Mustaqil ishi Urganch-2022 Mavzu: Iqtisodiy tarbiya. Reja


Ta’lim-tarbiyaning ta’siri



Download 30,8 Kb.
bet2/4
Sana22.07.2022
Hajmi30,8 Kb.
#835419
1   2   3   4
Bog'liq
dilnoza

Ta’lim-tarbiyaning ta’siri. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazishi, asosan, ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi uchun muhitning stixiyali ta’sir bera olmaydigan narsalarini o‘rganib oladi. Masalan, tilni odamlarning ta’sirida o‘rganib olish mumkin. Lekin o‘qish, yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi.
2. Ta’lim-tarbiya yordamida, hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. (ko‘r, kar, soqov).
3. Ta’lim-tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz beradigan kamchiliklarni ham tugatish mumkin. (karta o‘ynash, so‘kish, chekish va h.).
4. Ta’lim-tarbiya natijasida bolada bilim, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘libgina qolmay, balki dunyoqarash ham shakllanadi, kamolotga yetib boradi. Bilimlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N.I.Lobachevskiy 14 yoshida Qozon universitetiga o‘qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan. O‘zbek olimlaridan Shavkat Alimov, Shavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham shu yoshlarda professorlik nasib etgan.

Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati.

Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa juda muhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.

O'zbekistonRespublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta'limning barcha darajalari ta'lim oluvchilarning iqtisodiy ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish», zarurligi (45-bet) a'lohida ta'kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni, ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi.

Kichik o'quvchilarning barkamol insonga xos bo'lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog'liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning to'rt yilli davrida amalga oshiriladi.

Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar.

«Ey farzand, o'zingni mol jam etmoqdan g'ofil tutmag'il va lekin har narsani etmak tilasang jahd qilg'il, toki halollik bila jam bo'lsin va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo'lsun. Agar moling ko'p bo'lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg'il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko'p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo'lsa, ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg'ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko'p narsani ham saqlay olmag'uvsidir. Har narsa qo'lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig' va ojizlig' vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo'yg'il, va undin ko'z yumib aslo unga qo'l urmag'il. Qolgan ikki hissani o'zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-72 bet).


Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo'lmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo'rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo'lmasada, o'zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet).

Download 30,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish