Mustaqillik tushunchasi:
Istiqlol - o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e’zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat.
Mustaqillik - jamiyatdan ajralamgan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir.
Istiqlol – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, o’z taqdirini o’zi belgilashga, o’z hayotini o’zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar bo’ronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe’l-atvori jihatidan qaraganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma’noda davlat mustaqilligiga ham qiyoshlash mumkin.
Maʼnaviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Аmmo maʼnaviyat
falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini
aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam
sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni maʼnaviy barkamol
ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz oʼta isteʼdodli boʼlishingiz, Vatan
haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Аlbatta, isteʼdod
ham maʼnaviyat nishonasi, ammo taʼrifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi taʼmin
etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik maʼnaviyatining bosh
mezoni, asos-poydevori masʼuliyat tuygʼusidir.
Necha ming yillik tarix davomida ne-ne xoqonlaru xonlar, amirlaru shohlar oʼtdi. Ularning birlari millat dovrugʼini dunyoga tarqatgan boʼlsalar,boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida yurtimizning yetakchi oʼgʼlonlari foje taqdirga roʼbaroʼ keldilar.
Sobiq “SSSR”ning xomashyo bazasi boʼlmish markaz manfaatlariga qatʼiy
boʼysunuvchi yagona tizim zanjiriga qoʼl-oyogʼi, har bir hujayrasi bilan
chambarchas bogʼlab tashlangan respublikaning asli nochor iqtisodiy-ishlab
chiqarish binosi, “SSSR” parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom
Karimov bozor iqtisodiga oʼtish yoʼlidagi islohotlarni shunday murakkab
sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Oradan 20
yil oʼtib, mana endi mustaqil Oʼzbekiston davlati iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarni
qoʼlga kiritganligini butun jahon jamoatchiligi eʼtirof etmoqda.
Bugungi kunda Oʼzbekiston jahon miqyosida oʼziga xos barqaror siyosiy
mavqe kasb etib turipti. Jahonning eng ilgʼor davlatchilik anʼanalarini oʼzbekning
milliy tabiati bilan, oʼz qadim udumlari bilan uygʼunlashtira olgan
Konstitutsiyamiz – mustaqil mamlakatning Аsosiy qonuni - har bir sohada batafsil
ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qoʼllanib, mustahkamlanib
bormoqda. Bozor iqtisodiga oʼtish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini
uygʼunlashtirish, ilgʼor texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish
borasida oʼtgan yillar ichida ulugʼ ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy
uygʼunlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi
bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar oʼz mustaqil
yoʼnalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini,
demokratik tamoyillarni oʼzlashtirib bormoqdalar. “Vatan manfaati, mustaqillik
manfaatini hamma narsadan ustun qoʼyadigan, qalbida oʼti va erk tuygʼusi bor,
gʼayratli, kuyunchak” , ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga
javob bera oladigan yosh va talantli avlod borgan sari siyosat maydoniga keng
faoliyat koʼrsatmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat oʼzligini
anglab bormoqda.
Аmmo, baribir, xotirjamlikka oʼrin yoʼq. Chunki muammolar hanuz yetarli. Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy tarbiyasi borasida qiyinchiliklar koʼngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Аyniqsa, yurtning yetakchilari boʼlishi lozim boʼlgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan
koʼnikmalarni yengib oʼtish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti.
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal
oʼzgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub oʼzgarishlar yuz berishi zarur.
Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining
turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga oʼtmoqdamiz. Siyosatda yakka
Do'stlaringiz bilan baham: |