Mutaasablik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalism, terrorizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmun mohiyati



Download 79,13 Kb.
bet9/10
Sana05.06.2022
Hajmi79,13 Kb.
#638945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja1

Ikkinchi bosqichda (2022−2025 yillar) quyidagilar belgilandi:
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan amaldagi qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va yangilarini qabul qilish;
milliy axborot makonini ekstremistik va terrorchilik mafkura kirib kelishidan qo‘shimcha himoyalashga qaratilgan tizimni yaratish;
strategiyani amalga oshirishda erishilgan natijalarni monitoring qilish;
ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqaradigan xavf, tahdid va xatarlarni, shuningdek, mamlakatdagi millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni kompleks tahlil qilib, vaziyatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha prognozlarni hamda aniqlangan xavf, tahdid va xatarlarni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Uchinchi bosqichda (2026 yil) ushbu strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish bo‘yicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy xarakterdagi choralar qabul qilinishini ta’minlash nazarda tutiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, strategiyani amalga oshirish ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Bugungi davr nafaqat taraqqiyotning, ilm-fanning jadal rivojlanishi bilan, balki jahonni larzaga solayotgan turli xil global muammolar bilan ham kechmoqda. Ana shunday dunyoviy muammolardan biri terrorizmdir.
Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilishi o'rniga, aksincha keng quloch yozayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo'lmoqda.
Bugungi kunda terrorizm balosidan aziyat chekmagan davlat deyarli qolmadi. Kishini tashvishga soladigani esa ko'plab davlatlar birgalikda bir necha yillardan buyon mazkur illatga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgan bo'lsa-da, bu kurashning ijobiy natijasi ko'rinmayotganidir.
Kecha Belgiyaning poytaxti Brusselda kuchli portlash sodir bo'ldi.
Portlash oqibatida 34 inson halok bo'ldi, ko'plab inson jarohatlandi.
Bunday qonli terror voqealari nafaqat sodir bo'lgan davlatni, balki butun dunyoni larzaga solmoqda.
Terror hujumi Ankarada, Istanbulda, Parijda, Brusselda, Qobulda, Tripolida sodir bo'ldi.
Bu hujumlarda barcha millatdan qon to'kildi.
Butun insoniyat terrorchilik harakatining qurboni bo'ldi.
O'n yildan beri terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda yosh navqiron askarlaridan va politsiya xodimlaridan judo bo'lgan Turkiya, Brusselning azobini yuragida his qiladi, Yevropaning nidosiga quloq soladi.
Lekin, Turkiya bu hoinlarning qaysi davlatda bo'lishidan qat'iy nazar, bir-biridan farqi yo'qligini barcha davlatlarning bilishini istaydi.
"Dushmanimning dushmani mening do'stim” matali ba'zi mamlakatlar uchun shiorga aylangandek go'yo.
Kecha Yevropaning markazida PKK terror tashkiloti chodir qurib, insonlarni terrorga tashviq etishiga ko'z yumgan Yevropa bugun o'sha terror fojiasiga o'zi duch keldi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an juma kuni Brusseldagi terrorga tashviq faoliyatiga e'tiroz bildirib, “O'sha bombalar sizning mamlakatingizda portlagandagina, bizning ahvolimizni va hissiyotimizni tushunib yetasiz”,-degan edi.
Butun dunyo mamlakatlari Turkiya ogohlantirgan vaqtdayoq terrorizmga qarshi hamjihat bo'lib kurash boshlaganida, bugungi dahshatli fojialarning oldi olingan bo'larmidi… O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy tashkilotlardagi ishtiroki. O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), SHanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Evroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIHT), Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti (KHSHT), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatnashmoqda. SHHT doirasidagi Aksilterror markazining Toshkent shahrida joylashtirilishini esa respublikamizning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi faolligining e’tirofi sifatida qarash mumkin.
2004 yil 17–18 oktyabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ekstremistik va terrorchi tashkilotlar, ularning rahbarlari va a’zolarining ro‘yxatini tuzish bo‘yicha kelishib olindi.
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm globallashuv jarayonida xalqaro narkobiznes kabi jahon miqyosida eng xavfli faoliyat turlaridan biri bilan uzviy bog‘lanib ketmoqda. Bugungi kunda narkomafiya narkotiklarni ishlab chiqarish, narkotrafik va narkomaniyani tashkil qilish usullari orqali narkobiznesni rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda. Narkomafiya terrorchi va ekstremistik tashkilotlar bilan o‘z yovuz maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqaro miqyosda hamkorlik qilayotganini inobatga olsak, bu, davlatlarning siyosiy tizimiga va milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid ekanini ko‘ramiz. Jahon miqyosida eng katta narkobiznes o‘chog‘i mamlakatimizga qo‘shni Afg‘oniston hududida ekanini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyati bilan birgalikda bu global xavfga qarshi qat’iy kurash olib bormoqda. Davlatimiz mintaqaviy miqyosda va ichki siyosati doirasida ham bu illat bilan murosasiz kurashmoqda.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tashkilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Terrorizmni oziqlantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bartaraf etish. Terrorchi tashkilotlar a’zolarining mutlaq ko‘pchiligini jamiyatdagi o‘rni va mavqeini aniqlab belgilab ololmagan (marginallashgan) ijtimoiy qatlamlarga mansub 16–30 yashar yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida aholining qashshoqlashuviga terrorizmni oziqlantiruvchi omillardan biri sifatida qaralmoqda va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga alohida e’tibor berilmoqda. Ekstremistik g‘oyalar yoyilishining oldini olishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Misrda hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda. Misr hukumati radikal islom tashkilotlarini qashshoqlik, ishsizlik, aholining tabaqalashuvi kabi asosiy tayanch nuqtalaridan va mazkur muammolar uchun javobgarlikni hozirgi hukumat bo‘yniga yuklash imkoniyatidan mahrum qilishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, davlat aholi uchun asosiy (non, un, shakar, o‘simlik yoqi va shu kabi) oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, oylik maoshga qo‘shimcha to‘lovlar hamda suvdan bepul foydalanish kabilarni dotatsiyalash(davlat tomonidan moliyaviy ko‘maklashish)da davom etmoqda. SHuningdek, hukumat uy-joy, oliy ma’lumot olish, dori-darmonlarga ham o‘rtacha narxni saqlab turishga harakat qilmoqda.
Imtiyozli tibbiy xizmat va dori-darmon bilan ta’minlash, bepul maktab ta’limi kabilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy dotatsiya va imtiyozlar tizimi ham rivojlantirib borilmoqda.
Umuman olganda, ko‘rilgan bu choralar nisbatan bo‘lsa-da, ijtimoiy adolatni va mamlakat aholisining quyi tabaqasiga yashash uchun zaruriy mablag‘ning eng kam miqdorini ta’minlashga qaratilgan.
Yuqoridagi kabi tadbirlar doirasida muayyan mamlakatlarga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida gap ketar ekan, diniy ekstremizmga qarshi kurashning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar qatorida 1997 yilda Misrda qabul qilingan “Erni ijaraga olish to‘g‘risida”gi qonun alohida ahamiyatga egaligini ta’kidlash zarur. Mazkur qonun mavjud sulolalar va oilalarning ta’sir quvvatini pasaytirish barobarida hukumatning falloh (dehqon)larning ichki migratsiyasini ta’minlashga yo‘l ochadi.
Sulolaviy aloqalarning susayishi esa, o‘z navbatida radikal islom tashkilotlarining qishloq joylaridagi mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Shu yo‘l bilan, mazkur Qonun joylardagi keskinlik va ishsizlikning muayyan darajada bo‘lsa-da, pasayishiga zamin yaratadi.

Download 79,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish