Mustaqil O`zbekiston ta`lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji. Rejasi: 1. Mustaqill O`zbekistonda ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 2.O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, ta`lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash. Milliy dasturi – Respublikamizda ta`lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. 3.Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo`nalishlari.
1991-yil O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatning barcha sohalarida bo`lgani kabi ta’lim - tarbiya masalasiga va barkamol avlod tarbiyalashga katta e’tibor qaratdi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o`zining qator asarlari, maqola va nutqlarida shu masalaga oid qarashlarini bayon etdi.
Tarbiyaning jamiyat rivojidagi roliga yuksak baho berib Oliy kengash IX sessiyasida so`zlagan nutqida Birinchi prezidentimiz shunday deydi:
"Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz!
Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi". (Barkamol avlod orzusi. T.1999).
Takror aytamanki, bunga ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish bilangina erishish mumkin". ("Tafakkur" jur. 1998. №2).
1997-yillarga kelib ham belgilangan ishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatlar talab darajasida amalga oshmadi, hali kamchiliklar ko`p edi. Shuning uchun ta’lim to’g`risida yangi qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur ishlab chiqish kun tartibidagi muhim masalalardan bo`lib qolaveradi.
I.Karimov shunday deydi: "Lekin taasufki, respublikada kadrlar tayyorlash, ta’lim- tarbiya tizimida jiddiy o`zgarish ro`y bermayapti. Aslida islohatlarni mana shu sohadan boshlash kerak edi.
...zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo`lga qo`yish faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo`lmog`i lozim..." ("Ma’rifat" gaz. 1997-y. 7-yun).
Istiqloldan so`ng barcha sohada bo`lgani kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham islohatlar boshlandi. Pedagogika fani ham qaytadan mustaqilligimiz asosida qurila boshlandi. Avvalo, pedagoglarimiz kommunistik mafkura changalidan halos bo`ldi. Pedagog olimlarimiz Qur’oni Karim, Hadis, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Qubro, Az-Zamaxshariy va boshqa allomalarimiz jadid ma’rifatparvarlari-ning ilmiy meroslaridan foydalangan holda, ularni keng tadqiq etgan holda yangicha yo`nalishda tadqiqotlar olib bora boshladilar.
O`zbek olimlari yaratgan "Pedagogika", "Pedagogika tarixi" qo`llanmalari muqobillik asosida chop etila boshlandi.
1992-yil 2-iyulda O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni qabul qilindi. Shu qonun va shu yili tasdiqlangan "umumiy ta’lim maktablari to`g`risida muvoqqat Nizom" asosida ta’lim islohatlari olib borila boshlandi. Oldingi qabul qilingan Qonunlardan (1930, 1949, 1958, 1973, 1984) farqli xalq ta’limi tizimi tuzilishining yangi tamoyillari joriy etildi: ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi va xalqchilligi; ta’lim tizimining uzluksiz va izchilligi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, tayanch ta’lim (9 sinf)ning majburiyligi; ta’lim standartlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv; chet tillar, din ta rixi va xalqimiz tarixi chuqur o`rganish; ta’lim muassasalarining turli partiya, siyosiy harakatlardan holiligi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |