Kalit so‘zlar: So‘z turkumi, ko‘makchi, konversiya, transpozitsiya, mustaqil so‘zlar, yordanchi so‘zlar, son so‘z turkumi, leksema sememasi.
O‘zbek tilida ko‘makchilar, bog‘lovchilar, ayrim ravish va ravishdoshlar shakllari, shuningdek, ba’zi yordamchi so‘zlar ham to‘ldiradi. Funksional monemalarning bu turga kiruvchi unsurlarining oldingi funksional monemalardan asosiy farqi ularning simantik va sintaktik imkoniyatlari darajasining kengligida ko‘rinadi. Masalan, ko‘makchilarni olaylik, ko‘makchilar hozirgi o‘zbek tilida, boshqa turkiy tillarda bo‘lganidek, ot bilan turli turkumlarga tegishli so‘zlar o‘rtasida bo‘lgan Har xil munosabatlarni [makon, zamon, sabaab, maqsad va hokazolar] ifodalagani holda, mazmun va vazifaga ko‘ra aksariyat hollarda kelishik qo‘shimchalariga mos keladi va natijada, kelishiklarning grammatik funksiyalarini yanada mukammallashtiradi. Shuning uchun V. I. Koduxov: “Ko‘makchillar turkiy va fin-ugor, yapon va boshqa bir qancha tillarda eng muhim grammatik ko‘rsatkichlardan biridir”, degan edi.
Ammo, ko‘makchillar haqida so‘z yuritganda shuni ham aytish kerak, makon ma’nosi ifodasini taqozo etuvchi oldida, oldidan, ichida, ichiga, ustida, ustiga, ostiga, ostida, tagida singari ko‘makchi vazifasida keladigan so‘zlarni mustaqil funksional monemalar tarzida o‘rganish maqsadga mofiq emas. Chunki ular tarkibida keluvchi kelishik qo‘shimchalari funksional, egalik qo‘shimchalari esa yarim funksional monemalar sanaladi.
Shunga ko‘ra, negizi kelishik qo‘shimchalari orqali faollik olayotgan ko‘makchi vazifasidagi monemalar qaram monemalar hisoblanadi.
Shunday qilib, funksional sintaksisda bir tarkibli ko‘makchi [bilan, uchun, kabi va h. k.] va ko‘makchiga siljigan payt ravishlarining, [so‘ng, ilgari, oldin, sari, singari, beri, buyon va h. k.] funksional faolligini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu so‘zlarning har biri ikkinchisidan o‘zining semantik va grammatik funksiyalari bilan farq qiladi. Albatta, keyin-so‘ng, avval-oldin, ilgari-burun singari ma’nodosh so‘zlarning funksional tafsiflari bundan istisno. Chunki ular semantik va sintaktik funksiyalariga ko‘ra biri ikkinchisini bemalol almashtiraoladi.
Quyida bir tarkibli ko‘makchi so‘zlarning funksional faolligini aniq misollar asosida ko‘rib o‘tamiz:
Ummatali shaharlik mehmonni ko‘rishi bilan darhol o‘rnidan turib qo‘l qovushtirdi [H.G‘ulom. Mangulik, 182].
Ayvonimizda dadam Rahim domla bilanutirardi [H. G‘ulom. Mash’al, 265].
U ... qo‘lidagi yo‘nilmagan tayoq bilan o‘t olanlarni titkilab bir nimalar qidirar edi [A.Muxtor. Chinor, 91].
Vafo amir Abdulahatning farmoni bilan devor ostida bostirib yuborilgan edi [O. Husanov. Taqilmagan uzuk, 19].
Otaquzi katta qoramtir mushi bilan stolni gursillatib urdi [O. Yoqubov. Diyonat , 4]
Berilgan gaplarning barchasida ham bilan ko‘makchisi funksional monema vazifasida kelgan. Birinchi gapda u ish harakatning bajarilish vaqtini ko‘rsatib, gap tarkibiga shaharlik mehmonni ko‘rish ... birikmasini olib kirmoqda va natijada, gapning mazmuniy salmog‘ini va umumiy sintaktik strukturasini qo‘shimcha unsurlar ko‘magida boyitmoqda.
Ikkinchi gap tarkibidagi bilan monemasi Rahim domla birikmasiga sintaktik faollik bermoqda va uning vositasida ish harakatining mazmuni salmog‘i to‘ldirilmoqda. Ana shu xususiyatiga ko‘ra bu monema funksiyasi jihatidan faollik darajasiga ko‘tarilgan.
Uchinchi misoldagi bilan funksional monimasi sintaktik vazifasiga ko‘ra oldingi gaplardagi shu singari monemalardan farq qilmaydi. Biroq simantik jihatdan uning o‘ziga xos sifatlari mavjud.
To‘rtinchi misolda bilan monemasi amir Abdulahatning farmoni birikmasini gap tarkibiga olib kirib, unga sintaktik faollik bermoqda. Ayni paytda bu birikma tarkibida to‘rta monema bo‘lib ulardan birinchisi [amir] miqtor holatda, ikkinchi va uchinchilari qaram vaziyatda [Abdulahat, farmon] va oxirgisi [-ning] funksional monema vazifasida kelmoqda.
Ko‘rinadiki, bu monemalarning, amir so‘zidan boshqalari, ma’lum ma’noda bilan ta’siri doirasidadir. Chunki Abdulahatning farmoni bilan birikmasining mazmuni, garchi u struktura tarkibida bo‘masa-da, gapning umumiy sintaktik shaklini tashkil etayotgan barcha so‘zlarga kirib borgan.
Beshinchi misolda bilan monemasi yordamida turli monemalardan tuzulgan katta qoramtir mushti bilan birikmasi tashkil topgan bo‘lib, u ish- harakatning bajarilish tarzinini, vositasini ifoda etmoqda. Birikma tarkibidagi katta va qoramtir so‘zlari muxtor monemalar, musht – qaram monema, -i – yarim funksional [musht+i] va bilan va bilan funksional monemadir.
Lekin, shuni ham eslatib o‘tish lozimki, bilan monemasi asosan, musht so‘ziga funksional faollik bermoqda. Katta va qoramtir so‘zlarning sintaktik va funksional faolligi unga aloqador emas. Bu so‘zlar istalgan paytda gap tarkibidan tushurilibqoldirilishi mumkin. Shuning uchun ham ular muxtor monemalardir.
Bilan funksional monemasining xarakterli belgilaridan biri yana shundaki, u aksariyat hollarda gapning umumiy sintaktik strukturasi doirasida qo‘llaniladi. Shu sababli u orqali gap tarkibiga kiritilayotgan birikma shaklidagi sintaktik qurulmalar umumiy sintaktik strukturani kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Uchun ko‘makchisi ham funksiyasiga ko‘ra hozirgi o‘zbek tilida eng faol monemalardan biridir. U, asosan, maqsad, sabab munosabatlarni ifodalaydi va sintagmatik qator doirasida alohida birikma hosil qilib, undagi turli monemalarga ma’no va funksiyalariga ko‘ra ma’lum bir yo‘nalish beradi. Bu jarayonda uning tasvirida nafaqat qaram monemalar, balki funksionaol monemalar ham mumkin. Ammo bu bilan uchun monemasi o‘z tasarrufidagi barcha monemalarga sintaktik va funksional faollik beradi deb bo‘lmaydi, albatta. Chunki sintagmatik zanjir doirasida so‘zlar biriga ikkinchi faollik beradi. Lekin bu singari birliklar sintaktik tuzulishi, mazmuni va funksional faolligi bevosita uchun monemasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Fikr isboti uchun quidagi gaplarda uchun monemasining qo‘llanilishi sabablariga e’tibor beraylik:
1. Men sizni chin insonligingiz uchun g‘oyat hurmat qilaman /M. Qoriyev. Afrosiyob go‘zali, 312/.
2. Ustod bilan shogird yuraklarining chigalini yozish uchun allamahalgacha dardlashib o‘tirdilar /M. Osim. Ajdodlarimiz fojiasi, 53/.
3. O‘z nafsing uchun birovning pokiza qizini baxti qora qilma /S. Anorboyev. Munavvarning taqdiri, 324/.
Ko‘rinadiki, uchun funksional monemasi gapning umumiy strukturasi doirasida qo‘llaniladi va tub strukturaning biror unsuri /ko‘proq harakat ifodasining/ mazmuniga mukammallik beradi va bu bilan uning sintaktik ta’siri doirasini kengaytiradi.
Qiyoslang:
1. ... hurmat qilaman - chin insonligingiz uchun.
2. ... dardlashib o‘tirdilar - yuraklarining chigilini yozish uchun.
3. ... baxti qora qilma - o‘z nafsing uchun.
Ana shu tarzda sabab, maqsad munosabatlarini anglatuvchi birikmalar hosil bo‘ladi. Lekin, shunga ham e’tibor berish kerakki, uchun funksional monemasi va uning ta’sirida tashkil qilinayotgan birikma, asosan, gapning umumiy mazmuni nuqtai nazarvdan ahamiyatlidir. Chunki sintaktik jihatdan unga jiddiy zarurat sezilmaydi.
Masalan:
1. Men sizni g‘oyat hurmat qilaman.
2. Ustod bilan shogird allamahalgacha dardlashib o‘tirdilar.
3. Birovning pokiza qizini baxti qora qilma.
Sari ko‘makchisi ham funksional monema tarzvda qo‘llanadi. Uning yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksional monemalardan farqi shundaki, u o‘ziga qaram bo‘lgan monemalarga bir paytning o‘zida sintaktik hamda funksional faollik beradi va ular ishtirokida sintagmatik qator zanjirida alohida birikma tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur monemaning funksional faolligini oshiradi: Ertagayoq siz bilan Xo‘jand sari jo‘nashga tayyorman /M. Osim. Ajdodlarimiz fojiasi, 262/. Berilgan gapda Xo‘jand sari birikmasiga e’tibor beraylik. U ikki monemadan iborat bo‘lib, ularning birinchisi qaram va ikkinchisi hokim, ya’ni funksiyasiga ko‘ra faoldir. Xo‘jand so‘zi ayni paytda qaram monema sifatida xabar obyekti vazifasini o‘tamoqqa. Ammo uning bu vazifada qo‘llanilishi yo sari / tomon/, yoxud ga funksional monemalarining ishlatilishi bilan bog‘liq. Ba’zi paytlarda bu monemalar belgili tarzda berilmasligi ham mumkin. Lekin bunday hollarda ham mazkur funksional monemalarni gap tarkibida mavjud deb hisoblaymiz, zotan, ular bajarayotgan funksiyalar to‘liq his etiladi. Qiyoslang: Xo‘jand sari — Xo‘jandga — Xo‘jand tomon jo‘nashga tayyorman. Sari va tomon monemalari va ular boshqarayotgan so‘zlar ham, odatda, gapning tub strukturasi sathida kelmaydi. Ammo shuni ham aytish lozimki, mazkur so‘zlar mantiqiy urg‘u olib, gapning eng faol bo‘lagi, ya’ni rema vazifasida kelsa, ular mazmuniy jihatdan juda muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Ikkovlashib uni sudragancha buloq tomon tusha boshladi /N. Qobul. Ovchi, 102/. — Ikkovlashib uni sudragancha buloqqa tusha boshladi.
2. Xayol uni studentlik yillari sari etakladi /S. Karomatov. So‘ngi barxan, 46/.
— Xayol uni studentlik yillari tomon etakladi. — Xayol uni studentlik yillariga etakladi.
Yuqoridagtaardan tashqari, sari funksional monemasi - gan affiksi yordamida ifodalangan qaram va funksional monemalar majmuini taqozo etuvchi sifatdosh shakli bilan hamkorlikda ham alohida birikma tashkil etishi mumkin. Ayni paytda uning muqobili, ya’ni funksional ma’nodoshi sayin monemasi bo‘la oladi.
Qiyoslang: Uyiga yaqinlashgan sari adoyi tamom bo‘lib borardi /N. Qobul. Ovchi, 177/. — Uyiga yaqinlashgan sayin adoyi tamom bo‘lib borardi. Bu singari sari, sayin funksional monemalari -gan shaklli sifatdosh bilan kelganda sodda gap tarkibida yarim predikativlik belgisini hosil qiladi va gapning sintaktik shaklini kengaytirish uchun sezilarli darajada ulush qo‘shadi. Singari, kabi ko‘makchilari ham funksional monema vazifasida kelib, sintagmatik qator zanjirida ochiq strukturali birikmalar tashkil etadi:
1. Miltiq, minomyot, pulemyot otish, okop qazish, emaklab yurish singari mashqlarni o‘rgandik /O. Husanov. Taqilmagan uzuk, 62/.
2... o‘zini bolalik choglaridagi kabi dengizda suzib borayotgandek his qilishni istar edi IX. Sultonov. Bir oqshom ertagi, 26/.
Keltirilgan misollarda singari, kabi ko‘makchilari boshqaruvida ochiq strukturali birikmalar tashkil etilmoqda, zotan, mazkur birikmalar komponentlari sonini istalgancha kengaytirish mumkin. Singari, kabi funksional monemalarining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki, ular faqat o‘zlari boshqarayotgan qaram monemalarga sintaktik funksiya berib qolmasdan, ularning ma’nolarini ham umumlashtiradi. Bu jihatdan mazkur monemalar -day, -dek funksional monemalari bilan bir xil sintaktik va semantik funksiya bajaradi. Shuning uchun bu morfologik unsurlarni ma’nodosh funksional monemalar deb atash mumkin. Qiyoslang: Miltiq, minomyot, pulemyot otish, okop qazish, emaklab yurish singari — emaklab yurish kabi — emaklab yurishdek ... Ko‘ra monemasining ham o‘ziga xos funksional jihatlari bor. U ko‘proq qiyosiy munosabatlarni ifodalaydi: 1. Aprel quyoshi bugun har galgidan ko‘ra kuchliroq qizdirmoqda /V. G‘afurov. So‘nggi pushaymon, 112/. 2. Bu yigin majlisdan ko‘ra ko‘proq to‘yxonaga o‘xshardi /F. Fozilov. Shoirning baxti, 28/. Keltirilgan misollarning ikkalasida ham ko‘ra ko‘makchisi funksional faollikka boshqa bir /-dan/ monema ishtirokida erishmoqda. Bu jihatdan u -dan affiksiga qaramdir. Chunki gap tarkibida -dan affiksining semantik va sintaktik vazni ko‘ra ko‘makchisiga nisbatan muhimroq. Shuning uchun bu affiksning yolgiz o‘zi ham funksiyasiga ko‘ra faol bo‘la oladi. Qiyoslang: Kechagidan ko‘ra bugun issiq. — Kechagidan bugun issiq. Ko‘ra monemasi ayni paytda mustaqil holda funksiya bajarmagani uchun gap tarkibida uning qatnashishi sintaktik zaruratta ko‘ra emas, balki semantik nuqtai nazardandir. Shu sababdan gap tarkibidan tushirilib qoldirilishi ham mumkin. Agar u gap tarkibida mavjud ekan, qiyosiy ma’no ifodasini bo‘rttirish uchun xizmat qiladi va -dan affiksi vositasida vazifa bajaradi. Ko‘ra monemasi qiyosiy ma’noni ifodalashda -ga affiksi bilan qo‘llanishi ham mumkin: ...jussasi onasiga ko‘ra to‘laroq edi /A. Qodiriy. O‘tgan kunlar, 29/.
Ammo berilgan gap mazmuni ifodasini -dan yoki -dan ko‘ra vositalari ishtirokida ham berish mumkin: ... jussasi onasi- dan /ko‘ra/ to‘laroq edi. Biroq, har ikki holda ham qiyosiy ma’no anglashiladi. Shuning uchun ularning o‘rniga qaraganda, nisbatan funksional monemalari bemalol qo‘llanilishi mumkin. Qiyoslang: ... jussasi onasiga qaraganda to‘laroq edi — ... jussasi onasiga nisbatan to‘laroq edi. Bunda shuni ta’kidlash lozimki, -ga va -dan affikslari -ning funksional qiymatlari teng emas: -dan mustaqil qo‘llanilish imkoniyatiga ega, -ga esa albatta ko‘ra, qaraganda biror so‘z ko‘magida faollashadi. Ko‘rib o‘tganlarimizdan tashqari, biror bir voqea - hodisaning ikkinchi bir voqea-hodisa asosida ro‘yobga chiqishiga ko‘ra funksional monemasi yordamida ifodalanadi. Bu o‘rinda mazkur funksional monemaning sintakgik va semantik ma’nodosh muqobillariga muvofiq, -ga binoan, -cha, bo‘yicha kabi unsurlar bo‘la oladi. Qiyoslapg: U o‘rganib qolgan odatiga ko‘ra avval ota huzuriga shoshdi /A. Muxtor. Buxoroning jin ko‘chalari, 57/. - U o‘rganib qolgan odatiga muvofiq avval ota huzuriga shoshdi. - U o‘rganib qolgan odatiga binoan ... - U o‘rganib qolgan odaticha... - U o‘rganib qolgan odati bo‘yicha ... kabilar misol bo`ladi.
Hozirga o‘zbek tilida zamon munosabatini ifodalashda keyin, oldin, burun, ilgari, avval, so‘ng, beri, buyon, muqaddam ravishlari qo‘llaniladi. Mazkur so‘zlar gap unsurlarining funksional tahlili doirasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu so‘zlarni tom ma’noda funksional monemalar tarzida talqin qilish lozim. Ular sintaktik funksiyalariga ko‘ra biri ikkichisidan qariyb farq qilmaydi, biroq semantik jihatdan bir-biriga nisbatan qarama-qarshi ma’no ifodalaydi: keyin - oldin, so‘ng - avval kabilar. Bundan tashqari, ularning ayrimlari harakatning aniq tugallanganligiga ishora qilsa, ba’zilari uning davomliligini ko‘rsatadi. Qiyoslang: 1. Sharofat xola shundagina uning kelgandan beri ogiz ochib bir gap aytmaganini esladi /A. Muxtor. Chinor, 204/.
Do'stlaringiz bilan baham: |