Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Tovar nomenklatura nomi 
– bu bir xil iste’mol ehtiyojini qondi- 
ruvchi tovarlar assotimentining umumlashgan nomi. Masalan, “Yuvish 
vositalari”. “Non va non mahsulotlari” va hokazo. 
Assortiment
(ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) 


198 
sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va 
markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste’mol 
ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non 
va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga 
kirgan non turlari assortiment, deb ataladi. 
Assortiment kengaytirilishi 
— 
assortiment kengligi (tovar guruhlari 
miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlarimiqdori) 
bo‘yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi mahsulotni uning sifat 
xususiyatlari bo‘yicha tarkibi, marka, navi, profili kabi tomonlari bilan 
berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi 
variantlarning qo‘shilishi. Bunga o‘xshash kengaytirishni marketologlar 
savdo markasi nufuzi barbod bo‘lishi tavakkali bilan bog‘laydilar. 
Assortiment kengligi 
— 
bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari 
(tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori. 
Assortiment siyosati — ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenk- 
laturasi va uni maqbullashtirish yo‘li muammosini hal etishni nazarda 
tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab chiqarish 
bo‘linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni aniqlash 
hisoblanadi: 
-
yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab 
etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an’ana- viy 
mahsulot, eskirgan mahsulot o‘rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash; 
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan 
sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash; 
-
ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va o‘zgargan 
turlarini aniqlash; 
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi bo‘yicha 
hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiq- bollarini 
aniqlash; 
-
mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar 
texnologik umumiyligi darajasini aniqlash. 
Assortiment siyosatini shakllantirish quyidagilarni hisobga olgan holda 
amalga oshiriladi: zarur resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish- ning 
texnik va texnologik darajasi, eng maqbul muddatlarda yangi ishlab 
chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari, ishlab chiqarish patentlari va sirlari, 
ularning patent himoyasining mavjudligi, ishlab chiqarishning kutilayotgan 
rentabelligi va investitsiyalarni qoplash muddatlari, butun ishlab chiqarish 
jarayoni barcha bo‘g‘inlarida boshqaruv kadrlari va malakali xodimlarning 
mavjudligi, vositachi yetkazib beruvchilar bilan barqaror aloqaning 
mavjudligi, talabning mavsumiyligi, narxlar konyunkturasi va o‘sib borishi 
bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasi. Assortiment siyosati o‘z firmasida 
texnologik bilim va tajribadan foydalanishni eng maqbul holga keltirishga, 
ishlab chiqarilayotgan to- varlar rentabelligi va yangilarini joriy etishga 
ketadigan 
xarajatlar 
nuqtayi 
nazaridan 
moliyaviy 
resurslarni 
maqbullashtirishga qaratilgan. 
Assortiment siyosatini shakllantirish asosida tovarning hayotiylik davri 
mohiyati yotadi. Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida savdoning 


199 
turli shakl va usullaridan foydalaniladi, sotishni rag‘bat- lantirishning turli 
vositalari qo‘llaniladi, xususan, ular iste’molchilik maqsadidagi turli tovarlar, 
shuningdek, ishlab chiqarish maqsadidagimahsulotlarni sotish paytida o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Assortiment siyosatini ishlab chiqish mahsulotni hayotiylik davri va 
yangi mahsulotni joriy etish to‘g‘risidagi qarorni o‘z vaqtida qabul qilish 
nuqtayi nazaridan, an’anaviy turdagi mahsulotlarni zamonaviylashtirish, 
tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash va ayni paytda uzluksiz texnik 
xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida ishlatishda bo‘lgan mahsulot uchun 
ehtiyot qismlar chiqarishni davom ettirish nuqtayi nazaridan o‘rganishga 
doimiy e’tiborni talab etadi. 
Amalda ham firma (kompaniya, korxona) assortiment siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. 
Buyumlar nomenklaturasi ishlab chiqilishi bilanoq foydani ro‘yobga 
chiqarishi uchun mas’uliyat joriy kundalik xo‘jalik faoliyati bo‘linmasi 
zimmasiga yuklatiladi. Bir paytning o‘zida yangi tovarlarni chiqarish 
an’anaviy tovarlar turi va texnologiyalarni o‘zgartirish va takomillash- tirish 
amalda faqat yirik sanoat kompaniyalari uchungina xos bo‘ladi. Uncha katta 
bo‘lmagan firmalar odatdagi faoliyat turlariga ixtisoslasha- dilar: 

novator firmalar (venchur firmalar) yangi mahsulotni ishlab 
chiqadilar; injenering firmalar ma’lum bo‘lgan buyumlarni o‘ziga xos turli 
xillarda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar; 

mashinasozlik sohasidagi tor ixtisoslashgan firmalar ommaviy 
ishlab chiqarishdagi murakkab bo‘lmagan buyumlar yoki qismlarni vositachi 
yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadilar. 
Demak, assortiment - bu har bir turdagi mahsulotning xillari, 
markasidir. Ustki kiyimlar qanday materialdan to‘qilishiga, fasoni, 
o‘lchamiga qarab ajratiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning xili 110 ta 
bo‘lsa, assortimenti bundan ham ko‘p. Kir yuvish mashinalari- ning 250 xili, 
kir yuvish kukunining 150 xili bor. 90 xildagi velosiped- lar, 85 xildagi 
magnitofonlar, radiopriyomniklarning 50 xildan ko‘pi, televizorlarning 45 
xili, sotuvgichlar va elektr priborlarning 35 xili ma’lum. Natural birlikda 
mahsulot ishlab chiqarish dasturida mahsulot- ning sifat darajasi ham 
ko‘rsatiladi. 
Brend 
(ingl. Brend

— soddalashtirilgan va tor ma’noda talqin qilganda 
ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi 
ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual 
xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. 
«Brending» – bu mahsulotni iste’molchilarga osonlik bilan 
«toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning aralashmasidan 
foydalanish. Har gal iste’molchi supermarketga borganda yangi mah- sulot 
sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, o‘zi, 
biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ‘ibot qilish ham ishlab 
chiqaruvchiga, ham iste’molchiga foydali. Yaxshi brend marketing xarajatlari 
va sotish vaqtini kamaytiradi. 
«Trademark» - ma’lum bir so‘z yoki iboraning faqat bir kompaniya 


200 
tomonidan o‘z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‘yxatdan o‘tganligi. 
«Service mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun qo‘llaniladi. 
Mahsulot sifati bo‘yicha barcha texnik — iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
dunyo amaliyotidagi eng oliy darajadagi erishilgan yutuqlar talabigajavob 
berishi kerak. Demak, rejada mahsulotlarning standart talablari va 
sertifikatlash shartlariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish hajmini 
mo‘ljallash zarur. Natural ko‘rsatkichlarning ahamiyati yuqori bo‘lishiga 
qaramasdan ular 
korxonada 
mahsulotning umumiy hajmi, 
ishlabchiqarish sur’ati, tarkibini, mehnat to‘lovlari fondi hajmini 
aniqlashimkoniyatini bermaydi. Buning uchun qiymat ko‘rsatkichlar 
ishlatiladi.Ular yalpi tovar aylanmasidagi mahsulot miqdori, yalpi mahsulot, 
tovarmahsuloti, realizatsiya mahsuloti, sof mahsulot shartli normadagi sof 
mahsulot, 
mehnat 
sarfi (soat-daqiqalar) 
miqdori bo‘yicha 
mahsulot hajmi, xom ashyoga ishlov berish bo‘yicha mahsulot hajmi va 
boshqalar. Agarbozor ishtirokchisi, ya’ni 
korxona marketing 
iste’molni yuzaga chiqarish, zarur xildagi tovarlarni yaratish, bahosini 
aniqlash,ularni
taqsimlash 
va iqtisodiy rag‘batlantirish tizim 
ustida yaxshiishlagan 
bo‘lsa, bunday 
tovarlar 
sotilmay 
qolmaydi. 
Har birimizbilamizki, iste’molchilar tez sotiladigan 
tovarlarni navbatda turib hamolishga tayyor bo‘ladilar. Shuni ham aytish 
kerakki, ko‘pchilikmarketingni ta’minot va rag‘batlantirish ishlari bilan 
bir xil, debhisoblaydilar. 
Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan talab va ehtiyojlarni qondirish-ga 
qaratilgan kishilik faoliyatining turi. Masalan, ayollar lab bo‘yog‘ini 
«Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, do‘konda esa ishonch sotiladi», deb 
ta’kidlaydi firma rahbari Charlz Revson. Shuning uchun ayol kishi shunchaki 
lab uchun bo‘yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki do‘kondan diametri 
chorakta bo‘lgan parmalash buyumini xarid qilmay, shu diametrdagi oraliq 
(teshikni) xarid qilinadi, deb hisoblaydi bilimdon sotuvchilar. Shunga o‘xshash 
“faqat bifshteks sotilmaydi, uni iste’mol qilganda keladigan ishtaha bilan birga 
huzur-rohat sotilishi kerak”. Mijozga shu kerak. Shuning uchun bozor 
ishtirokchilari, sotuvchilari harqanday tovar ortida yashiringan talablarni 
yuzaga chiqarib, uning xususiyatlarini, undan keladigan bahramandlikni, 
foydani sotishlari lozim. 
Bozor iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarish foydali boshqasini 
ishlab chiqarish esa zararli ekanligini belgilovchi iste’molchi talabi, uning 
xohishi erkinligini cheklaydi. 
Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchi talabi bilan 
moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo resurs- 
larini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan mahsulot 
qanday bo‘lsa uning uchun shunday resurs kerak bo‘ladi. Yetkazib 
beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal foyda olishlari 
uchun bozor tizimi talablariga bo‘ysunib iste’mol talablaridan kelib chiqib 
resurslarni tanlashi lozim. Chunki faqat foyda ko‘radigan firmalargina shu 
xildagi resurslarga o‘z talablarini qo‘yadilar, ularni xarid qiladilar. Demak, 


201 
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
Tayyorlash texnologiyasi 
Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi 
Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi 
Tashishga va saqlashga yaroqliligi 
Ekologik xususiyatlari 
Ergonomik xususiyatlari 
Estetik xususiyatlari 
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish