Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Narx yetakchiligi strategiyasi. 
Firmalar tovar yoki xizmatga bozor 
narxini belgilovchi va raqobatchilari ergashishga majbur bo‘ladigan narxlar 
o‘zgarishida tashabbus ko‘rsatuvchi narx yetakchisi sifatida chiqadi. Narx 
yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z narxlarining 
barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va barometrik narx 
liderlari – bozor sharoiti o‘zgarishlariga yetakchi narxining o‘zgarishli 
moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar hisoblanadi. 
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. 
Ushbu strategiyani qo‘llay 
borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab o‘zgarganda 
ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la olmaydi. 

raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga oladi va unga 
moslashib oladi. 
Narxlar urushi. 
Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda 
tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab kamayib, 
buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda paydo bo‘ladi. 
Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan foydani kamaytiradi. 
1.
Baho nima? 
Nazorat uchun savollar 
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud? 
3.
Erkin narx deganda nimani tushunasiz? 
4.
Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 
5.
Narx strategiyalarini tushuntiring. 


254 
XI
 
bob. SOTISH SIYOSATI 
 
11.1.
 
Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning 
tuzilishi 
 
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish 
yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing 
kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib berish, sotish) alohida 
o‘rinni egallaydi. 
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid 
qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini 
tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir. 
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan 
hamma 
tadbirlar 
kompleksini: 
mahsulotni 
ishlab 
chiqaruvchidan 
iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash, uning 
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va chakana 
savdo bo‘g‘inlariga yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarning 
xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan keyingi (servis) iste’molchilarga 
xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo (o‘tkazish) va sotish 
tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) 
o‘zida jarayonlarning butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni 
yakunlaydi. 
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan 
tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz. 
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalar- dan 
biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi. 
Savdo 
kanali 
orqali 
ishlab 
chiqarish 
tashkilotlaridan 
tovar 
iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol qilish yoki foydalanish 
imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li. 
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib 
borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida 
olinganda quyidagilar bilan asoslanadi: 

mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish; 

xarajatlarni 
qisqartirish 
hisobiga 
ishlab 
chiqarishni 
rivoj-lantirish; 

tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish; 

sotuv 
hajmlarining 
oshishi, 
maqsadli 
bozorlarga 
tovarniyetkazish. 
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha 
tavsiflash mumkin. 
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi 


255 
Ishlab 
chiqaruvchi 
Chakana savdo 
Ishlab 
chiqaruvchi 
Iste’molchi 
Ishlab 
chiqaruvchi 
Ulgurji 
savdo 
Chakana 
savdo 
Iste’molchi 
xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har 
qanday vositachi. 
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi. 
Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi 
bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga 
bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi. 
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita 
iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish