keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi.
Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‘z ko‘ngliga qarshi bormaydigan kishilar tomonidan yaratilayotir. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish barham topdi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, ko‘nglini tasvirlashga e’tibor qaratdi. Bu adabiyot uchun insonning o‘zi asosiy qadriyatga aylana boshladi. To‘rtinchidan, mustaqillik davri adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, ishlab chiqarish munosabatlarini, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy tiplarni tasvirlashga ko‘proq e’tibor qaratildi. Shu yo‘sin, bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi.
She’riyat
•AbdullaOripov,RaufParfi,ShavkatRahmon,
AzimSuyun,UsmonAzim,IkromOtamurod,
AbduvaliQutbiddin,FaridaAfro‘z,AzizSaid,
MuhammadYusuf,Faxriyor,Bahrom
Ro‘zimuhammad,RaufSubhon,IqbolMirzo,
ZeboMirza,TursunAli,Ulug‘bekHamdam,
XosiyatRustamova singari shoirlarning
she’rlaridaolamnipoetikidroketishyangi
bosqichgako‘tarilganinamoyonbo‘ladi.
milliy adabiyotimizning yetakchi turidir. A. Oripov, Rauf Parfi, H. Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‘zimuhammad, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Halima Ahmad, Rustam Musurmon singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilgani namoyon bo‘ladi.
Bu davr she’riyatida o‘tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‘rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Istiqlol she’riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali o‘rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda she’rxonlik ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmay qoldi. She’r bilan tillashadigan o‘quvchining tafakkuri ham, qulog‘i ham, ko‘zi ham, hatto tuyg‘ulari ham bir qadar zo‘riqishi, she’r o‘qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo‘lib qoldi. Rauf Parfining:
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim,
Chopilgan oyog‘im bilan chopdim men.
Kesilgan qo‘limni sizga uzatdim,
Bu dunyo gullarga to‘ldi. Qotdim men
singari badiiy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual tayyorgarlik zarur bo‘ladi. O‘ziga xos shoirlardan bin Faxriyorning bir she’ri mavjud imlo qoidalariga mutlaqo rioya etilmay bitilgan:
qobirg‘alar qabarar suyaklarim qadoqdir
qaboqlarim o‘q tugab bo‘shab qolgan sadoqdir
kuyib kuyib kul bo‘lgan nafratlarim adoqdir
chuchmomalar ko‘k kiygan
namozshomgul gul gulim
hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum
•R.Parfining«Adashganruh»,«Qoradevor»,
«Munojot»,«Sensiz»,Sh.Rahmonning
«Turkiylar», «Iqror»,A.Suyunning
«Istig‘for»,«Oqvaqora»,A.Qutbiddinning
«Izohsizlug‘at»,A.Saidning«Tush»,«Yo‘l»,
Faxriyorning «Ayolg‘u», «Bo‘g‘zimdan
sirqirartovush-qon...»,«Oyloqkecha...»
she’riyasarlarimustaqillikdavrio‘zbek
nazminingyetuknamunalaridanhisoblanadi.
Gap bu yerda imlo qoidalarining inkor etilganidagina emas. Shoir ifodalayotgan dardning ko‘lami naqadar yirikligini, uning biz bilgan insoniy o‘lchamlarga to‘g‘ri kelmasligini she’r mazmunidan anglatish bilan kifoyalanmay, uning shakli vositasida o‘quvchiga ko‘rsatib ham qo‘yadi. «hey tulugim, hey tulum «so‘zlari hazrati Navoiy tomonidan ham ishlatilgan. Lekin uning she’ridagi ruh bo‘lakcha edi. Faxriyor esa qo‘li yoki oyog‘i emas, qobirg‘alari qabarib, suyaklari qadoq bo‘lgan, o‘ksiz hayotiga yig‘layverib ko‘z yoshlari qurib ketgan, qismatidan kuyaverib nafratlari ham adoq bo‘lgan baxtsiz shaxsning kayfiyatini ifodalashda bu so‘zlardan foydalanadi va ko‘rganingizday yaxshi badiiy natijaga erishadi.
Nasr
•HozirgiadabiyjarayondaShukurXolmirzaev,
O‘tkirHoshimov,OmonMuxtor,MuhammadAli,
TohirMalik,Tog‘ayMurod,MurodMuhammad
Do‘st,AsadDilmurod,XayriddinSultonov,
NormurodNorqobilov,XurshidDo‘stmuhammad,
Nazar Eshonqul, A. Yo‘ldoshev,
Ulug‘bekAbdulvahob,LuqmonBo‘rixon,Zulfiya
Qurolboyqizisingariijodkorlaro‘zigaxos
yo‘sindaqalamtebratib,milliynasrtaraqqiyotini
ta'minladilar.
istiqlol adabiyotining salmoqli va og‘ir karvon turidir. Agar mustaqillik davri she’riyatida yoshlar faol, yangi avlod shoirlari ko‘zga yaqqolroq tashlangan bo‘lsa, nasrda ijodiy davomlilik ustuvorligi namoyon bo‘ldi. Taniqli nosirlarimiz ham ijodiy tajribalar o‘tkazish, yangi usullarni qo‘llashdan cho‘chiyotganlari yo‘q. Keyingi o‘n yillikda O. Yoqubov, Sh. Xolmirzayev, Muhammad Ali, O‘. Hoshimov, O. Muxtor, T. Malik, Tog‘ay Murod, A. Dilmurod, N. Norqobilov, X. Do‘stmuhammad, N. Eshonqulov, T. Rustamov, A. Yo‘ldoshev, U. Hamdam, S. Vafo, A. Nurmurodov, Abbos Said singari turli avlodga mansub ijodkorlar o‘ziga xos yo‘sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotini ta’minlayotirlar.
jodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‘sinlarini qo‘llash, badiiy ifodaning kutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish o‘zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlardir. O. Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu”, «Ayollar saltanati va mamlakati», «Maydon» romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‘or tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‘lmaydi», «Tobut shahar», «Quyun» hikoyalari, X. Do‘stmuhammadning «Bozor» romani, «Oromkursi» qissasi, «Jajman», «Qorachiqdagi uy» hikoyalari tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko‘ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo‘ldi.
N. Eshonqul-milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‘zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko‘p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining o‘zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‘q edi hisob. Nazar Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbekka xos jihatlarni ifodalash imkoniyati jihatidan tengsizdir:
•OmonMuxtorning"Mingbirqiyofa","Ko‘zgu
oldidagiodam","Tepalikdagixaroba","Ffu",
"Ayollarsaltanativamamlakati","Maydon"
romanlari,NazarEshonqulningjahonprozasining
engilg‘ortajribalariasosidasofmilliyobrazlar
yarataolgan"Qorakitob"qissasi,"Shamolnitutib
bo‘lmaydi","Tobutshahar","Quyun"hikoyalari,
XurshidDo‘stmuhammadning“Bozor”,Luqmon
Bo‘rixonning"Jaziramadagiodamlar",Salomat
Vafoning“Tilsimsaltanati”,A.Nurmurodovning
“Qonhidi”romanlari…
Dramaturgiya
•UsmonAzimning«Birqadamyo‘l», Erkin
Samandarning«Arabmuhammad
Bahodirxon», IlhomHasanning«Birkam
dunyo», Abdulla A’zamning«Dugohi
Husayniy», «JekLondon hikoyasidan
so‘ng», O. Yoqubovning«Birkoshona
sirlari» kabiasarlarihozirgio‘zbek
dramaturgiyasidaerishilganyutuqlardan
bo‘ldi.
XULOSA O`RNIDA
•Mustaqillikdavriadabiyotisog‘lomtamoyillar
asosidarivojlanmoq-da.Hoziryaratilayotgan
turli janrlardagiasarlardazamondoshlar
ruhiyatini tasvirlashningeng ta’sirchan
usuliarinikashfetishga jiddiye’tibor
berilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |