Kompaniyalar o‘rtasidagi marketing
— tijorat kompaniyalari va
ulgurji yoki chakana distribyutsiya kanallaridan foydalanmaydigan
korporatsiyalar o‘rtasidagi mahsulotlar va xizmatlar marketingi.
Kommunikatsiya
— 1) aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot
vositasi, tutashma, muloqot, ulanma. 2) axborot uzatish usullari va vositalari.
Konvergensiya
— 1) marketingda: talab xarakteriga muvofiq ravish- da
bozorning turli segmentlari yaqinlashuvi. 2) birjada real va fyuchers
kontraktlarga narxlarning yaqinlashuvi, fyucherslar tugashi muddati
yaqinlashishiga qarab sodir bo‘ladi.
Konversion marketing
— konversion marketingning xarakterli belgisi
zarur shart-sharoit yaratib, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni
yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion marketingning maqsadi
ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi fuqaro va korxonalar salbiy
munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni potensial iste’molchilar
doirasiga jalb qilishdan iborat. Buning uchun esa maqsadga muvofiq
yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan servis xizmati va
yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir.
Kooperativ marketing
— bir sxema bo‘lib, unga ko‘ra turli
kompaniyalar — muayyan biznes ishtirokchilari sxemaning barcha
ishtirokchilari uchun ma’lum bir bozorda faollikni oshirish uchun hamkorlik
qiladilar, har bir ishtirokchi kompaniya mahsulotning o‘zini reklama qilish
uchun reklamaga va jamoatchilik bilan aloqalarga pul sarflaydi.
Kommunikatsiya
—kompaniya va xaridorlarning o‘zaro aloqasi.
Ko‘rgazma
— mahsulotlar, xizmatlar yoki san’at asarlari namoyish
etish uchun joylashtirilgan, tijorat bitimlari tuzish, tekshirish yoki ko‘ngil
ochish uchun mo‘ljallangan joy.
Ko‘rgazma-yarmarka
— professional, savdo va texnikaviy xaridorlar
uchun mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida tashkil qilingan
ko‘rgazma.
Litsenziyalash
(ingl. liecensing)
— davlat organlari tomonidan sotuvchi-larga
savdo va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat- noma
(maxsus ruxsatnoma) berilishi.
Loyallik
(ingl. loyalty)
— iste’molchining markaga, brendga
munosabati xarakteristikasi, aynan shu mahsulotni iste’mol qilishdan
qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi
ehtimoli.
Mikromarketing
— korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing
tamoyillariga asoslangan boshqarish tizimi. Makromarketing davlat
organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va stimullar tizimi (kredit,
soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan faoliyatini,
shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Makromarketing
— davlat va uning hududi miqyosida amalga
oshiriladigan marketing. Marketing faoliyati va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
357
aloqalar makromarketing predmeti bo‘lib, hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |