Mustaqil ishi Mavzu: O`zbekiton Respublikasining bozor munosabatlariga o`tish konseptsiyasi va strategiyasi. Tekshirdi: Hudoyberdiyev M. Bajardi: Choriqulov D. Reja



Download 23,93 Kb.
bet6/6
Sana26.04.2022
Hajmi23,93 Kb.
#582744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ITT.Diyor.Mustaqil ish.

5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bu o’zini oqlamagan totalitar rejali iqtisodiy tizimdan istiqboli amalda tasdiqlangan erkin rivojlanuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu tizimlarning negizlari xilma-xil, rivojlanish qonun va qoidalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tishda shoshilish yaramaydi. Yangi iqtisodiy, bozor munosabatlariga puxta o’ylab, bosqichma-bosqich o’tish zarur. Bozor iqtisodiyotiga evolyutsion yo’l bilan o’tish muhim ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarining mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning «jadallashtirilgan», «shok holatiga tushirib davolash» g’oyasi bizning respublikamiz uchun nomaqbul yo’ldir. Chunki, ko’nikib qolgan turmush tarzidan, qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan yangisiga o’tish, kishilarning unga moslashishi mashaqqatli bo’lib, qiyin kechadi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish mavjud ma’muriy-rejalashtirishga asoslangan totalitar iqtisodiyotni ta’mirlash, davr talabiga moslashtirish «qayta qurish» emas. Aksincha, iqtisodiyotning tamomila yangilanishi, o’zini oqlamagan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan iqtisodiy tizimdan istiqboli rivojlangan va shu yo’lni tanlagan mamlakatlar tajribasida sinalgan bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tishdir. Bu tizimlar bir-biridan tubdan farq qiladi (II bob). Shuning uchun totalitar tizim o’z-o’zidan bozor tizimiga aylana olmaydi. Tarixda hech qachon bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga qisqa vaqt ichida o’tilmagan.

Bozor iqtisodiyoti murakkab tizim. Uning tarkibi ketma-ket shakllanadigan unsurlardan iborat bo’lib, ularni birdan yaratib bo’lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti uzoq yillar davomida shakllangan. U tegishli infrastrukturani, huquqiy asoslar bo’lishini, qonunlarni amal qilishini ta’minlovchi mexanizmni vujudga keltirishni talab qiladi. Vujudga keltirilgan mexanizm ham birdaniga ishga tushib ketmaydi, u asta-sekin izga tushadi, takomillashib boradi.

Mamlakatimizda ham avvalo tegishli huquqiy asosni, bozor infrastrukturasini, yangi sharoitda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak. Odamlarning fikri, dunyoqarashining o’zgarishini yangicha fikrlashga o’rgatish kerak. Eskicha fikrlashdan xoli bo’lmay isloh qilish yo’lidan olg’a borish, tamomila yangicha munosabatlarni joriy etish mumkin emas.


«O’zbek modeli» bozor iqtisodiyotiga katta sakrashlar, tubdan vayron qilish yo’li bilan emas, balki bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ketma-ket o’tishga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir bosqichi amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining bir halqasi bo’lib, unga strategik jihatdan ustuvor yo’nalishlar belgilanadi. «Islohotni amalga oshirishda uning bosqichlari izchil bo’lishi muvaffaqiyat garovidir. Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan demokratik jamiyat barpo etishdan iborat pirovard maqsad unga olib boruvchi har bir bosqichda o’z ifodasini topmog’i kerak.»
Xar bir bosqichda aniq maqsad qo’yilib, uni amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi. Belgilangan vazifalarni hal etish uchun puxta ishlab chiqilgan real mexanizmni shakllantirish zarur.

Bir bosqichni tamomlagandan keyingina zarur sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o’tish mumkin.


Shu bilan birga, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, «Besh tamoyilning hammasi ham demokratik va iqtisodiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga bozorga bosqichma-bosqich o’tish tamoyili alohida ahamiyatga ega. Bu etakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi»1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, totalitar tizimning vayron bo’lishi iqtisodiy tushkunliklar bilan birga yuz berdi. Natijada xalqning turmush darajasi pasayishiga olib keldi. Tarixchi N. Verneka Sodre reformalar davrida jamiyatning rivojlanishini kvadrat shaklidagi g’ildirakning aylanishiga qiyoslagan. Bunday g’ildirak nihoyatda qiyinchilik bilan aylanadi, har bir siljishi uchun nihoyatda ko’p kuch talab etiladi. Jamiyatning barcha a’zolari birgalikda g’ildirakni joyidan siljitishga harakat qilsa, uning yurishi engillashadi va borgan sari silliqlashib, aylana shaklini oladi.

Foydalanilgan manbalar:
1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T., «O’zbekiston» 1995y

2 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y



3 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y

4 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y
Download 23,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish