Tarixiy xotiraning tiklanishi.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan
keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga
munosib kishilarni tarbiyalash edi. O„zbekiston suveren davlat sifatida
ijtimoiy-siyosiy hayotda ma‟naviy yangilanish jarayonini amalga
oshirmasdan, sivilizatsiyaga erishmasdan mustaqillikni har tomonlama
mustahkamlab bo„lmasligini hayotning o„zi ko„rsatdi. Bugungi kunda
davlatimiz taraqqiyoti yo‟lida yangi renessansga qadam qo‟yish ustida keng
ko‟lamdagi ishlar olib borilmoqda.
Shunday qilib, madaniyat, ma‟naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‟i jamiyat va
inson manaviyatining rivojlanishida, ma‟naviy barkamol avlodni voyaga
yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq o‟tmishda toptalgan ma‟naviy merosimizni tiklashga qat‟iyan
kirishildi.
O‟zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya'ni buyuk
rivojlanishni) o'z tarixiga muhrlab qo'ydi. Birinchi uyg'onish davrida (IX-
XIIasrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg'unligi asnosida dunyoni larzaga
keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan o‟chog'iga aylandi.
Ibn-Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar tabiy-ilmiy
bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko'targan bo'lsalar, At-Termiziy, Moturidiy,
Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro
kabi ulamolar islom dinini milliy g'oya va qadryatlarimizga uyg'un holda
rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni»
sifatida e'tirof etildi.
Mamlakatimiz Islom ilmining markaziga aylandi.Islom dinidagi hanafiy
mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o'zbek xalqining
milliy g'oyasiga mos holda rivoj topdi.
Ikkinchi uyg'onish XIV-XVI asrlarda o'zbek davlati dunyoda eng
rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir»
g'oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher
Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga ko'tardi.
Bugun g'arb olimlari 500 yil oldin o'rganilgan mavzuni inson omili, inson
huquqi masalasini antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan
o'rganishmoqda.Bugun uchinchi uyg'onish - Mustaqil O‟zbekiston davri
boshlandi.U 1989 yildan O‟zbekistonning eng yangi tarixi davrini boshlab
berdi. Bugun o'zbek xalqining milliy g'oyasi huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatining rivojlanish g'oyasiga aylanib, O‟zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga
tatbiq etilmoqda.
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma‟rifat asosida, ma‟rifatli bo„lish negizida
sodir bo„ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng
nishonlandi. Bu to„yga respublikada katta tayyorgarlik ko„rildi va u xalqning
katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar
to„plami nashr etila boshlandi.Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk
siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi.Alisher Navoiy
nomida Davlat mukofoti ta‟sis etildi.Adabiyot institutiga Alisher Navoiy
nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug„ bobomizning muhtasham
haykali qo„yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Navoiy
haykali Komsomol ko„li deb nomlangan istirohat bog„iga o„rnatildi va bog„
Alisher Navoiy nomidagi milliy bog„ deb ataladigan bo„ldi.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug„bek yili, deb e‟lon qilinishi, uning 600-
yilligini O„zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi
Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros
umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996- yil Amir Temur
tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom Karimov
«1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to„g„risida farmon qabul qildi.
«Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O„sha davr tarixiy madaniy
yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda
qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha‟ni va
shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi
qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda
Muhammad Rizo Erniyozbek o„g„li Ogahiy tavalludining 190 yilligi,
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o„g„li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda
esa Farg„onada Ahmad al-Farg„oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy,
Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o„rganilib,
ko„plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin
Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror
Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi
tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-
yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan
yodgorlik majmuasi jamiyat ma‟naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va
milliy g‟ururni ko‟tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo‟lida
shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‟lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa
xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‟z joyiga qo‟yildi,
asarlari chop etildi. Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda
mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag‟on qurbonlari xotirasi»
muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari
xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo
etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani
tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‟oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat
qilmoqda.
O'zbek xalqining ma'naviy merosida insonparvarlik g'oyalari singdirilgan.
Ajdodlarimiz insonparvarlikni fan darajasiga ko'tarishgan. Forobiy - «fozil
inson», Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband - «Orif
inson», Alisher Navoiy - «komil inson» ta'limotlariga asos solishgan. Bugun
ham, o'tmishda bo'lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa
xalqlarga saboq berishi mumkin.Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari
kuchayotgan sharoitda asosiy muammo yot, buzg'unchi g'oyalar ta'siriga
tushmasdan, g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasdan, ma'naviy merosimizga,
milliy g'oyamizga sodiq qolishdir.
O‟zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik
davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an‟analari, madaniy
qadriyatlari mustaqillikning dastlabki yillarida ehtiyotlab tiklandi va yangi
ma‟no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to‟y-marosim qo‟shiqlari,
shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o‟nlab ko‟rik-tanlovlari
o‟tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari,
zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo‟lib o‟tmoqda.
Mamlakatimizda o‟zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‟rni va
ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‟zbek tili o‟zbek
xalqining ma‟naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‟llanilishi va
muhofazasi davlat tomonidan ta‟minlanishi belgilab qo‟yildi. Oliy davlat
hokimiyati, mahalliy hokimiyatv va boshqaruv organlarida, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarda ish geografik o‟rinlarning nomlariga yagona
milliy shakl berildi va o‟zbek tilida yozib qo‟yildi. Natijada o‟zbek xalqining
milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek,
O‟zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tili, qadr-
qimmati ham o‟z o‟rniga qo‟yilgan.
O‟zbekistonda millatlararo totuvlik Konstitusiya va qonunlariga singdirilgan.
Jumladan, bosh qomusimizda «O‟zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar
O‟zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida
belgilab qo'yilgan, (8-modda).
145 dan ziyod milliy - madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan
aytganda kichik BMTlar) millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq
etmoqda.
«Yagona oilada» («V edinoy semie») jurnali nashr etilmoqda. Ruslarning
«Maslennisa», tatar boshqirdlarining «Sabanto'y», uyg'urlarning «Sayil»,
bayramlari xitoylarning «Chunuze» yangi yili, koreyslarning «Soller» va
“Ovoli – tano” bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz
miqyosida «Biz yagona oila farzandlarimiz», «Vatan yagonadir, Vatan
bittadir», «O‟zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi fistivallar
o'tkazilmoqda. O‟zbekistonda etti tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik,
turkman, qirg'iz va qozoq tillarida ta'lim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz
tilda (o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, koreys tillarida)
nashr etilmoqda.Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti.Islom
Karimov iborasi bilan aytganda millatlararo totuvlik O‟zbekistonning
dushmanlari ko'ra olmaydigan eng katta boyligidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e‟tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan
insonlarning hurmatini joyiga qo„yish an‟anasi davom ettirilmoqda.2017-
yilning o„zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va
Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida
Is‟hoqxon
Ibrat,
Xorazm
viloyatida
Komiljon
Otaniyozov,
Qoraqalpog„istonda Ibroyim Yusupov, Farg„onada Erkin Vohidov,
Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini
abadiylashtirish bo„yicha yirik tadbirlar o„tkazildi. Ularning nomi bilan
ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid
Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag„ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi
ochildi.
Yurtimiz taraqqiyoti yo„lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz
va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo„shgan atoqli davlat arbobi, taniqli
yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni
quvontirdi. O„zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat
arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash
to„g„risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug„ilgan
kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo„lib o„tdi. Jizzax shahridagi tadbirda
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq
so„zladi.
O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
25-yanvardagi
«O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug„aniyevich
Karimovning xotirasini abadiylashtirish to„g„risida»gi qaroriga ko„ra, Islom
Karimov haykallari O„zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov
tug„ilib o„sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo„lib
ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o„rnatildi. Bundan
tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida
Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik
majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko„p yillar davomida faoliyat olib
borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi
ilmiy-ma‟rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator
ko„chalar va yirik ob‟yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident
farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi
keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya
o„tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |