Navoiy Davlat konchilik instituti
Kimyo-metallurgiya fakulteti
1-20 IQ guruhi talabasi
Choriqulov Diyorbekning
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:O`zbekiton Respublikasining bozor munosabatlariga o`tish konseptsiyasi va strategiyasi.
Tekshirdi: Hudoyberdiyev M. Bajardi: Choriqulov D.
Reja
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.
2.Davlat — bosh islohotchi.
3.Qonunlarning ustuvorligi.
4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan, ochiq demokratik davlat barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchlidemokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir».
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozoriqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi2 yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari,xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular:
1.O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan
«Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bular dehqonchilikni sug’oriladigan erda olib borilishi, erni hosilbay ijaraga olib ishlov berish, ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoa bo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’zini boshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish va mayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va hokazolardan iborat. Tom-orqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi.
2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim asosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq.
3.O’ziga xos sotsial-demografik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibida yoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi (migratsiya-si) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarziga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmush tarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi — uning haqiqiy boyligidir.
5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhur Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQSh dollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi. Bulardan tashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uning o’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi.
O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi.
Bu kontseptsiya Prezidentimiz I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan.
«O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksini topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |