Mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarida konyunksializatsiya hodisasi



Download 26,71 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2022
Hajmi26,71 Kb.
#420383
1   2   3
Bog'liq
Nazarov Zokir

2. Urush tugab, tinch qurilish yillari boshlangandan keyin zavod yana o‘z yo‘liga tushib ketdi /M. Qoriev. Afrosiyob go‘zali, 137/.
3. Bundan o‘n yillar muqaddam cho‘lquvarlar uchun qurilgan uylar ko‘z oldimga keldi /O. Yoqubov. Billur qandillar, 153/.
4. Bu yigit Hafizadan ikki-uch yil avval maktabni tamomlagan /Mirmuhsin. Umid, 81/.
5. Zax madrasa hujralarining ziqna hayotidan so‘ng bu yangi, qaynoq, sirli, yorug hislar dunyosi olimni butunlay o‘ziga tortib ketdi /A. Muxtor. Chinor, 178/.
6. Hofiz Kuykiy ikki kundan buyon shu karvon saroyda muqim edi /X. Sultonov. Bir oqshom ertagi, 164/.
Keltirilgan gaplarda beri, keyin, muqaddam, avval, so‘ng va buyon so‘zlari funksional monemalar sifatida qo‘llanmoqda. Ammo bu so‘zlar gap unsurlarining sintaktik munosabatlaridan kelib chiqqani hodda -dan + ravish tarzida ikkinchi bir funksional monema bilan birga faollashgan. Chunki zamon munosabatini ifodalovchi ravishlarning qariyb barchasi -dan funksional monemasi ishtirokida funksional faollikka erishadi. Bu ularning o‘ziga xos derivatsion xususiyatlaridan biridir. Shu bois -dan affiksi va ravish yaxlitligicha bitta funksional monema sanaladi. Funksional monemaning bu turi ham gapning tub strukturasi sathiga kirmaydi. Shu sababli u gapning umumiy sintaktik strukturasi doirasida qatnashib, tub struktura tarkibidagi harakat ifodasiga zamon nuqtai nazaridan qo‘shimcha ma'lumot berish uchun xizmat qiladi. Ana shularga asoslanib, yuqorida berilgan gaplarning tub strukturalarini quyidagicha belgilaymiz: /Sharofat xola/ esladi. /Zavod/ yo‘lga tushib ketdi. /Ko‘z oldimga/ keldi. /Yigit/ tamomlagan. /Dunyo/ tortib ketdi. /Hofiz Kuykiy/ muqim edi. Yuqoridagalardan tashqari, ravish orqali ifodalangan monemalar nisbiy muxtor holatda kelishi ham mumkin. Bu, albatta, mazkur so‘z jumla ichida yanga taktning boshida kelganda ko‘proq kuzatiladi. Ammo uning bu tarzda qo‘llanilishini muxtor monemalar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Shu sababli bu singari til unsuri gap tarkibidan tushirilib qoldirilmaydi. 1. Dilso‘z ancha mahalgacha chiroqni yoqib qo‘yib, o‘qidimi, o‘qimadimi, o‘tiraverdi. Keyin divanda yotgan joyida uxlab qoldi /M. Qoriev. Afrosiyob go‘zali, 126/.
2. Akbarali u erga yana o‘z ixtiyori bilan qaytib borishni sira o‘ylamagan edi. Hozir ham borgisi yo‘q /A. Muxtor. Chinor, 231/.
Ravish turkumidagi nari, beri so‘zlari ham funksional monema vazifasida yuqorida ko‘rib o‘tilgan zamon ma’nosini ifodalovchi oldin, keyin, buyon funksional monemalari kabi -dan affiksi bilan birga qo‘llaniladi: daryodan nari, maktabdan beri, qishloqdan nari, yo‘ldan beri. Affikslar, ko‘makchilar va ba’zi ravishlar orqali ifodalangan funksional monemalar jumlasiga ham so‘zinida kiritish mumkin. Chunki u o‘zining funksional jihatlari bilan ularga yaqin turadi. Ham monemasi sodda gap tarkibida turli semantik va sintaktik ma’nolarni ifodalaydi. Bu jarayonda u ba’zan gapning bosh bo‘laklari tasarrufida kelsa, ba’zan ikkinchi darajali bo‘laklar kurshovida bo‘ladi: Shu mehmonlar ichida kichik komandir Rustamjon Po‘latov ham bor edi /K. Yashin. Hamza, 371/.
Keltirilgan misolda ham monemasi gapning bosh bo‘laklari tasarrufida berilmoqqa. Biroq shunday bo‘lsa-da, u na egaga, na kesimga tobe. Chunki uning sintaktik va funksional faolliga biror morfologak vosita ta’sirida emas, balki mutlaqo mustaqil holda ta’minlanmoqqa. Mazkur so‘zning funksional monema darajasiga ko‘tarilishining asosiy boisi egani ma’lum darajada izoxdayotganidadir. Boshqacha aytganda, u mehmonlar orasida Rustamjon Po‘latovning ham borligini alohida bo‘rttirmoqqa. Aks holda, u muxtor monema funksiyasini bajargan bo‘lardi.
Ham funksional monemasi gapda, asosan, semantik zaruratga ko‘ra qo‘llaniladi va bir paytning o‘zida tegishli sintaktik vazifalarni ham bajaradi: Fayzullo bu kecha ham uyqusiz to‘lganib chiqdi /A. Muxtor. Buxoroning jin ko‘chalari, 97/.
Ayni paytda ham funksional monemasi ishtirokida sintagmatik qator zanjirining bu kecha ham tarzidagi birikma holatida ifodalangan parchasi tashkil etilayotganini ko‘ramiz. Bu, albatta, uning bu birikma sathidagi sintaktik funkdiyasidan dalolat beradi. Ammo birikma gapning kesimi ifodalayotgan harakat mazmuniga qo‘shimcha ma’no bermoqqa. Bunga semantik nuqtai nazardan ehtiyoj sezilgan, albatta. Umumiy sintaktik rejada esa gap shakli uning ishtirokisiz ham bekami-ko‘stdir /Fayzullo uyqusiz to‘lg‘anib chiqdi/. Yuqoridagilardan tashqari, ham funksional monemasi bo‘lmoq fe’lining sintaktik tasarrufida kelishi ham mumkin. Bunday hollarda u gapning kesimi tomonidan bajariladigan harakatga to‘siqsizlik ma’nosini berish uchun xizmat qiladi: Ota-bolaning to‘y xususidagi maslahatlari ora-chora bo‘lsa ham, Buzrukxo‘janing qulogiga chalina boshladi /X. To‘xtaboev. Yillar va yo‘llar, 119/. Keltirilgan misolda gap tarkibida ham monemasi ishtirokida qo‘shimcha ravishda hosil qilinayotgan birikmaning /ora- chora bo‘lsa ham/ vazifasi, avval ko‘rib o‘tganimiz singari, kesim mazmunini to‘ldirishdan iborat bo‘lsa-da, u o‘ziga xos to‘siqsizlik ma’nosini ham ifodalamoqda. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, mazkur birikma tarkibida bo‘lsa va ham unsurlarining har biri funksional monema sanaladi. Chunki ham so‘zi bo‘lsa so‘ziga funksional faollik berar ekan, bo‘lsa so‘zi, o‘z navbatida, o‘zidan oldingi ikki elementga /ora-chora/ funksiya ulashadi.
Hozirgi o‘zbek tilidagi nutqning sintaktik zanjiri sathida ko‘p qo‘llanadigan monemalardan biri -gan affiksi bilan beriladigan sifatdosh shaklidir. Uning funksional faolliga belgisi harakat ifodasi bilan bevosita bog‘liq ekanligada ko‘rinadi:
1. Deraza yonida o‘tirgan Oston shahar oqshomini tomosha qilib borardi /R. Fayziy. Hazrati inson, 198/.
2. Urinboy akasining jahlidan qolishmaydigan bir g‘azab bilan javob qildi /X. Sultonov. Bir oqshom ertaga, 96/.
Berilgan misollarda o‘tirgan va qolishmaydigan sifatdosh shakllari funksional monema vazifasini bajarmokda. Ularning birinchisi tub struktura shaklini kengaytirish uchun, ikkinchisi esa gapning umumiy sintaktik shakli tasarrufidagi ikkinchi darajali bo‘laklardan birining /holning/ sintaktik maydonini yasash uchun qo‘llanilgan.
Bu tarzdaga monemaning xarakterli belgalaridan yana biri shunda ko‘rinadiki, u orqali sodda gap tarkibida qo‘shimcha ravishda yarim predikativli qurilmalar vujudga keladi va gapning sintaktik shakli murakkablashadi. Masalan, yuqorida keltirilgan har ikkala gapning /ayniqsa ikkinchi gapning/ umumiy sintaktik shakllari buning isboti bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham S. N. Ivanov hozirgi o‘zbek tilidagi sifatdoshning -gan affiksli shakli grammatik belgalariga ko‘ra o‘ta murakkab ekanini qayd etadi ”. Deb so‘zi /ravishdosh/ ham funksional faol monemalardandir. U funksional monema tarzida har doim sintagmatik qator zanjirida alohida birikma tashkil etadi va uni boshqarib keladi: Abutolib atni deb bechora xola jinni bo‘lib qolibdi /S. Siyoyev. Saratonda qor yog‘di, 18/. Berilgan gapda deb funksional monemasi ishtirokida Abutolib akani deb birikmasi hosil qilinib, uning tarkibida ikki qaram /Abutolib aka/ va ikki funksional /-ni, deb/ monemalar mavjudligani ko‘ramiz. Biroq, ayni paytda -ni affiksi, funksional monema bo‘lsa-da, ikkinchi darajalidir. Chunki mazkur affiks deb orqali funksiya bajarmoqda. Shu sababli deb so‘zi asosiy va serqirra funksional monema mavqeini egallagan. Buning sabablari bor, albatta. Birinchidan, tarkibida o‘zi qatnashayotgan sintagmatik birikma muchalari bilan nafaqat semantik jihatdan, balki sintaktik nuqtai nazardan ham uzviy bog‘langan; ikkinchidan voqea sodir bo‘lishining sababini anglatayotgani uchun gapning umumiy strukturasi unsurlari bilan ham semantik mavqeiga ko‘ra aloqadordir. Ana shuning uchun u semantik va sintaktik funksiyalari jihatidan berilgan gapda o‘ta faol unsurlardan biriga aylangan. Yuqoridagalardan tashqari, deb /deya/ funksional monemasi o‘zga /ko‘chirma/ gapning berilishida ham faol qatnashadi. Bu jarayonda u o‘zga gapning sintaktik tuzilishi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa-da, uning so‘zlovchi shaxs tomonidan berilishida birdan- bir vosita sanaladi.
1. “Nima qilsam ekan bu nodonni?” - deb xafa bo‘ldi /S. Anorboev. To‘rtkuzning boshidan kechirganlari, 4/.
2. “Yana Alimardonning uyiga boramanmi?” - deb o‘yladi Muqaddam! /O‘.Hoshimov. Bahor qaytmaydi, 20/.
3. Ertaga alohida xonaga o‘tkazamiz, - deya bosh vrach uni tinchlantirdi /A. Abduvaliev. Bizning yo‘limiz, 64/.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksional monemalar tahlili asosida quyidagi xulosalarni qayd etamiz: 1) ko‘makchi so‘zlar va ravish /asosan payt ravishi/ affikslar bilan ifodalangan funksional monemalardan o‘zlarining semantik va sintaktik ta’siri doirasi kengligi bilan farq qiladi; 2) ko‘makchi so‘zlar funksional monemalar sifatida gapda o‘z mazmuni va sintakgik o‘rniga ega. Shuning uchun ular muxtor yoki qaram monemalar tarzida qo‘llanmaydi. Muxtor yoki qaram monemalar esa bu belgiga ega emas. Masalan, ertalab /ravish/ so‘zi mustaqil qo‘llanganda, albatta, funksional monema bo‘ladi. Biroq bugun ertalab holatida kelsa qaram monemadir; 3) affikslar orqali ifodalangan monemalar funksiyalariga ko‘ra har doim faoldir. Ammo ularning sintaktik faolligi faqat bir gap doirasida o‘z kuchiga ega. Ravish yoki ravishdoshning deb /deya/ shakli bilan ifodalangan monemalar esa ba'zan bir gap doirasidan tashqari ikkinchi gap unsurlariga ham semantik jihatdan ta’sir o‘tkaza oladi; 4) affikslar funksional monema vazifasini belgisiz kelganda ham bajara oladi, monemayaarning boshqa turlari esa belgisiz kelmaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Турниёзов Н., Турниёзова К. Функсионал синтаксисга кириш. Тошкент: “Фан”, 2003, 114 Б.
2. Ўзбек тили грамматикаси. 1 том. – Тошкент: Фан, 1975
3. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида ёрдамчи сўзлар – Т.: ЎзФА нашриёти, 1957.
4. Турдибоев Т. Ўзбек тилида ёрдамчи сўзлар конверсияси: Филол. фан. номз. дис. – Тошкент, 1996.
5. Расулов Р. Ўзбек тилида ёрдамчи сўзларнинг семантик-грамматик хусусиятлари. – Т.: Фан, 1983.
Download 26,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish