FLOGISTON NAZARIYASIGACHA FANNING RIVOJLANISHI
Ingliz faylasufi Verulamskiy Frensis Bekon (1561- 1626 yy.) o`z asarlarida eski cherkov ta`siri ufurib turgan deduktiv bilish o`rniga, tajriba yo`li orqali bilishning induktiv usulidan foydalanishni targ`ib qildi. F.Bekonning o`rgatishicha, ilmiy tadqiqotning asosiy yo`li va rivoji avvaldan puxta rejalashtirilgan asosiy eksperimental ishlarini yo`lga qo`yishdir. Analitik geometriyaning asoschisi, faylasuf Rene Dekart (1596-1650 yy.) barcha jismlar xar xil shakl va o`lchamlardagi mayda zarrachalardan tarkib topgan, ularning orasida "juda siyrak materiya" mavjud deydi. Shu bilan birga, Dekartning fikricha, korpuskulalar (corpuscula - mayda zarracha) xam yaxlit materiyadan iborat iborat bo`lib, ular bo`linishi mumkin. Korpuskulalar tuzilishini o`rganishda P. Gassendi (1592-1655 yy.) Эpikur atomistikasi bilan diniy tushunchalarni uyg`unlashtirib qo`shib yuboradi, ammo atomlar va ular orasida bo`shliqlar mavjudligini tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |