12
O‘zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi.
Misr, Iordaniya, Falastin,
Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan,
Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk
ustalari o‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar.Olimjon Toshkenboyev
rahbarligidagi «O‘zbekiston dorbozlari» guruhi 1996-yildan
boshlab Yevropa
mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15 yoshli
Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk
artistlarining xalqaro festivalida qatnashib «Plastik etyud» (besuyak o‘yini) janrida
festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Toshkent sirkida
iste’dodli yoshlarga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O‘zbek sirkchilari
1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999-yilda Saratov shahrida
bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib
o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo‘lib o‘tgan
Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni
egalladilar. Sirkchilarimizning sa’yharakatlari natijasida O‘zbek sirkiga xos turli nomer va
attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi.
Milliy musiqa va qo‘shiqchilik.
Mustaqillik
yillarida milliy musiqa va
qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil
etilgan «Xalq ijodi va madaniyma’rifiy ishlar respublika markazi», uning viloyatlardagi
bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini
rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar,
festivallar tashkil etmoqdalar. 1992-yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va
«Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va
masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘riktanlovlari
o‘tkazildi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan «Sharq musiqasi» festivalida
Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik
san’atini jahonga namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy
konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O‘zbeknavo» gastrolkonsert
birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni
izlab topish va
ko‘riktanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining
1996-yil 27avgustdagi «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar bayrami
to‘g‘risida»gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
1996-yilda o‘tkazilgan
barcha viloyat, shahar va tumanlarida «O‘zbekiston –
Vatanim manim» qo‘shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Bunday
ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi
yakshanba kuni «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi.
Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi.
«O‘zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O‘zbekiston», «Vatan
yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O‘zbekiston askarlari» qo‘shiqlari
shular jumlasidandir. 1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining
«Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori musiqa
san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish,
rivojlantirishda dasturamal
13
bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib
o‘tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq
mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda
yangragan o‘zbek ohanglari, kuyqo‘shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda
Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldi.
O‘zbekistonda musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31avgust va
21mart kunlari o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram
tantanalari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashayotgan
130 ga yaqin turli millat va elat urfodatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 120 ta milliy madaniyat
markazlari faoliyat
yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z millatdoshlarining tili, madaniyati,
urfodatlari, rasmrusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi
masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy
musiqa, raqs, hunar va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar tashkil etilgan.1992-
yilda turli milliy madaniy markazlarga ko‘maklashuvchi
Respublika Baynalmilal
markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va
elatlarni jipslashtirish asosiy o‘rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar,
yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan
yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z faoliyati
bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: