Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshilgan islohotlar


Davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar uchinchi renessans sari dadil qadam



Download 443,2 Kb.
bet7/8
Sana10.05.2022
Hajmi443,2 Kb.
#601855
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
davlat boshqaruv tizimi

Davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar uchinchi renessans sari dadil qadam

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar o‘z mevalarini bera boshlab, O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.
Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samadorligini oshirishga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion taraqqiyotimizning dasturilamali bo‘lgan Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangani bejiz emas. Yangi O‘zbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak g‘oyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil etsak, quyidagi muhim jihatlarni ko‘rish mumkin.
1. Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan ishlar samarasi o‘laroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni yechish, sohani to‘laqonli tartibga solish amalga oshirilmoqda. (1-rasm)
Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylandi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi. Fuqarolarga Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati yaratildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qo‘shimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.
1-rasm

2. Jahon andozasi bo‘lgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda o‘z aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi.


Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi; Hukumat aʼzosining o‘z harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning qo‘mitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi; viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi.
Qonunchilik palatasida davlat boshqaruvi organlari mutasaddilarining axborotini eshitish bo‘yicha “Hukumat soati”ni o‘tkazib borish anʼana tusini oldi. Quyi palatada davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot tahliliy, ekspertlik xizmati ko‘rsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi. Parlament va ijro hokimiyatining hamkorligi kuchaytirildi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi taʼsis etildi va uning huquqiy maqomi belgilandi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining joylardagi dolzarb muammolarni hal etishdagi roli oshirildi. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil ko‘rinishda yo‘lga qo‘yildi.
3. Normarkazlashtirish siyosati namunasi o‘laroq, “hududlardagi muammoni, eng avvalo, o‘sha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi qayta ko‘rib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yaʼni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektorga bo‘lindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. O‘z navbatida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib biriktirildi.
4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimiga innovatsion yondashuv joriy etilib, fuqarolarga nisbatan byurokratik sansolorlik, sarsongarchilik holatlarini tubdan isloh qilishda katta qadamlar tashlandi. Avvallari fuqarolar turli norasmiy to‘lovlar, korrupsiya holatlaridan aziyat chekkan bo‘lsa, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilining kamaytirilishi hisobiga bunday muammolarga chek qo‘yilmoqda. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish masʼuliyati yuklangan alohida davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. “Yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik subyektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatishda amal qiladigan bo‘ldi. Xususan, respublika bo‘yicha tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018 yilning boshida jami 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ularning soni 130 ga yetdi (qariyb 3 baravar). 2020 yildan boshlab Markazlar orqali 143 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Markazlar orqali 2017 yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat turlari ortganligi hisobiga, ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 2019 yilda 11,3 mln.ga yetdi (2018 yilga nisbatan 2,3 baravar ko‘p).
Xulosa
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga bog`lab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o`rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab topish zaruriyati tug`ildi. Eng mushkul paytlarda davlat boshqaruv tizimiga o`zgartirish kiritish, aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga jahon hamjamiyatiga yo`l qidirish, tajribamizda ko`rilmagan, mashaqqatli vazifalarni uddalashga kirishildi. Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olamu odam taqdiriga dahldor bo`lgan dunyoviy muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo`lgan barcha hodisalarni o`zida mujassam etdi.
Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o`zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi ijrosi doirasida 12 ta yangi davlat organlari tashkil etildi, 20 ta vazirlik va idoralarning faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Keyingi uch yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi. Kelgusi besh yilga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi, yalpi ichki mahsulotni qariyb ikki barobarga oshirish – 58 milliard dollardan 100 milliard dollargacha va aholining hayot darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davlat boshqaruvisiz amalga oshirish mumkin emas.

Download 443,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish