1
Mustaqillik va madaniy taraqqiyot
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning
tiklanishi.
2. Mustaqillik yillarida ta’lim, adabiyot, me’morchilik, amaliy san’at va kino
ravnaqi.
3.
Mustaqillik yillarida teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va
sport taraqqiyotidagi o‘zgarishlar.
Tayanch tushunchalar;
Ma’naviy meros. Milliy qadriyatlar. Diniy
qadriyatlar. Ta’lim. Badiiy adabiyot. Me’morchilik. Amaliy san’at. Kino. Teatr.
Sirk. Musiqa. Qo‘shiqchilik san’ati. Muzey. Sport.
Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning
tiklanishi va rivojlanishi
Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir.
Shu narsa haqiqatki, bironbir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay,
odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay,
xalqning milliy ruhini uyg‘otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila
olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning
ichki olamini boyitadigan, iymonirodasi, e’tiqodini
mustahkamlaydigan, vijdonini
uyg‘otadigan qudratli kuchdir.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga
duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy
ma’naviy merosi, urfodatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor
mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz
oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy
merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab
masjidmadrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq
mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish,
jamiyat
ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Jamiyat
ma’naviyatini
tiklash
va
yuksaltirishni
ta’minlovchi
ma’naviyma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini
tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo‘sh, ma’naviy merosning o‘zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon
bo‘lmoqda?
Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, otabobolarimizdan
bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar,
axloqodob me’yorlari,
ilmfan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir.
Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u
jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va
o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi
avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan
2
yaratmaydi, balki mavjud ma’naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo‘lsa
shundayligicha, ko‘rko‘rona qabul qilavermaydi,
taraqqiyparvarlik, insonparvarlik,
adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan
o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan
buyuk
allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda
mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
1991yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1993yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1996yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;
1998yil – Ahmad alFarg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
2000yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi;
2000yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2001yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi.
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab noyob asarlari
turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o‘rnatildi, ziyoratgohlar, bog‘lar yaratildi.
1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng
nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher
Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley
yilida «Lison uttayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Hayratul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991yil
28sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi
o‘tkazildi. Ulug‘bek
madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar,
Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O‘sha
yil 24-oktabrda Parijda YUNESKO zalida «Ulug‘bek va Temuriylar davri» mavzusida
Xalqaro konferensiya hamda «Ulug‘bek va an’anaviy san’at» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik
ekanligini yana bir bor isbot etdi.
1998yil 23oktabrda Farg‘onada buyuk alloma Ahmad alFarg‘oniyning 1200
yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi.
Farg‘ona shahrida alFarg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.
Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy
xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas
dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Bironbir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha
yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini
tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz
3
tarixini xolisona,
haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini
o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996-yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida
«O‘zbekistonning yangi tarixi markazi» tashkil etildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini
xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari ,birinchi Prezident I.A. Karimovning bir guruh
tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida,
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari