  ta‘lim  sohalari  va  o‗quv  predmetlarining  uyg‗un  tarzda 
ifodalanganligi; 
-  o‗qituvchi hamda o‗quvchilarning o‗quv rejasidan qoniqishlari; 
-  o‗quv  dasturining  modernizatsiyalashtirilganligi,  zamonaviy  bilimlarning 
ifodalanganligi,  ilmiylikning  ta‘minlanganligi,  murakkabligi,  sinovdan  o‗tganligi  va 
o‗quvchilarning o‗zlashtirishlari uchun qulayligi; 
-  o‗quv  dasturlarida  uzviylikning  ta‘minlanganligi,  mavzularning  amaliyotga  tatbiq 
etish uchun qulayligi, tarkibining uyg‗unlashganligi; 
-  tabaqalashtirilgan  ta‘limni  amalga  oshirishga  yo‗naltirilgan  harakatlarning 
takomillashganligi,  o‗quv  jarayonini  chuqurlashtirish  va  ixtisoslashtirishning  amalga 
oshirilganligi kabilar.   
O‗quv-tarbiya  jarayonini  takomillashtirish  orqali  ham  uning  sifatini  ta‘minlash 
mumkin. Unda quyidagilarga e‘tibor qaratiladi:  
-  ta‘lim-tarbiya jarayonining mazmuni har uch yilda modernizatsiyalashtirilganligi; 
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasida  o‗quv  dasturlari  takomillashtirilganligining 
natijasi; 
-  mualliflik  dasturlarining  ishlab  chiqilganligi,  amaliyotga  tatbiq  etilganligi, 
ommalashtirilganligi; 
-  tahrir qilingan, integrallashtirilgan dasturlarning yaratilganligi va joriy etilganligi; 
-  kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan ta‘lim dasturlarining yaratilganligi; 
-  tashkiliy yangiliklarning mavjudligi va ta‘lim jarayonida qo‗llanilganligi; 
-  pedagogik monitoring yangi shakllarining o‗zlashtirilganligi; 
-  o‗quvchilarni  rivojlantiruvchi,  shaxsga  yo‗naltirilgan  ta‘lim  texnologiyalari  va 
axborot texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga tatbiq etilganligi; 
-  yakunlangan pedagogik tajriba-sinov natijalarining mavjudligi kabilar. 
Ta‘lim  sifatining  namoyon  bo‗lishida  o‗qituvchilarning  shaxsiy  yutuqlari  muhim 
o‗rin egallaydi. Ularning shaxsiy yutuqlari quyidagilarda aks etadi: 
-  ta‘lim jarayonini takomillashtirish sohasidagi yutuqlari; 
- o‗qituvchilarning metodik, ilmiy, ixtirochilik ishlari; 
- o‗qituvchilarning turli tanlovlarda ishtirok etish darajalari; 
- shaxsiy-ta‘limiy quvvatlarini oshirishga yo‗naltirilgan faoliyatlari; 
- mustaqil bilim olish va o‗zlarini takomillashtirish yo‗nalishidagi ishlari kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  ta‘minlashda  asosiy  o‗rin  egallaydigan  holatlardan  yana  biri  o‗quv 
rejasining bajarilishidir. O‗quv rejasining bajarilganligini bir qator holatlar tasdiqlaydi: 
-  me‘yorlar va ularning bajarilishi; 
-  o‗quv rejasining alohida o‗ziga xos yo‗nalishlari ijrosi; 
-  ta‘lim sohalari; 
-  sinflarni ixtisoslashtirish va maxsus yo‗nalishlarni tashkil etish; 
-  o‗quv rejasidagi maktab komponentiga rioya qilish; 
-  o‗quvchilar bilan individual ishlash ko‗lami; 
-  o‗quvchilarning  tanlovlariga  asoslangan  holda  chuqurlashtirilgan  ta‘lim  bilan 
qamrab olish; 


 
82 
-  o‗quvchilarning o‗quv yuklamalari ko‗lami kabilar.  
Ta‘lim  sifatini  ta‘minlashda  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasi  faoliyatining  ijtimoiy 
samaradorligi ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
-  o‗quv jarayoni sub‘ektlarida mazkur jarayondan qoniqishning hosil bo‗lishi; 
-  o‗quv  jarayonining  tashkil  etilishi,  borishi,  natijalari  va  sifatining  namoyon 
bo‗lishi; 
-  o‗quv jarayoni sub‘ektlarining o‗zaro hamkorligi; 
-  umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining mavjud mavqei; 
-  umumiy o‗rta ta‘lim muassasasida amal qiladigan strategiyalar kabilar. 
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi va mazkur 
darajadan  o‗rta  maxsus  kasb-hunar  ta‘limi  muassasalarining  qoniqishi  ham  ta‘lim  sifatini 
ifodalaydi.  O‗qitish    sifatini  boshqarishning  muhim  mexanizmi  unga  o‗quv  jarayonini 
yaxshilash  orqali  ta‘sir  ko‗rsatishda  namoyon  bo‗ladi.  Uni  amalga  oshirishning  muhim 
sharti  ta‘lim  sifati  monitoringini  amalga  oshirishdan  iborat.  Mazkur  monitoring  maqsadga 
yo‗naltirilgan,  maxsus  tashkil  etilgan,  ta‘lim  sifatida  ro‗y  beradigan  asosiy  o‗zgarishlarni 
uzluksiz  kuzatadigan  jarayondir.  Uning  asosiy  maqsadi  o‗z  vaqtida  ta‘lim  jarayonini 
boshqarishga  oid  to‗g‗ri  qarorlar  qabul  qilish,  unga  tuzatishlar  kiritish,  bashorat  va 
materiallarning  tahlili  hamda  uni  takomillashtirishga  xizmat  qiladigan  sharoitlarni 
yaratishdan iborat.  
O‗quv jarayoni bir qator o‗ziga xos ko‗rsatkichlarlarga ega: 
a)  o‗quv  jarayonining  yetakchi  maqsadi  –  bilim,  ko‗nikma,  malakalarning 
o‗zlashtirilishi, kompetensiyalarni shakllantirilganligi; 
b)  o‗quvchilarning  bilish  layoqatlarini  rivojlantirish,  bilim,  ko‗nikma  va  malakalar 
vositasida ularning bilish mustaqilliklarini shakllantirish. 
v)  didaktik  jarayonning  mazmuni  –  barcha  dasturlar  uchun  mazmun  yagona 
hisoblanadi; 
g)  o‗quv  jarayoni  doirasida  -  o‗rgatish  faoliyati  davomida  o‗qituvchining 
yo‗naltiruvchilik,  rahbarlik, maslaxat beruvchilik mavqei namoyon bo‗ladi; 
d)  o‗quv  jarayoni  doirasida  pedagogik  faoliyat  o‗quvchilarning  yetakchilik  mavqei 
bilan uyg‗unlashadi.  
O‗quv  jarayonida  ta‘lim  sifatiga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadigan  quyidagi  tarkibiy 
qismlar ajratiladi: 
1. Moyillik hosil qiluvchi  –  o‗quvchilarni faol o‗rganish jarayoniga jalb qiluvchi va 
bilish  faoliyatining  barcha  bosqichlarida  faollikni  saqlab  qoluvchi  qiziqishlari,  ehtiyojlari, 
mayllari. 
2.  Yo‗naltiruvchi  –  o‗quvchilarning  o‗quv-biluv  maqsadini  amalga  oshirish  uchun 
uni rejalashtirishlari va bashorat qilishlari. 
3. Mazmunli-operatsion nuqtai nazardan -  axborotlarni qabul qilish, saqlash va qayta 
ishlash maqsadida yetakchi bilimlar va usullarni o‗zlashtirish. 
4. Quvvatiga ko‗ra  –  diqqat, iroda va kechinmalar. 
5. Nazariy-tahliliy  jihatdan  –  o‗quvchilarning  o‗z-o‗zlarini  mustaqil  nazorat 
qilishlari,  bajarilgan  harakatlarning  borishi  va  natijalarini  mustaqil  baholashlari, 
o‗zgalarning  bahosiga  tayangan  holda  o‗zlari  va  faoliyatlariga  bergan  baholari,  o‗rganish 
jarayonlarini  mustaqil  boshqarishlari  va  tuzatishlar  kiritishlari,  o‗z-o‗zlarini  boshqarishlari 
kabilar.  
Ushbu qismlarning barchasi o‗zaro aloqadorlikka ega.  


 
83 
Umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasi  va  unda  tahsil  olayotgan  o‗quvchilarning 
rivojlanishlariga  beriladigan  baho  ham  ta‘lim  sifatini  aniqlashda  muhim  o‗rin  tutadi.  Bu 
quyidagi ko‗rsatkichlarda namoyon bo‗ladi: 
1. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasasining innovatsion faoliyati: 
-  ta‘lim maqsadi, vazifalarining yangilanishi; 
- ta‘lim mazmunining modernizatsiyalashtirilganligi; 
- ta‘lim metodlarining yangilanishi.  
2. O‗quv jarayonining tashkil etilishi: 
-  o‗qitish maqsadlariga erishish uchun o‗qituvchi, o‗quvchilar hamda ota-onalarning 
o‗zaro hamkorliklari, o‗z faoliyatlarini mustaqil boshqarishlari; 
-  o‗qituvchi  hamda  o‗quvchilarning  hamkorlikka  asoslangan  faoliyatlarini  tashkil 
etish; 
-  o‗quv-tarbiya  jarayonining  sifati  uchun  o‗qituvchi  hamda  o‗quvchilar  orasida 
mas‘uliyatlilikni teng taqsimlash;   
- pedagogik jarayonda o‗quvchilar moyilligining yuqori darajada namoyon bo‗lishi; 
-  o‗quv  jarayoni  sub‘ektlari  uchun  qulay  pedagogik-psixologik  muhitning 
ta‘minlanganligi; 
3. O‗quv jarayoni samaradorligining ta‘minlanganligi: 
-  rejalashtirilgan  yakuniy  natijalar  bilan  qiyoslangan  holda  o‗quvchilarning 
o‗qimishlilik va tarbiyalanganlik darajalari; 
- muayyan o‗quv predmetini chuqur bilish imkoniyatiga egaliklari; 
-  o‗quvchilarning  o‗quv  va  mehnat  jarayoni,  tabiat,  ijtimoiy-huquqiy  me‘yorlar, 
jamiyatdagi qonun-qoidalarga sub‘ektiv munosabatlari kabilar. 
Pedagogika  sohasida  ta‘lim  sifatining  ajralmas  qismi  sifatida  bilish  va  uning 
bosqichlari, o‗quvchilarning o‗quv yutuqlari va natijalariga oid tadqiqotlar amalga oshirilib, 
bir  qator  nazariy  yondashuvlar  ishlab  chiqilgan.  Jumladan,  o‗quv  natijalariga  oid 
I.Ya.Lerner nazariyasi bo‗yicha o‗zlashtirish darajalari quyidagicha belgilangan:  
1 – daraja – tanish, qayta aks ettirish; 
2 – daraja – tanish vaziyatda (namunaga ko‗ra) qo‗llash; 
3 – daraja  - notanish vaziyatda qo‗llash. 
Pedagog olim V.P.Bespalkoo‗zlashtirish nazariyasini quyidagi darajalarga ajratgan: 
1 – daraja – tanish;  
2 – daraja -  qayta eks ettirish;  
3 – daraja - qo‗llash;  
4 – daraja - ijodkorlik. 
Bizning nazarimizda ta‘lim sifatini baholash nuqtai-nazaridan o‗quvchilarning o‗quv 
yutuqlari va natijalari quyidagi darajalardan iborat bo‗lishi lozim: 
1 - daraja: Bilish — o‗rganilgan materiallarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; 
2  -  daraja:  Ko‗nikmaga  ega  bo‗lish  —  o‗rganilgan  bilimlarni  tanish  vaziyatlarda 
qo‗llay olish; 
3 - daraja: Malakaga ega bo‗lish  — o‗rganilgan bilim  va shakllangan  ko‗nikmalarni 
notanish vaziyatlarda qo‗llay olish;  
4  –  daraja:  Kompetentli  bo‗lish  —  egallangan  bilim,  ko‗nikma  va  malakalarini  o‗z 
shaxsiy,  kasbiy  va  ijtimoiy  faoliyatida  amaliy  qo‗llay  olish  va  yangi  bilimlarni  hosil  qila 
olish layoqatiga ega bo‗lish. 
Tadqiqot jarayonidagi tahlillar ta‘lim sifati kompleks ko‗rsatkichlar tizimidan iborat 
bo‗lib, quyidagi parametrlar asosida aniqlanishini ko‗rsatdi: 
- o‗qitish maqsadlari va natijalarining o‗zaro muvofiqligi; 


 
84 
- o‗qitish jarayoni ishtirokchilarining ehtiyoj va talablarining ta‘lim xizmatlari orqali 
qondirilishi; 
Shaxsning  ma‘lum  standartlar,  malakaviy  talablar  darajasidagi  bilim,  ko‗nikma, 
malaka va kompetensiyalarga egaligi, aqliy, jismoniy va ma‘naviy rivojlanganlik darajasi. 
Monitoring.  Bugungi  kunda  mutaxassislar  oldida  turgan  muhim  vazifalardan  biri 
ta‘lim sifati monitoringi modelini takomillashtirishdan iborat.  
Ma‘lumki,  monitoring  tushunchasining  bir  qator  izohlari  mavjud.  Jumladan, 
«Pedagogika»  ensiklopediyasida  monitoring  (monitor  +  inglizcha.  ing  –  harakat  nomi 
qo‗shimchasi:  kuzatish,  nazorat  qilish)  1.Biron-bir  jarayonni  uning  kutilgan  natija  yoki 
dastlabki  taxminga  muvofiqligini  aniqlash  maqsadida  doimiy  kuzatib  borish.  2.  Muayyan 
voqeilikni  tekshiruvchi,  nazorat  etuvchi  va  uning  natijalarini  umumlashtiruvchi  jarayon 
sifatida izoh beriladi. 
«Monitoring» atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972 yil iyun 
oyida  Stokgolm  konferensiyasini  tashkil  etish  arafasida  «nazorat»  atamasiga  muqobil 
sifatida  ishlatila  boshlangan.  Monitoringning  yaxlit  tizim  sifatidagi  elementlari  1943  yilda 
R.Mann,  1974  yilda  V.D.Federov,  1985  yilda  K.S.Burdin  tadqiqotlarida  ta‘riflab,  asoslab 
berilgan.  
Chet tili so‗zlarining  katta izohli lug‗atida monitoring  -  ma‘lum bir tabiiy, ijtimoiy  
va  boshqa  ob‘ektlarning  o‗zgarish  holatini  tizimli  kuzatish,  baholash  asosida  keyingi 
holatini prognoz qilish deb izoh berilgan. 
Ta‘lim  sifati  monitoringi  —  ta‘lim  maqsadlari  va  erishilgan  natijalarining  o‗zaro 
muvofiqligini  hamda  ularga  ta‘sir  etgan  omillarni  aniqlash,  o‗quv-tarbiya  jarayonini 
korreksiyalash  va  keyingi  holatini  bashoratlash  imkonini  beruvchi  pedagogik  jarayon 
hisoblanadi. 


 
85 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish