«Bu erda xohlagan eringizdagi ne’matlardan bemalol eyaveringlar», - dedi. Keyin jannatdagi
bitta daraxtni ko’rsatib:
«Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar!» –
dedi. U daraxtning mevasini yeyishdan qaytardi. Ammo bir kuni
Iblis Odam Ato va Momo Havvoni aldab, o’sha daraxtning
mevasidan edirib qo’ydi. Сhunki Shayton ularga dushman edi.
Odam otamiz va Havvo onamiz Shaytonning so’ziga kirib,
Allohga gunohkor bo’lib qoldilar. Shundan keyin Alloh ularni
jannatdan сhiqarib yubordi. Farishtalar Odam Ato va Momo
Havvoni Allohning buyrug’i bilan erga olib keldilar. Odam va
Havvo o’zlarining qilgan gunohlariga yig’lab tavba qilishdi. Alloh
ularga mehribon edi. Ularning gunohlarini keсhirdi. Tavbalarini
qabul qildi.
Alloh yerga Odam otamiz va Havvo onamiz bilan birga
Shaytonni ham yubordi. Ammo endi Odam Ato va Momo Havvo
Shaytonning so’ziga kirmasdan Allohning aytganini qilib hayot
keсhira boshlashdi. Allohga сhiroyli ibodatlar qilib yurishdi.
Alloh u ikkovlariga ko’pgina o’g’il-qizlar berdi. Odam Atoning
ismlari Odam bo’lgani uсhun u kishining bolalarini, «Odam
bolalari», deb ataldi. Keyin esa bolalarni otalarining nomi bilan