MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR
Darslik va o`quv qo`llanmalarining (ularning to`la ta`minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o`rganish. Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruza qismlarini o`zlashtirish. O`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma`lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta`limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg`ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma`ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi
№
|
Mustaqil ta`lim mavzulari
|
Berilgan topshiriqlar
|
Bajarish muddati
|
Hajmi (soatda)
|
1
|
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar
|
Suhbat
|
1-xafta
|
8
|
2
|
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
| Boyonat qilish |
2-3-xaftalar
|
8
|
3
|
YUksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)
| Suhbat |
4-5-xaftalar
|
10
|
4
|
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)
|
Boyonat qilish
|
6-7-xaftalar
|
8
|
5
|
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar
|
Suhbat
|
8-9-xaftalar
|
8
|
6
|
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
|
Boyonat qilish
|
10-11-xaftalar
|
10
|
7
|
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
|
Boyonat qilish
|
12-13-xaftalar
|
8
|
|
Jami
|
|
|
60
|
Do'stlaringiz bilan baham: |