Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/79
Sana14.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#119137
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
falsafa

Zardo‘sht  ta’limotida  “Axriman”  va  “Axuramazda”  yaxshilik  va  yomonlikning  abadiy 

kurashi va bunda yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik 

va  yomonlik  kishilarning  botinida-ichki  dunyosida  yashaydi.  Inson  Axriman  yoki  Axuramazda 

tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha  yaxshilik qilishga,  lekin  yovuz 

Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom etadi. 

“Avesto”da  esa  insonning  haq-huquqlari,  burch  va  mas’uliyati  haqida  fikr  bildirilgan. 

Jumladan,  agar  odam  olgan  qarzini  o‘z  vaqtida  qaytarib  bermasa,  u  tunda  birovning  uyiga 

o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi 

taqiqlangan,  avlodlarning  sog‘lom,  benuqson  tug‘ilishiga  e’tibor  qaratilgan.  Bordi-yu  erkak 

zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish 

yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.  

Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e’tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad 

etgan,  ayrimlar  esa  unga  tayangan.  Xalq  va  podsho  muammosi  ham  Sharq  falsafasining  muhim 

muammolaridan biri hisoblanadiJumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila 

va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy 

munosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan  qoidalarda  er  xotinning  bir-biriga  xiyonati  yoki 

nikohsiz  er-xotinlik  munosabatlarida  bo‘lgan  kishilar  tan  jazosini  olgan.  “Venidat”  (Devlarga 

qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish 

haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda 

ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni 

taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu 

qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan

Konfutsiy  fikricha,  olamni  osmon  boshqaradi.  Osmon  irodasi  -  taqdirdir.  Biz  yashab  

turgan  olam,    undagi    tartib    osmon    hukmdori    tomonidan    yuborilgan.    Jamiyat    hayotidagi  

tartibga    qattiq    amal  qilish  talab  etiladi.  Tartib,  Konfutsiy  nuqtai    nazariga  ko‘ra,  ilohiy 

mazmunga ega va uning mohiyatini «Li»  tushunchasi  belgilaydi,  u,  ya’ni  tartib  dunyoning  

mohiyatini  aks  ettiradi.  Binobarin,  jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi 

lozim. 


Konfutsiyning    qarashlari    keyinchalik    jahon    falsafasida    axloqiy    tamoyillar    rivojida,  

adolat, birodarlik,  erkinlik  g‘oyalari  takomilida  muhim  o‘rin  tutgan.  Bu  ta’limot  Xitoyda  

ikki  ming  yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb 

etgan.  


Qadimgi    Xitoyning    ko‘zga    ko‘ringan    faylasuflaridan    biri    Lao-Szidir    (VI-V    asrlar).  

Uning  ta’limotiga  ko‘ra,  olam,  jamiyat  va  inson  hayoti  Dao  qonuniga  bo‘ysunmog‘i  lozim. 

Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi 

rang-baranglik  kurashi  va    uyg‘unligi    abadiyligining    e’tirof    etilishidr.    Bu  qonunga    ko‘ra,  

olamning  asosini  tashkil  etuvchi «Si»,  ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, er va  yog‘och yoki 

metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. 




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish