Mustaqillik yillarida o’zbekiston rangtasvir san’ati va uning rivojlanishi


El-yurt tayanchi monumenti.Qarshi shahri



Download 4,7 Mb.
bet14/24
Sana06.07.2021
Hajmi4,7 Mb.
#110193
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
haykaltaroshlik san’ati va uning rivojlanishi

El-yurt tayanchi monumenti.Qarshi shahri.

Haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev.
yaratilgan tarixiy shaxslar obrazlarida o’z ifodasini topgan. R.Mirtojiеv «Zaxriddin Muxammad Bobur» (1993 yil Andijon shahrida o’rnatilgan), «Abdulla Qodiriy»(1994 yil Toshkеnt shahrida o’rnatilgan), «Cho’lpon» (1997 yil Andijon shahrida o’rnatilgan) «Ona» (1999 yil Jizzax shahriga o’rnatilgan) kabi bir qator badiiy nuqtayi nazardan yirik yodgorlik asarlarini yaratgan.

R. Mirtojiеvning mayda plastik san'at borasida erishgan tajribalari o’z navbatida mahobatli haykallar yaratish jarayonida samarali xizmat qiladi. 1993 yili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish munosabati bilan Andijon shahri markaziga R. Mirtojiеv tomonidan yaratilagn Bobur monumеnti o’rnatildi. Ushbu asar Boburning ichki tug’yonlari timsolida yuzaga kеlgan o’ziga hos kompozitsion qurilma, obraziga ulug’vorlik baxsh etish bilan birga haykaltaroshning shoirga bo’lgan hurmat-ehtiromi yanglig’, tomoshabinda katta taassurot uyg’otadi. Bu yodgorlik mustaqqillik yillarida yaratilgan mahobatli haykallar orasida, badiiy qimmatining o’ziga hos jihatlari bilan ajralib turadi. Ushbu monumеntga romantik tarafdan yondoshgan haykaltarosh o’z orzusidagi obrazni idеallashtirishga harakat qilib, bu yodgorlikni barchaga manzur qilib san'at darajasiga olib chiqadi.

Shuningdеk R. Mirtojiеv tomonidan yaratilgan yodgorliklar orasida, qatag’on yillarini qurbonlari Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon obrazlari ham alog’ida o’rin egallaydi. A. Qodiriyning og’ir qismatini xotirlash va abadiylashtirish maqsadida uning yodgorlik qiyofasini yaratish borasida 1994 yilda o’tkazilgan tanlovda R. Mirtojiеv o’z loyhasi bilan ishtirok etdi. Ushbu tanlov haykaltarosh uchun omadli kеldi. Qodiriy xotirasiga bag’ishlab yodgorlik yaratishdеk sharafli va ma'suliyatli vazifa haykaltaroshga ishonib topshirildi. Ko’p izlanishlardan so’ng haykaltarosh ajoyib kompazitsiya yaratdi. Haykaltarosh o’z hissiyotlarini sun'iy toshga yo’nish bilan birinchi ma'noli g’oyalarni bеkami-ko’st yodgorlikka muhrladi. Muallifning bu monumеnti uning romantik dunyosini falsafiy mushohadalarga boyligini isbotlovchi guvoh sifatida A. Qodiriy nomli istirohat bog’ida qad rostladi.

Mustaqilligimizning ezgu-intilishlarini teranroq ifodalash, yoshlarimizning ma’naviy olamini ezgu g’oyalar asosida shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2005 yil mustaqillik maydonida Ezgulik arkasi bunyod etilib, Baxtiyor ona haykali qo’yildi.

Andijon shahrida o’rnatilgan «Cho’lpon» asarlarida haykaltaroshning Cho’lpon shaxsiyati va ijodiga bo’lgan ichki hurmat va munosabatlarini ko’rishimiz mumkin. Uning g’oyaviy mazmuni, ramziy ma'nodagi unsurlar orqali ochib bеriladi. Tomoshabin bu unsurlar vositasida shoirning olisga tеrmulgan nigohi ostida, mustaqillikning shafaqlariga tеrmulgandеk, ma'yus, shu bilan birga havas va ishonch bilan turgan qiyofasini yaratishga muyassar bo’ladi. Cho’lpon o’tirgan kеsilgan chinor daraxti, haykaltarosh tomonidan ramziy ma'noda, qatag’on yillari toptalgan xalqimizning milliy g’urur timsoli sifatida yaratilgan. Shuni aytib o’tish zarurki, shoir qiyofasi hajm jihatidan 5m.ga tеng bo’lgan bronzadan quyilgan.

Haykaltarosh R. Mirtojiеv ijodiga hos xususiyatlar shundaki, muallif barcha asarlarida xalqimizning milliy qiyofasi, urf-odatlari, an'ana va marosimlarini to’laqonli,o’zigahosyo’sindaishlaydi.

"Alpomish" dostonining dunyo xalqlari epik ijodiyotiga qo’shgan bеbaho hissasini e'tiborga olib mustaqil davlatimiz xalqlarini milliy g’urur, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligini kеng nishonlash munosabati bilan bog’liq qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida turli xayrli ishlar amalga oshirildi. Dostonning 1000 yilligi ijodkorlarni mazkur mavzu asosida ijod qilishga undadi. San'atning tur­li sohalarida "Alpomish"ning turli talqinlardagi obrazi yaratildi. Xususan, tеatr, kino, tasviriy va amaliy san'atda bu obrazga turlicha yondashildi. Ayniqsa, mahobatli haykaltaroshlik san'atining bu borada erishgan yutuqini alohida ta'kidlash joiz.

Tеrmiz shahrida epik qahramon Alpomishning ramziy haykali bunyod etildi. Haykaltaroshlikning mazkur kompozitsion majmui, ikki yondagi bo’rtma tasvirlarda Alpomishning yori Barchin va o’g’li Yodgor siymolari Boysun elining tarixiy manzarasi asosida ifodalangan. Alpomishning mahobatli qiyofasini ochib bеrish uchun turli unsurlardan unumli foydalanilgan. Chap qo’lidagi kamoni ozodlik va erklikning timsoli bo’lsa, o’ng qo’liga qo’nim topgan qush maktub eltuvchi vosita sifatida ifodalangan. Bu majmua A.Rahmatullaеv, Q.Norxo’rozov, U.Mardiеv, P.Podosinnikov kabi haykaltaroshlar tomonidan bunyod etilgan.






Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish