II. Asosiy qism
2.1. Mutatsion nazariya
Mutatsion nazariya - nasldannaslga beriladigan uzilishli (diskret) oʻzgaruvchanlikni tan oluvchi nazariya. Gollandiyalik botanik X. De Friz tomonidan ishlab chiqilgan (1901—03). Mutatsion nazariyaning asosiy xossalari: mutatsiya oraliq formalarsiz toʻsatdan paydo boʻladi; formalar butunlay konstant, yaʼni barqaror; mutatsiyalar si-fat oʻzgarishlar boʻlib, uzluksiz qatorlar hosil qilmasligi va oʻrtacha tip (moda) atrofida guruxlanmasligi bilan irsiylanmaydigan oʻzgarishlar (fluktatsiyalar)dan farq qiladi; mutatsiyalar turli yoʻnalishda sodir boʻladi, ular foydali va zararli boʻlishi; aynan bir mutatsiyaning oʻzi qayta takrorlanishi mumkin. De Friz Mutatsion nazariyani tabiiy tanlanish nazariyasiga qarshi qoʻyib, mutatsiyalar tufayli tabiiy tanlanishning ishtirokisiz birdaniga yangi turlar paydo boʻladi, degan notoʻgʻri xulosaga kelgan. Haqiqatda esa mutatsion oʻzgaruvchanlik kombinativ oʻzgaruvchanlik bilan bir qatorda evolyusion jara-yonda yangi turlarning shakllanishiga olib keladigan tabiiy tanlanish uchun material beradi. Keyinchalik De Frizning xatosi u eksperiment oʻtkazgan enotera (Oenothera Iamarkina) oʻsimligining murakkab poligeterozigota (q. Geterozigota) ekanligi, De Friz mutatsiya sifatida qabul qilgan oʻzgarishlar esa ana shu geterozigotanng ajralishi bilan bogʻliqligi aniqlandi. Shunday boʻlsada, keyinchalik mutatsion oʻzgaruvchanlikning mavjudligi koʻplab tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlandi va Mutatsion nazariyaning asosiy gʻoyalari yanada rivojlanib, tajribalarda oʻz isbotini topdi.
Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) G. tarixidagi muhim voqealardan biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun xolatda nasldan-naslga beriladigan oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʻzgargan belgi esa mutatsiya; mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar b-n tasdiklandi. Nemis olimi G. Meller 1927 y.da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, ularning tabiatini oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippov (1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi. Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion G. yoʻnalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion G. organizmlardagi genetik qonuniyatlarni populyatsiya darajasida tekshiradi. Bunday maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni genetik asoslashga imkon berdi. Evolyutsion G. duragaylash, mutagenez, alohidalanish (izolyatsiya), kuchish (migratsiya), tanlash, genlar dreyfi, populyatsiya toʻlqini kabi omillarning evolyutsiyadagi ahamiyatini tushunib olishga imkon beradi. Turlar evolyutsiyasi, hayvonlar zoti va oʻsimlik navlari yaratishning genetik asoslarini urganish imkonini beruvchi genetikmatematik metodlar ishlab chikildi (ingliz olimlari R. Fisher, J. Xoldeyn, amerikalik olim S. Rayt, 1920—30; rus olimlari S. S. Chetverikov, N. P. Dubinin va b.). N. I. Vavilovning irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish genotsentrlari haqidagi taʼlimoti hamda geografik jihatdan uzoq formalarni chatishtirish va immunlik toʻgʻrisidagi nazariyalari oʻsimliklar seleksiyasi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu gʻoyalar mevali daraxtlarning bir qancha serhosil va sovuqqa chidamli navlarini yetishtirish uchun asos boʻldi. Soʻnggi yillarda radiatsiya va kimyoviy mutagenlar yordamida mutatsiya vujudga keltirish usuli tobora keng qoʻllanilmoqda. Bir qator antibiotiklar, aminokislotalar va biologik faol moddalarning mutant shtammlari vujudga keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |