MUSTASQIL ISH ARXITEKTURA VA QURILISHFAKULTETI
“Umumtexnika fanlari” kafedrasi
Mavzu:Materiallar qarshiligi faniga kirish.Kostruksiya elementlari va ularning tuzilishlari.Sirtqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi.
Bajardi:Abdurasulova Nigina
Tekshirdi:Turdaliyev Zafar
REJA:
- Materiallar qarshiligi fani
- Kostruksiya elementlari
- Sirtqi kuchlar
- Ularning klassifikatsiyasi
Mazkur fanning asosiy mazmun-mohiyatini yoritishni I.l-shaklda tasvirlangan mantiqiy tuzilmani tahliliy o'rganishdan boshlaymiz. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlardan tayyorlangan barcha muhandislik konstruksiyalari va ulaming qismlari o'zlariga qo'yilgan yuklar ta’siriga chidamli bo'lib, ishlatilish davrining boshidan oxirigacha xavf-xatarli holatlarni mutloqa sodir etmasliklari uchun quyidagi uchta muhim konstruktiv talablami qanoatlantirishi zamr. Tashqi yuklar ta ’siridagi konstruksiya yoki konstmksiya qismlarining; • buzilmasdan (bo'laklarga ajralib ketmasdan) qarshilik ko'rsatib, bardosh bera olishi m ustahkam lik; • geometrik o'lchami va shakli o'zgarsa-da, ammo «haddan tashqari katta» deformatsiyalar hosil qilmasligi yoki boshqacha aytganda, deformatsiyalarga qarshilik ko'rsata olishi bikrlik;
• dastlabki (yuk qo'yilmagan paytdagi) elastik muvozanat holatni saqlay olishi esa ustuvorlik deyiladi. Mazkur konstruktiv talablar ko'pincha Materiallar qarshiligining uchta asosiymasalasi ham deb yuritiladi.Loyihalash paytida konstruksiya yoki konstniksiya qismlarining ko'ndalang kesim yuzasi kattalashtirilsa, ulaming mustahkamligi, bikriigi va ustuvorligi oshishi tabiiy. Ammo bunday yo‘l bilan qo'yilgan muammoni hal etish iqtisodiy jihatdan samarasiz: material va mehnat juda ko‘p sarflanadi. SHu bois, muhandislar loyihalashning boshqa usullarini izlashlari hamda ular orasídan iqtisodiy tomondan arzón, tejamli, texnologik jihatdan esa tayyorlanishi qulay va eng muhimi yuqorida qo'yilgan uchta talablami iloji boricha bir vaqtda qanoatlantira oladigan loyihalardan birini tanlashlari, aniqrog'i, materiallar qarshiligi faniga murojaat qilishlari lozim
Materiallar qarshiligi fanining ilmiy asoslanganligi nazariy jihatdan matematika, qattiq jismlar fizikasi, eksperimental jihatdan esa materialshunoslik, informatika va axborot texnologiyalari kabi aniq fanlar bilan chambarchas bog'langan holda rivojlanayotganligida va muhandislik amaliyotida qo'llanilayotganligida namoyon bo'ladi. Bu fan asosan og'ir sanoat (mashinasozlik, samolyotsozlik, asbobsozlik va metallurgiya), qurilish, transport, kimyo-texnologiya, to'qimachilik va engil sanoat sohalarining rivojlanishida muhim, etakchi o'rin egallaydi. Aslida masalaning qo'yilishi nuqtai nazaridan qaralganda materiallar qarshiligi fani go'yoki ko'p jihatdan nazariy mexanikaga o'xshashdek tuyuladi. Darhaqiqat, ikkala fanda ham kuchlar yoki kuchlar tizimining jismlarga ko'rsatgan ta’siri va muvozanati o'rganiladi.
Barcha muhandislik konstruksiyalari yoki ulaming qismlari shunday o'ziga xos xususiyatlarga egaki, birinchidan ular juda murakkab ko'rinishlaiga ega bo'lsa, ikkinchidan esa ishlatilish davrida turiicha tashqi omilíarga duch keladi. SHu sababli loyihalash-hisoblash jarayonlarida haqiqiy (real) ob’ektlaming barcha xususiyatlarini bir vaqtda e’tiborga olish juda qiyin. Hatto o'ta zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlaridan foydalangan taqdirda ham murakkab sharoitlarda qo'llanilayotgan ayrim konstruksiyalar yoki ulaming qismlari uchun yuqoridagi muammolami to'laqonli hal etish mushkuldir. Shuning uchun mazkur fanni o'rganish barobarida hamda uning barcha yechim va xulosalarini olishda qo'Ilaniladigan tadqiqot metod va usullarí hayotda ro'y beradigan hodisalar va jarayon (fizik, mexanik, texnologik, kimyoviy va shu kabi)lami ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko'rinishlarda tasvirlash - modellashtirishga ham asoslanadi.
M aterial modeli. Muhandislik amaliyotida metall (po'lat, cho'yan, mis kabilar) va uning qotishmalari, metalmas (polimer, plastmassa kabilar) hamda yog'och, tosh, g'isht, shisha, qurilish ashyolari singari materiallar ko’p ishlatiladi. Ushbu materiallar qattiq jismlar fizikasida fizikaviy va muhandislik- fizikaviy modellar hamda deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasida esa yaxlit jismlar - muhandislik modeli sifatida o'rganiladi
SHakI modeli. Geometrik o'lchami va shakliga ko'ra, barcha deformatsiyalanuvchi qattiq jism (ob’ekt)lar uchta guruh; brus, plastinka yoki qobiq va vazmin jismlarga ajratiladi. Ko'ndalang kesim yuza o'lchamlari uzunlik o'lchamiga nisbatan juda kichik bo'lgan jismlar brus deyiladi (I.3-shakl, a). Bruslar o'qlarining holatiga ko'ra to'g 'ri yoki egri, ko'ndalang kesim yuzasiga ko'ra esa o'zgarmas yoki o'zgaruvchan kesim yuzali bo'lishi mumkin.
Tabiatdagi barcha deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarni o'zaro ta’sirlashib turuvchi zarrachalar yig'indisidan iborat deb qarash mumkin. Zarrachalaming o'zaro ta’sir kuchlari jismlarni bir butun holda tutib turib, ularning deformatsiyalanishiga qarshilik ko'rsatishi uchun xizmat qiladi. Umuman olganda, yuklangan va yuklanmagan jismlarning istalgan ikkita zarrachasi orasidagi o'zaro ta ’sir kuchlari turlicha bo'ladi. Materiallar qarshiligida faqat yuklangan, ya’ni deformatsiyalangan jismlarning zarrachalari orasidagi o'zaro ta’sir kuchlari e’tiborga olinadi. Jismlar deformatsiyalangan sari ulaming kesimlaridagi zarrachalar bir- biridan uzoqlashish (“qochish”)ga yoki o'zaro yaqinlashishga intiladi; deformatsiyalangan jism tarkibidagi zarrachalaming dastlabki muvozanatini saqlash yoki tiklashga intilgan kuchlar ichki kuchlar yoki zo'riqish kuchlari, qisqacha zo‘riqishlar deyiladi.
Demak, deformatsiya va zo‘riqishlar uzviy bogianishda ekan. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning kesimlarida hosil boiuvchi ichki kuchlaming teng ta’sir etuvchisini topish maqsadida kesish usuli qoilaniladi. Kesish usulining asl mohiyatini ochishda ixtiyoriy tayanchlarda (tayanchlar shaklda ko‘rsatilmagan) yotuvchi birorta brusga statik tomondan yondoshib, uning muvozanatini tahlil qilamiz. Brusga qo'yilgan tashqi kuchlar tizimi tayanchlarda reaksiya kuchlarini hosil qiladi; natijada brus muvozanat holatida bo'ladi. Brusning biror kesimidagi ichki kuchlarni aniqiash uchun quyidagi ishlarni navbat bilan bajaramiz; 1) brusni ixtiyoriy tekislik bilan fikran keùh, uni ikki qism (tomon)ga ajratamiz; 2) ixtiyoriy tomonni, masalan chap tomonni tashlab yuborib, o'ng tomonni alohida airatïb olamiz; albatta, bu holatda jismdan ajratilgan qismning muvozanati buzilishi tabiiy;
3) ajratilgan qismning dastlabki muvozanatini tiklash maqsadida tashlab yuborilgan tomonning ta’sirini kesim yuzi bo'yicha ixtiyoriy ravishda taqsimlanuvchi va kesimning har bir nuqtasiga qo'yilgan kuchlar bilan almashtiramiz.Kesimlardagi barcha ichki kuchlami bitta bosh vektor R= (reduction - keltirilgan) va bosh moment M = Mrcd bilan almashtirib, kesim og'irlik markaziga keltiramiz.
Demak, ichki kuchlar uchta kuch va uchta momentlardan iborat ekan. SHuningdek, ushbu usulni qisqacha “KAAM” (kesish, ajratish, almashtirish, muvozanat) deb nomlash maqsadga muvofiqdir
Foydalanilgan adabiyotlar
- Usmonkulov.A.Q, K.Odilov, Yaxshiboyev.SH.
- Mirsaidov.M.M, Boymurodova.L.I Nazariy Mexanika o’quv qo’llanma 2008
Do'stlaringiz bilan baham: |