Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi. - Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.
- Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magistrlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar — qamshiralar ishi bakalavrlari tayyorlanadigan boʻldi.
- Onalar va bolalarni muhofaza kilish xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari uzoq muddatga moʻljallangan Davlat dasturlarida ["Onalar va bolalar skriningi" (1998), "Soglom avlod" (2000), "Ona va bola" (2001), "Ayollar va oʻsib kelayotgan avlodlar sogʻligʻini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida" (2002)] belgilab beriddi. Ekstragenital kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan taʼminlash hajmi koʻpaytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador boʻlish va tugʻishning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari ancha faollashtirildi. Tugʻma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tugʻilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining oʻtkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |