Termiz davlat universiteti
Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi 1-kurs magistranti
Musurmanova Adolatning
“Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan dars”
MATEMATIKA FANIDAN
1 SOATLIK DARS ISHLANMA
Integratsiyalangan fanlar va mavzular
|
|
|
|
|
|
Fanlar
|
Matematika
|
Ona tili
|
Atrofimizdagi olam
|
O’qish
|
Jismoniy tarbiya
|
Mavzu
-lar
|
Bir va ikki
xonali sonlar
|
Narsa
Buyumning
sanog’ini
bildirgan
so’zlarning
yozilishi
|
Yovvoyi
hayvonlar
|
Bo’g’irsoq
ertagi
|
Boshni
harakatlantirish
mashqlari.
|
Sinf: 1.
Fan: Matematika.
Mavzu: Bir va ikki xonali sonlar.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarning bir xonali sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, ikki xonali sonlar haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: Mavzu mohiyatini yoritish maqsadida “Bo`g`irsoq” ertagidan unumli foydalanish. Ertak orqali o`quvchilarda zukko, bilimdon, topqir bo`lish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarga yangi mavzu mohiyatini yetkazib berish jarayonida ularning faollik qobiliyatini rivojlantirib borish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, noan’anaviy.
Darsning uslubi: Aralash, suhbat, namoyon qilish, amaliy ish, interfaol usullar.
Darsning jihozi: Kompyuter moslamasi, didaktik tarqatma materiallar, darsliklar.
Fanlararo bog'lanishi: O'qish, ona tili, atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) navbatchi axboroti.
Sinf uch guruhga bo`linadi.
1-guruh: Uchburchak;
2-guruh: Aylana;
3-guruh: To`rtburchak.
Uyga vazifani so’rash va mustahkamlash.
Dars sarguzasht-ertak asosida olib borilishi tushuntiriladi. O`qituvchi: Bugun sizlar bilan Bo'girsoq haqida yangi talqindagi «Bo’g'irsoqning sarguzashtlari» nomli ertakni birgalikda yaratamiz. Ertak. Bo'g'irsoq tokchada tura-tura zerikib, pastga tushib sayohat qilmoqchi bo'libdi. Lekin uyda bajarishi lozim bo'lgan vazifasi yodiga tushibdi. O'quvchilarning bajargan ishlari aylanib ko'rib chiqiladi. Tanlab o'qitib, tahlil qilinadi.
Bo'g'irsoq to'g'ri bajarganiga ishonch hosil qilib tokchadan pastga tushibdi. Qaysi tomonga yurishni aniqlashdan oldin o’rganganlarini mustahkamlab olmoqchi bo'libdi. Keling, Bo'g'irsoqqa yordam beramiz.
1-topshiriq.
2-topshiriq.
Taqqoslang .
1 1 12 13 12 15 15 18 17
1 9 17 10 12 14 17 18 11
Bu vazifalar kompyuter ekranida yoziladi va guruhlarga konvertda tarqatiladi. Belgilangan vaqt ichida guruhlar ishlarini tugatadilar va javoblarni ekrandagi javobga solishtirib, qanchalik to`g`ri yoki noto`g`riligini tekshiradilar. O`quvchilarning javoblari “5” ballik sistemada baholanib boriladi. Dars yakunida yig`ilgan ballar e’lon qilinadi va g`olib guruhlar rag`batlantiriladi.
O`quvchilar berilgan vaqt tugagandan so`ng o`z javoblarini ekrandagi javob bilan solishtiradilar.
Yangi mavzuni tushuntirish.
O`qituvchi: Bo`g’irsoq dumalab zinaga, zinadan yo`lakka, yo`lakdan o`rmon yo`liga chiqib o`zining quvnoq qo`shig`ini aytib ketayotgan ekan, oldidan quyoncha chiqib qolibdi. Quyon bo`g`irsoqqa: “Men seni yeyman” debdi. Shunda bo`g`irsoq: “Mayli, lekin bitta shartim bor, shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin” deb javob beribdi. Quyon rozi bo`libdi. Bo`g`irsoq unga darslikdagi 1-misolni tushuntirib berishni so`rabdi.
Quyon bu misolni qanday tushuntirishni bilolmay hayron bo`lib turgan ekan, bo`g`irsoq o`z qo`shig`ini boshlabdi, unga o`quvchilar qo`shilishibdi:
Men bo`g`irsoq, bo`g`irsoq,
Supradagi un-urvoq.
Supurishib oldilar,
Qaymoqqa xo`p qordilar.
Pishirdilar tovada,
Sovitdilar havoda.
Qochib kettim bobomdan,
Qochib kettim buvimdan.
Eshit quyon bo`ldi bas,
Sendan qochish hech gapmas…
Quyon bu misolni tushuntirib bera olmabdi. Qani bolajonlar, sizlar tushuntirib bering-chi?! O`quvchilar:
O`quvchilarning bu fikrlarini to`ldirish maqsadida, o`qituvchi jadvaldan foydalanib tushuntiradi.
O`nliklar
|
Birliklar
|
Yozuvda
|
Raqamda
|
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
2
|
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
0
|
o`n
o`n bir
o`n ikki
o`n uch
o`n to`rt
o`n besh
o`n olti
o`n yetti
o`n sakkiz
o`n to`qqiz
yigirma
|
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
|
Sonlarni yozilishini eslab olamiz. Bir xonali sonlar qo’shib yoziladi. Ikki xonali sonlar alohida yoziladi. Faqat o’nliklar qo’shib yoziladi: yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish va hokazo.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bo`g`irsoq yo`lda davom etib ketayotgan ekan, oldidan bo`ri chiqib qolibdi. Bo`ri ham bo`g`irsoqqa: “Men seni yeyman” debdi. Shunda bo`g`irsoq: “Mayli, lekin bitta shartim bor, shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin” debdi. Bo`g`irsoq unga darslikdagi 2-masalani yechib berishni so`rabdi.
Rahimda 8ta daftar bor edi, akasi unga yana 2ta daftar berdi. Rahimning daftarlari nechta bo`ldi?
Bo`ri esa bu vazifani bajara olmabdi, bu vazifani ham o`quvchilar bir zumda yechib berishibdi.
Bor edi- 8 ta daftar.
Yana berdi- 2 ta daftar.
Bo`ldi - ? ta daftar.
Yechish: 8+2=10
Javob: 10 ta daftar bo`ldi.
Dam olish daqiqasi. Bo'girsoq yo'l yurib charchab, dam olmoqchi bo’lib, to'nkaga o’tiribdi. O‘qituvchi geometrik figuralar shakllarini ko‘rsatadi. O‘quvchilar boshlari bilan geometrik figuralarni chizib ko‘rsatadilar.
- Mana, Bo'g'irsoq dam olib, yana o'z yo’lida davom etibdi.
Bo`g`irsoq yana yo`lda davom etib ketayotgan ekan yo`lidan ayiq chiqib qolibdi. Ayiq ham bo`g`irsoqqa: “Men seni yeyman” debdi. Bo`g`irsoq: “Mayli, lekin bitta shartim bor, shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin” debdi. Bo`g`irsoq unga darslikdagi 3-misolni yechishi kerakligini aytibdi.
Ayiq ham bu vazifani bajara olmaganidan keyin yana o`quvchilar unga yordam berishibdi.
Bo`g`irsoq yo`lda davom etib ketaveribdi, ayiq bo`g`irsoqning orqasidan qarab qolaveribdi. Bo`g`irsoq o`z qo`shig`ini aytib ketayotib, tulkiga duch kelibdi.
Masala tuzing va uni yeching:
Tulki bo`g`irsoqqa: “Men seni yeyman” debdi. Bo`g`irsoq tulkiga ham shart
Tulki ham bo`g`irsoqqa: “Men seni yeyman” debdi. Bo`g`irsoq shart qo`yibdi: “Mayli, lekin bitta shartim bor, shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin”. Bo`g`irsoq unga darslikdagi 4-masalani yechishi kerakligini aytibdi.
Tulki ham berilgan shartni bajara olmabdi. O`quvchilar tulkiga ham yordam berishibdi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, ko`rdingizmi? Bilimning kuchi tufayli bo`g`irsoq falokatdan qutilib qoldi. Matematikani bilmaganliklari uchun quyon, bo`ri, ayiq va tulkilar bo`g`irsoqni yeya olmadilar. Bolajonlar, bo`g`irsoq kabi zukko, aqlli, topqir bo`lishingiz uchun yaxshi o`qishingiz kerak.
Darsni mustahkamlash va yakunlash: O`quvchilar gullarda berilgan raqamlarning tagida yashiringan sehrli “OFARIN” so`zini topish uchun berilgan ifodalarning natijalarini to`g`ri topishlari kerak.
Uyga vazifa: 96-betdagi 5-topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |