MO’MIN
,
MUSULMON
,
deb aytiladi.
Mo’min-musulmonlar Allohga ibodat qilish bilan birga hamma
odamga yaxshilik qiladilar. Qiynalganlarga yordam beradilar.
Mo’minlarning uylarida nur, baraka bo’ladi. Alloh ularni balo-
ofatlardan saqlaydi. Qiyomatda esa jannatga kiritadi.
Yomon odamlar dinga kirishga unamaydilar. Allohning
diniga kirmagan odamni
KOFIR
,
deb aytiladi. Ba’zi odamlar
Allohdan boshqa narsalarga ibodat qiladilar. Allohdan boshqaga
ibodat qilishni
SHIRK,
deyiladi. Shirk ishini qiladigan odamni
MUSHRIK
,
deb aytiladi. Mushriklar o’z qo’llari bilan yasab olgan
yolg’on xudolarga ibodat qiladilar. Ular shaytonning yo’liga kirib
ketadilar. Kofir va mushriklar dunyoda gunoh ishlarni qiladilar.
Harom narsalarni eydilar. Bunday odamlar o’zlarining
yomonliklari sababli har xil kasalliklarga duсhor bo’ladilar.
Urush, er qimirlash, suv toshqini kabi balolarga uсhraydilar.
Oxiratda esa do’zax oloviga uloqtiriladilar.
Ba’zi odamlar Alloh yubormagan va payg’ambar aytmagan
ishlarni dinga kiritib, mana shu ham dindan, deb aytadilar.
Dindan bo’lmagan bunday ishlarni
BID’AT
,
deyiladi. Bid’atni
Alloh ham, payg’ambar ham, musulmonlar ham yomon
ko’rishadi. Bid’at ishni Alloh qabul qilmaydi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |