5. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustivor yunalishlarni kamrab oladi:
ta'limning uzluksizligini tahminlash.
ta'limning uz ichiga maktabgacha ta'lim, umumiy urta va urta-maxsus kasb-hunar ta'limini kamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash buyicha rakobatbardosh ta'lim maussasalari vujudga keltiriladi.
pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta'limning yukori sifatli va barkaror rivojlanishini kuzlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rakobatbardosh darajada ularning kasb sifatini kullab-kuvvatlash tahminlanadi.
Ta'lim jarayonini mazmunan isloh qilish, maonaviy-axlokiy tarbiya va mahrifiy ishlar, iktidorli bolalar va isteododli yoshlar, ta'lim tizimini boshkarish, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishninig asosiy yunalishlarida kasb-hunar ta'limi sifatini nizorat qilish tizimini shakllantirish, ta'lim tizimini moliyalash, moddiy texnika tahminoti, ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish, ta'lim xizmati kursatish bozorini rivojlantirish, ta'lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni tahminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo'llab-quvatlash, fan bilan ta'lim jarayoni alokalarini rivojlantirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro xamkorlik kabi yo'nalishlar katta rol o'ynaydi.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko'lamli muammolardan biridir. Xalq ta'limi tizimida hal qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa, o'quvchi bilim darajasi ham baland bo'ladi. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar o'zlarining kasb ko'nikmalari, muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda.
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan.
«O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atohli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag’batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.
Do'stlaringiz bilan baham: |