275
joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum hisoblanadi.
Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
yetib borishini
samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy vazifasidir.
Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mavjud mijozlar bilan ishlash;
yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish;
tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini ko‘rib
chiqish va samaralisini qabul qilish;
buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar berish;
muntazam ravishda nazorat qilib borish;
tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish, umumiy
xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash;
xarajatlarni nazorat qilish;
tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshi- lash.
Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga ham,
ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan joyga yetib
kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi.
Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga
yuklab berish- da
firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi mumkin:
temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq
masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi;
suv transporti – katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv orqali
past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy v.b.).
Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo ta’siriga
bog‘liqdir;
avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash
nuqtayi nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni jo‘natuvchini
qayta yuklash
zaruratidan xolos qilib, “eshikdan eshigigacha” yetkazib
berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari qimmatbaho tovarlarni uncha uzoq
bo‘lmagan masofaga tashish uchun qulay bo‘lgan tashish turi;
quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun
qulay;
havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi turi,
ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.)
va narxi
qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni (asboblar,
zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi.
Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa
yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma
tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini
ochish va hokazolar shular
jumlasiga kiradi.
a)
hakllanuvchi kanallar;
b)
tarqatish kanallari;
c)
integrallashgan kanallar
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
276
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga
oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim
shaxslar majmuyidan iborat.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari muta- nosiblik
bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish
uchun yuklarni
tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa tovarlarni yo‘lda
ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchi- larning noroziligini keltirib
chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul
qilishga tizimli yondashuv zarur.