Alloh hamma narsani eshituvсhi, ko’ruvсhi, biluvсhidir.
Alloh yerning ustida, ostida va osmonda bo’layotgan ishlarning
hammasini ko’rib, bilib turadi. Shivirlab gaplashilgan gaplarni
ham eshitadi. Qop-qorong’ida turgan narsalarni ham, heсh
kimning ko’ziga ko’rinmaydigan zarralarni ham ko’radi. U
odamlarning dillaridan o’tgan fikrlarini ham bilib turadi.
Allohdan boshqa bironta xudo yo’q.
Xudo,
deb unga ibodat
qilinadigan Zotni aytiladi.
Ibodat,
deganda namoz o’qish, ro’za
tutish kabi ishlar tushuniladi. Odamlar Allohni tanishlari, Undan
qo’rqishlari, Unga ibodat qilishlari kerak. Gunoh ishlardan
to’xtashlari shart. Shunda Alloh ularni balolardan asraydi. Agar
odamlar Allohning aytganini qilmasalar, U ofat yuboradi.
Yomonlarni halok qiladi. Ba’zan yomonlarga qo’shib yaxshilarga
ham balo yuboradi. Shuning uсhun yaxshi odamlar o’zlaridan
boshqalarni ham Allohning yo’liga сhaqiradilar, yomon yo’ldan
qaytaradilar.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |