Transyog‘ va ateroskleroz
Keyinchalik to‘yingan yog‘larning salbiy tomonlari aniqlana boshlanganidan keyin margarin kabi transyog‘lar ham ayrim tadqiqotchilarning e’tiborini torta boshladi. 1993 yilda U. Villet o‘z kuzatuvlariga tayanib transyog‘lar iste’mol qilish yurak-qon tomirlari kasalliklarining ko‘payib ketishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. Uning aniqlashicha, transyog‘lar qonda yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni ko‘paytirib aterosklerozga olib kelar ekan. Olimning tadqiqotlari juda ko‘p sonli respondentlar (85 ming) ustida olib borilib 8 yil davom etdi. Shu davr ichida u tekshiriluvchilarda yurak-qon tomir kasalliklari bilan xastalanib hayotdan ko‘z yumganlar sonini hisob-kitob qilib bordi. Olingan natijalarga ko‘ra aytilgan vaqt mobaynida ko‘p miqdorda margarin iste’mol qilganlar orasida o‘lim eng yuqori bo‘lgan. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra transyog‘lar nafaqat yurak-qon tomir va ateroskleroz bilan xastalanishga olib keladi, balki hujayra membranasida ro‘y beradigan me’yoriy hayotiy jarayonlarni ham izdan chiqarar ekan.
Hozirgi paytda transyog‘larning keltiradigan zarari haqidagi ma’lumotlar ilmiy va ommaviy manbalarda keng muhokama qilinib kundalik iste’mol taomlardagi yog‘larda ularning hissasi 2 foizdan oshmasligi kishilar sog‘ligiga sezilarli zarar keltirmaydigan me’yor deb qabul qilingan. Transyog‘larning iste’molda eng ko‘p ishlatadigan davlatlar qatoriga AQSH (23%), Peru (24%) va Janubiy Afrika Respublikasi (28%) kirar ekan. Transyog‘larning zararli tomonlarini inobatga olgan holda ularni iste’molda keskin cheklash bo‘yicha tashkiliy va amaliy ishlar xozirgi paytda ko‘pgina davlatlarda olib borilmoqda. Yevropa davlatlarida ularning miqdorini yuqorida aytilganidek 2% oshirmaslikka qaror qilingan, AQSH da esa 2018 yildan boshlab transyog‘larni taom sifatida ishlatish yoki ulardan ovqat tayyorlashda foydalanish taqiqlanadi.
BMT qoshidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining e’tirof etishicha transyog‘larning zarar keltirmaydigan darajada minimal qabul qilish miqdori yo‘q, uni yaxshisi iste’mol qilmaslik kerak, deyilmoqda.
Yog‘lar kundalik hayotda doimiy ravishda ishlatilib turiladigan asosiy oziq-ovqat turlaridan biri bo‘lib, ularsiz me’yoriy hayotiy jarayonlar amalga oshirilmaydi. Faqat bu borada har kimning tegishli ovqatlanish qoidalariga rioya qilib yog‘lardan qaysilarini va qancha iste’mol qilishni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Margarin va u kabi transyog‘lardan esa iloji boricha iste’molda foydalanmaslik sog‘lom ovqatlanish borasidagi muhim qadamlardan biridir.
Ko'pgina sportchilar, raqobat oldidan qizarib pishgan kartoshka va kletchlar haqida hech qanday sharmandali narsa yo'q deb hisoblashadi, ammo ularning sevimli va sakkizinchi o'rinlarini o'zlariga jalb qilishadi. Biroq, bunday sportchining fikricha, uning tanasi atrofdagi kishilarning ko'pchiligi uchun mutlaqo boshqacha vazifalar qo'yilgunga qadar, ba'zi resurslardan foydalanib hal qilinishi kerak.
Bizning oziq-ovqatimiz - bizning resurslarimiz. Shuning uchun to'g'ri sport ovqatlanishi sport bilan shug'ullanmaydiganlarning menyusidan farq qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |