Mutatsiyalar va ularning evolyutsiyadagi ahamiyati
Reja:
I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Mutatsion nazariya
2.2. Mutatsion o‘zgaruvchanlik
2.3. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik.
2.4. Gen va genom mutatsiyalarini evolyutsiyadagi ahamiyati
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish Nima sababdan har bir tirik mavjudot urchish jarayonida o ‘ziga o‘xshash formalami hosil etadi degan masala qadimdan kishilami qiziqtirgan bo‘lsada, ming yillar davomida u jumboq bo4ib qoldi. Faqat keyingi asrda bu masalaga tabiyotshunos olimlar birmuncha oydinlik kiritdilar, natijada biologiyaning yangi shoxobchasi boim ish genetika fan sifatida shakllandi. Bu esa barcha tirik organizmlarga xos irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi bilimlami kengayishiga olib keldi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik deganda organizm genotipi —xromosomalar, nuklein kislotalar, genlar o ‘zgarishi bilan bog’liq o‘zgarishlar tushuniladi. Mutatsiya to‘g‘risidagi nazariya dastlab gollandiyalik olim Gugo de Friz tomonidan ishlab chiqilgan. Uning qisqacha mazmuni: 1) M utatsiya to ‘satdan ro‘y beradigan o‘zgaruvchanlik; 2) Sifat jihatdan farqlanuvchi o‘zgaruvchanlik; 3) Turg‘un, shu bilan birga turli yo‘nalishdagi o‘zgamvchanlik; 4) Mutatsion o‘zgaruvchanlikfoydali va zararli boiadi; 5) 0 ‘xshash mutatsiyalar takrorlanishi mumkin.
Mutatsion o‘zgaruvchanlikni sinflashning bir necha xillari bor. Kelib chiqishiga ko‘ra mutatsiyalar spontan va indusirlangan xillarga bo’linadi.Spontan mutatsiya tabiatda to‘satdan paydo bo’ladigan, indusirlangan mutatsiya esa sun’iy sharoitda turli fizikaviy yoki kimyoviy omillar ta’sirida hosil qilinadigan mutatsiyadir. Paydo bo‘lgan joyiga ко‘га mutatsiya generativ va somatik mutatsiyaga ajratiladi. Generativ mutatsiya jinsiy hujayralarda, somatik mutatsiya esa tana hujayralarida ro‘yobga chiqadi.Somatik hujayralardagi mutatsiya jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan hayvonlarning kelgusi avlodlariga berilmaydi. Bunga asosiy sabab mutatsiyaga uchragan hujayra, to ‘qim a, organdan kelgusi avlod rivojlanmaydi.
Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) G. tarixidagi muhim voqealardan biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun xolatda nasldan-naslga beriladigan oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʻzgargan belgi esa mutatsiya; mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar b-n tasdiklandi. Nemis olimi G. Meller 1927 y.da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, ularning tabiatini oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippov (1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi. Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion G. yoʻnalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion G. organizmlardagi genetik qonuniyatlarni populyatsiya darajasida tekshiradi. Bunday maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni genetik asoslashga imkon berdi