MUSTAQIL ISHI O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika Instituti
Mavzu:Shifoxonada formulyar tizimni qo’llanilishi
Bajardi:Abdurahmonov Islomjon
Tekshirdi:Ikramova Go`zal
Reja: - 1. Shifoxona dorixonasi, vazifalari, shtatlari. 2. Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi va jixozlanishi. 3.Bo‘limlardan dori vositalarini talabnomalar asosida berish tartibi. 4.Shifoxonada formulyar tizimini qo‘llanilishi. 5.Dori vositalaridan oqilona foydalanishda AVS va VEN tahlillarni qo‘llash. 6. Doimiy faoliyatdagi xay’at vazifalari. 7.Farmakoiqtisodiy tahlilning farmatsevtika faoliyatidagi o‘rni, farmakoiqtisodiy tahlil usullari .
1.Shifoxona dorixonasi,vazifalari, shtatlari Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi dorixona bemorlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, bog‘lov materiallari, sanitariya va gigiena ashyolari, dezinfeksiya vositalari hamda boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Statsionar sharoitda shifoxonalarda, dispanserlarda, tug‘ruqxonalarda va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlarning dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishi turli mulk shaklidagi dorixonalar yoki shifoxonalar qoshidagi dorixonalar (shifoxona dorixonasi) orqali amalga oshirilishi mumkin. Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi farmatsevtika faoliyatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida olib boradi va litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etilmaydi. Davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo‘ysunadi, ushbu muassasaning tuzilmaviy tarkibi hisoblanadi va bo‘limlari bilan bir xil teng huquqqa ega bo‘ladi. Dorixonaning ish tartibi bosh shifokor tomonidan belgilanadi. - 1.Shifoxona dorixonasi,vazifalari, shtatlari Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi dorixona bemorlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, bog‘lov materiallari, sanitariya va gigiena ashyolari, dezinfeksiya vositalari hamda boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Statsionar sharoitda shifoxonalarda, dispanserlarda, tug‘ruqxonalarda va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlarning dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishi turli mulk shaklidagi dorixonalar yoki shifoxonalar qoshidagi dorixonalar (shifoxona dorixonasi) orqali amalga oshirilishi mumkin. Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi farmatsevtika faoliyatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida olib boradi va litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etilmaydi. Davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo‘ysunadi, ushbu muassasaning tuzilmaviy tarkibi hisoblanadi va bo‘limlari bilan bir xil teng huquqqa ega bo‘ladi. Dorixonaning ish tartibi bosh shifokor tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |