O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNVERSITETI
TABIIY FANLAR FARKULTETI
EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI YO`NALISHI
2-1 ECO-20 GURUH TALABASI
AVEZOVA SHAXLONING
GIDROEKOLOGIYA
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:KOLEKTOR-ZOVUR SUVLARIDAN SAMARALI
FOYDALANISH
Reja:
Suv resurlari haqida ma`lumot.
Yer osti va sizot suvlaridan foydalanishning shart-sharoitlari.
Yer osti suvlaridan foydalanishda ishlatiladigan qurilmalar va suv olish inshootlari.
Limanlar bilan sug’orish.
Suv resurslari xaqida. Suv, Yer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, xozirgi kunda tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib bo’lmaydi. Bu bilan birga «suv resurslari» tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya faqatgina tabiatga xos bulmay balki ijtimoiy-tarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o’zgarib turadi. Xozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o’rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun‘iy ravishda chuchuklashtirilgshan, tozalangan suvlardan iborat bulib, ayni paytda xalq xujaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va ishlatilishi mumkin bulgan suv manbalari yigindisidir.
Xajmi, miqdori, hosil bulish va joylashish o’rniga bog’lik holda suv manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo’linadi. Xalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy (umuminsoniy) suv resurslari bir-biridan farqlanadi.
Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurs qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zahirasi asrlar davoimda o’zgarmas bulishi va ikkinchidan, insonning xujalik faoliyati ta‘sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jixatjan o’z-o’zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi kerak.
O’lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko’llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o’rtacha minerallashga
suvlardan iborat. Bularga qushimcha ravishda muz osti va muz ko’llari suvlarini, termal (issiq) yer osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarining bir qismini, atmosfera yog’inlarini va tuproqdagi namlikni kiritish mumkin.
Demak, joylashishi o’rniga ko’ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari bir-biridan farq qiladi. Lekin, ular o’zaro uzviy bog’langan. Quyida o’lkamizning yuza suv resurslari sifatida oqim hosil bulish joyida kelayotgan suv miqdori tushuniladi va ular daryolarning tog’lardan chiqish joyidagi suv o’lchash postlari ma‘lumotlari asosida baholangan. Shu bilan birga o’lkamizda mavjud bo’lgan ko’llar va suv omborlarining suv resurslari, ularning tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida sarflanishi, suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritildi.
Suv resurslarining daryolar havzalari boyicha taqsimlanishi. O’rta Osiyoning yuza suv resurslari o’lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog’liq holda g’oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog’lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko’pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qushilmaydi.
O’lkamiz tog’larida sertarmoq daryolar, katta – kichik soy va jilg’alar juda ko’p. Tog’larni o’rab olgan tog’oldi tekisliklarida ancha zich bo’lgan sun‘iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarak-atrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan ariqlardan va shuningdek zovur hamda kollektorlardan iborat.
2 Suv resurslarining tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida sarflanishi. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun ularning qaysi yo’llar bilan sarflanishishi bilish zarur. Ma‘lumki, suv resurslari ikki yo’l bilan - tabiiy va inson xujalik faoliyati, ya‘ni antropogen omillar ta‘sirida sarflanadi.
Suv resurslarining tabiiy sarflanishi quyidagi yo’llar bilan ruy beradi: daryolar o’zanidan, ko’llar kosasidan buladigan shimilish ko’rinshida, suv yuzasidan buladigan bug’lanish, namsevar yovvoyi usimliklar tanasidan transpiratsiya yo’li bilan bug’lanish, daryoda suv toshgan davrda uning ma‘lum bir qismining qayirda qolishi va hokazolar. Davlat Gidrologiya instituti ma‘lumotlariga ko’ra o’tgan asrning 70-yillarida dunyo oqimining tabiiy sarflanishi Sirdaryo va Amudaryo havzalarida mos ravishda yiliga o’rtacha 1,7 va 3,3 km3 ni tashkil etgan.
Tabiiy sarflanish miqdori daryoning suvliliga bog’lik, ya‘ni daryoda suv qancha ko’p bo’lsa, sarflanish ham shuncha katta miqdorda kuzatiladi.
Suv resurslarining insonning xujalik faoliyati, ya‘ni antropogen omillar ta‘sirida sarflanishi ularning irrgatsiya, maishiy-kommunal va sanoat tarmoqlarida ishlatilishi bilan bog’lik.
Suv resurslarining antropogen omillar ta‘sirida sarflanish jarayoni yaxshi o’rganilmagan. Afsuski, bu muammoning yechimi ustida olib borilayotgan tadqiqotlar xozirgi kunda ham talab darajasida emas.
O’lkamiz sharoitida suv resurslarining katta qismi –90%dan ortiqrog’i irrigatsiya maqsadlarida sarflanadi. Bu sarflanish ekin maydonlari, suv omborlari, sug’orish kanallari, kollektor-zovurlar yuzasidan buladigan bug’lanishdan, yangi o’zlashtirilgan yerlardagi, yangi qurilgan suv omborlaridagi qaytarma suvlarning yig’ilishidan va xokazolardan iborat buladi.
Bug’lanish hisobiga buladigan sarflanishning barcha turlari doimiy jarayondir. Hisoblashlarning ko’rsatishicha bug’lanishning eng katta miqdori ekin maydonlariga tug’ri keladi. Kuzatish ma‘lumotlariga ko’ra bug’lanishning bu turi umumiy yuqotilgan qiymatga nisbatan Sirdaryo havzasida 46-63% oralig’ida, Amudaryo havzasida esa 30-36% atrofidadir. Har ikki havzada 60-yillar boshida bu miqdor yiliga 28,3 km3 bo’lgan bo’lsa, 70-yillar oxiriga kelib yiliga 47,2 km3 ga yetdi.
Sug’orishning ilg’or usullari – yomg’irlatib sug’orish juyaklarga ma‘lum miqdorda suv berish kabilarni qullash bilan bu yunalishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Dalalarni ihotalash ham ekin maydonlaridan buladigan samarasiz bug’lanishni kamaytiradi.
Suv omborlari yuzasidan buladigan bug’lanish miqdori ham o’lkamiz sharoitida ancha katta qiymatlarda kuzatiladi. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan va oldingi mavzularga kayd etilgan ma‘lumotlarni keltirish kifoyadir.
Ma‘lum miqdordagi suv resurslari sug’orish kanallari yuzasidan bug’lanishga sarflanadi. V.A.Duxovniy va S.L. Mirkinlarning hisoblashlaricha, o’lkamizda kanallar yuzasidan buladigan bug’lanish irrigatsiya maqsadlarida olinadigan umumiy suv miqdoriga nisbatan 1%dan ortmaydi. Lekin, yirik kanallarda uning qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, P.M.Lurening kuzatishicha Qoraqum kanalida bug’lanishning bu turi umumiy olinadigan suvga nisbatan 2,9%ni tashkil etadi.
Suv resurslarining juda katta qismi daryolar va kollektor-zovurlar suvlarining tabiiy botiqlarga oqizilishi tufayli yuqotilmoqda. Masalan, Arnasoy ko’llar tizimi 1969 yilda Sirdaryo toshqin suvining bir qismini (20 km3 ga yaqin) shu joydagi tabiiy botiqqa oqizilishi natijasida paydo buldi. Xozirgi kunda Arnasoydagi suv xajmi 20 km3 dan ortiq bulib, har yili unga 2 km3 xajmdagi kollektor-zovurlar suvlari hamda shu miqdorga yaqin Sirdaryo suvi kelib qushilmoqda.
O’tgan asrning 690-yillarida quyi Amudaryo zonasida yangi yerlarni o’zlashtirish natijasida Sarikamish ko’li, Amu-Buxoro kanali zonasidagi yerlarni o’zlashtirish natijasida Dengizko’l, Porsonko’l, Qoraqir ko’llari, 70-yillarning o’rtaolariga kelib Qarshi cho’llarini o’zlashtirish natijasida esa Sultontog’ ko’li paydo buldi. Umuman 15 yil ichida (1965-1980 yillar) Amudaryo havzasida tabiiy botiqlarga yig’ilayotgan suv miqdori yiliga 2 km3 dan 6 km3 ga yetdi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko’ra 70-yillarning oxiriga kelib bu miqdor umumiy yuqotilgan suvga nisbatan Sirdaryo havzasida 6,0%ni, Amudaryo havzasida esa 10,8%ni tashkil etdi.
Yangi o’zlashtirilgan yerlarni sug’orishda suvning bir qismi tuproq g’ovaklarida tuplanish – akkumulyatsiya ko’rinshida yuqotiladi. Yirik sug’orish massivlarida bu miqdor ancha katta buladi. Masalan, Mirzacho’lni o’zlashtirish davomida tuproqdagi g’ovaklarni tuldirishga 7,6 km3 suv yoki boshqacha qilib aytganda shu massivga umumiy olingan suvning 15% sarf bulgan. Yetarli darajada va unumli ishlaydigan kollektor-zovur tarmoqlariga ega bulganimizdagina yuqoridagi sarfni kamaytirish mumkin.
Suv resurslarining bir qismi suv omborlarini tuldirishga ham sarf buladi. Shuni ta‘kidlab utish lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) xajmini tuldirishga buladigan sarf vaqtinchalik bulsa (ya‘ni istalgan vaqtda undan foydalanishimkoni bor), foydasiz (o’lik) xajmini tuldirishga ketgan suvdan foydalanishda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Masalan, 60-yillarning ikkinchi yarmida Sirdaryo havzasida suv omborlarini tuldirish uchun yiliga qushimcha 1 km3 suv sarflangan bulsa, 70 – yillarning oxirida uning qiymati 2,45 km3 ga yetdi yoki umumiy yuqotilgan suvga nisbatan 3,5% dan 7,4% ga ortdi. Bunday sarflanish birinchi holda Chordara suv ombori hisobiga bulsa, ikkinchisida esa Andijon, Tuxtagul suv omborlari tufayli buldi. Norak, Tudakul, Tolimarjon va boshka suv omborlari tufayli bo’ldi.
O’rta Osiyodagi eng yirik suv omborlarining loyihaviy suv xajmlari
Suv ombori Tuldirish boshlangan yili Suv yuzasi maydoni, km2 Suv xajmi, km3
Norak 1972 98 10,6 4,5 6,0
Tuxtagul 1973 284 19,6 14,0 5,5
Ma‘lumki, har ikki suv ombori ham, asosan, gidroenergetika maqsadlariga muljallangan. Loyihadagi quvvatga erishish uchun doimiy ravishda foydasiz xajmda juda katta miqdordagi – 11,5 km3 suvni ushlab turish kerak buladi.
Suv resurslarining yuqorida keltirilgan sarflanish turlaridan tashqari hisobga olish imkoni bulmagan ko’rinishlari ham mavjud. Ular hisobga olinmagan ekin maydonlaridan buladigan bug’lanish, kanallar atrofida yer osti suvlari linzasining hosil bulishi, kanallar trassasi buylab o’zanning buzilishi va filtratsiya (shimilish) natijasida ko’llar vujudga kelishi kabilardan iborat. Ye.N.Minaevaning aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o’zidagina uni 20 yil ekspluatatsiya qilish davomida, 21,7 km3 xajmdagi suv yer osti suvlari linzasi hosil bulishiga sarf buladi. Xuddi shu ko’rinishdagi sarflanish Amu-Buxoro kanali zonasida 2,4 km3 ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km3 ni tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta‘sirida yuqotish DGI ma‘lumotiga ko’ra 70-yillarda Sirdaryo va Amudaryo havzasida mos ravishda yiliga 4,3 km3 va 15,5 km3 ga teng bulgan. Ko’rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda kattadir.
F.E.Rubinova ma‘lumotlariga asoslanib, quyidagi xulolsaga kelish mumkin: 20 yil (1960-1980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo havzasida yiliga 14,2 km3 dan 26,1 km3 yetgan bo’lsa, Amudaryo xavzasida 15,6 km3 dan 34,2 km3 ga ortdi. Boshqacha qilib aytganda har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 19,4 mln.m3 ni, Amudaryo xavzasida esa 20,5 mln.m3 ni tashkil etdi. Xozirgi kunda ham asosiy ekin turi hisoblangan har gektar paxta maydonini sug’orish uchun bir mavsumda urtacha 8-10 ming m3 suv me‘yor sifatida qabul qilinishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini ko’ramiz. Bu esa o’lkamiz suv boyliklaridan samarali foydalanishning asosiy rezervidir.
3 Suv resurslarini muhofaza qilish. Ma‘lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yunalishda olib boriladi. Birinchisi, miqdoriy jixatdan kamayishdan saqlash bo’lsa, ikkinchichi uning ifloslanish va minerallashish darajsining ortib ketishini oldini olishdir. Xozirgi vaqtda o’lkamizda yuqoridagi har ikki yunalish ham juda muhimdir.
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bulishiga qaramasdan, uni tejashga kam e‘tibor berilyapti, natijada suvning ko’p qismi bekorga sarf bulmoqda. Deyarli barcha iste‘molchilar doimiy ravishda me‘yordan ko’p suv olishga xarakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida yer osti suvlari sathining ko’tarilishiga, yerlarning qayta shurlanishiga olib kelmoqda. O’z navbatida shurni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada sug’oriladigan yerlarda hosil buladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. Shundan ko’rinib turibdiki, sug’orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga avvalo, kanallar o’zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo’li bilan sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsientini 0,7-0,8 ga yetkazib, hamda yuqorilda aytilganidek, sug’orishning ilg’or usullarini qullash bilangina erishish mumkin.
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri sug’orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Respublikada bu suvlar asosan ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiy-kommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan buladi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko’ra 1971-1975 yillarda Fargona vodiysida irrigatsiya maqsadlarida yiliga o’rtacha 19 km3 suv sarflangan bo’lsa, hosil bo’lgan qaytarma suvlar 9 km3 ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho’lda yiliga 6,3 km3 suv olinib, qaytarma suvlar 2,2 km3 ga teng bo’lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug’orish massivlarida 1961-1980 yillar mobaniyda qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2% dan 62,6%gacha o’zgarib turadi. 70-yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potentsial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 km3 ni (sug’orishga olingan suvning 49,3%), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km3 ni tashkil etdi.
Afsuski, kaytarma suvlarning juda katta qismi tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada ular Sirdaryo va Amudaryoga kelib qushilmaydi.
ma‘lumotlaridan qaytarma suvlarning miqdori keyingi yillarda keskin ortganligi yaqqol kurinib turibdi.Umuman, 1956-1980 yillar mobaynida tabiiy botiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar xajmi 77,1km3 ni tashkil etgan.
Yuqoridagi misollar suvni miqdoriy kamayishdan muhofaza qilishning muhim istiqbollaridan darak beradi. Shu bilan bir qatorda suvning sifatini muhofaza qilish, ya‘ni tabiiy manbalarga oid oqava, qaytarma va boshqa turdagi chiqindi suvlarning qushilishi natijasida ifloslanishdan saqlash ham juda muhimdir.
Yukorida aytilgan asosiy masalani hal qilishda, ko’pchilik olimlarning fikricha quyidagi choralarni nazarda tutish lozim.
1. Shaharlarning oqava suvlaridan dehkonchilik, asosan yem-xashak yetishtiriladigan dalalarini sug’orishda foydalanish mumkin, chunki tajribalarning ko’rsatishicha ular tarkibida ko’p miqdorda organik ug’itlar, jumladan, o’rtacha 50 g/m3 azot, 10 g/m3 fosfor, 30 g/m3 kaliy, 100 g/m3 kaltsiy va magniy mavjud buladi. Albatta gigiena nuqtai-nazaridan, bunday dalalarda tug’ridan-tug’ri iste‘mol qilinadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o’tkazilgan hamda maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiy-kommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan buladi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko’ra 1971-1975 yillarda Fargona vodiysida irrigatsiya maqsadlarida yiliga o’rtacha 19 km3 suv sarflangan bo’lsa, hosil bo’lgan qaytarma suvlar 9 km3 ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho’lda yiliga 6,3 km3 suv olinib, qaytarma suvlar 2,2 km3 ga teng bo’lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug’orish massivlarida 1961-1980 yillar mobaniyda qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2% dan 62,6%gacha o’zgarib turadi. 70-yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potentsial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 km3 ni (sug’orishga olingan suvning 49,3%), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km3 ni tashkil etdi.
Afsuski, kaytarma suvlarning juda katta qismi tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada ular Sirdaryo va Amudaryoga kelib qushilmaydi.
2-jadval ma‘lumotlaridan qaytarma suvlarning miqdori keyingi yillarda keskin ortganligi yaqqol kurinib turibdi.Umuman, 1956-1980 yillar mobaynida tabiiy botiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar xajmi 77,1km3 ni tashkil etgan.
Yuqoridagi misollar suvni miqdoriy kamayishdan muhofaza qilishning muhim istiqbollaridan darak beradi. Shu bilan bir qatorda suvning sifatini muhofaza qilish, ya‘ni tabiiy manbalarga oid oqava, qaytarma va boshqa turdagi chiqindi suvlarning qushilishi natijasida ifloslanishdan saqlash ham juda muhimdir.
Yukorida aytilgan asosiy masalani hal qilishda, ko’pchilik olimlarning fikricha quyidagi choralarni nazarda tutish lozim.
1. Shaharlarning oqava suvlaridan dehkonchilik, asosan yem-xashak yetishtiriladigan dalalarini sug’orishda foydalanish mumkin, chunki tajribalarning ko’rsatishicha ular tarkibida ko’p miqdorda organik ug’itlar, jumladan, o’rtacha 50 g/m3 azot, 10 g/m3 fosfor, 30 g/m3 kaliy, 100 g/m3 kaltsiy va magniy mavjud buladi. Albatta gigiena nuqtai-nazaridan, bunday dalalarda tug’ridan-tug’ri iste‘mol qilinadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o’tkazilgan hamda foydalanish eng muhimi suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvidan saqlash asosiy vazifa bo’lib qoldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv manbalarini sifat jixatdan muhofaza qilishning birorta universal usuli yuq. Asosiy yunalish-oqava suvlarini kamaytirish yoki umuman tuxtashi bulib, u bir qancha yerdamchi choralar tufayli amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish jarayonida uni muhofaza qilish ularning hammasi uchun xos bo’lgan umumiylikdir. Boshqacha qilib aytganda suv boyliklarini ximoya qilish faqat taqiqlashlaru chegaralashlardan iborat emas. Bu yulda notug’ri yunalishlarga tezda chek quyish, oldindan tadbirlar belgilash yo’l quyilishi mumkin bulgan xatolardan ogohlantirish ham muhimdir.
Odatda yer osti suvlari yer usti suvlarining infiltrasiyasi tufayli paydo bo’ladi, joylashish chuqurligiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
-yer yuzasiga yaqin suvlar
-sizot suvlari (grunt)
-artezian suvlari va ba'zi qatlamlar orasidagi bosimsiz suvlar.
Yer yuzasiga yaqin suvlar - bu suv utkazmaydigan alohida karalgan ba'zi qatlamlar ustida ayerasiya zonasida yer osti suvlarining vaqtinchalik yoki mavsumiy to’planishidan hosil bo’ladi. Bu yer osti suv turi sug’orishda amalda foydalanilmaydi, ba'zan q’ishloq’joylarni suv bilan ta'minlashda ishlatiladi. Suvning sifati turlicha, ifloslanishga moyil va suv zaxirasi doimiy emas. Ular ko’p xollarda tuproq’ning ortiqcha namlanishiga olib keladi.
Sizot suvlariga esa birinchi suv o’tkazuvchi qatlamdan suv utkazmaydigan qatlamgacha bo’lgan chuqurlikda joylashgan suvlar kiradi. Suv o’tkazuvchi qatlam bor qalinlikda suv bilan tuyinmagan bo’ladi ( chunki SSS dan yuqorida ayerasiya zonasi mavjud), shuning uchun sizot suvlari yerkin suv yuzasiga ega, ya'ni bosimsiz bo’ladi. Ular bevosita atmosfyera eg’inlari hisobiga, ya'ni ularning infiltrasiyasi hisobiga hosil bo’ladi. Shu boisdan ularning oziqlanish va tarkalish yuzasi bir-biriga tyong bo’ladi.
Sizot suvlarining sathi atmosfera yog’inlari miqdoriga qarab tez-tez o’zgarib turadi: qor erigan va ko’p emg’ir ekkan payti ko’tariladi va qurg’oqchiliqpayti pasayadi.Sizot suvlari ifloslanmagan ,ulardan foydalanish imkoniyati mavjud, chunki uncha chuqur joylashmagan. Ulardan q’ishloq’larni suv bilan ta'minlashda kyong foydalaniladi, sug’orishda esa kamrok ishlatiladi.
Artezian suvlari deb yer ostining suv utkazmaydigan qatlamdan
pastda va suv o’tkazuvchi qatlam tarkibida mavjud bo’lgan bosimli suvlarga aytiladi. Artezian suvlari yer yuzasiga buloklar, jilgalar kurinishida chiqishi mumkin, ular toza, suv sarfi nisbatan doimiy. Shaxar va q’ishloq’larni suv bilan ta'minlashda va suv kamchil joylarda sug’orishda ishlatiladi.
Sug’orishda yer osti suvlari uncha keng ishlatilmaydi. Ularning hisobiga sug’orilgan maydonni kyongaytirish mumkin. Lyoki n bir qancha shartlarga rioya qilish kyerak, ya'ni ulardan foydalanilaetganda yer osti suvlari xajmi va suv sarfiga qarab ishlatish zarur aks holda yer osti suvlari manbaining zaxiralari tugab kolishi mumkin. Shu sababdan, yer osti suvlari foydalanishda ular batafsil tadkikot qilinishi kyerak. Tekshirishlar natijasida ularning zaxirasi va to’ldirish jadalligi xaqida ma'lumotlar to’planadi. Tadkikot paytida yer osti suvlari nima hisobiga tuyinadi: daryodanmi yoki daryo ulardanmi? Lyoki n shuni nazarda tutish kyerakki , yer usti va yer osti suvlari uzviy bog’langan .
Yer osti suvlaridan sug’orishda foydalanishda:
- buloqlarni kaptaj qilish ;
- shaxtali va quvurli kuduklar ;
- nasoslar ( agar bosimsiz bo’lsa);
- suv oluvchi galyeriyalar va kyarizlar (shtolyonlar) qo’llaniladi .
Mahalliy oqimlardan sug’orishda foydalanish vaqti-vaqti bilan qurg’oqchiliqbo’lib turadigan rayonlarda kyong tarkalgan. Ma'lumki, bunday rayonlarga nam bilan ta'minlanganlik koeffisiyonti birga tyong bo’lgan (namligi turgan bo’lmagan zonalar) rayonlar kiradi. Bu xududda nam miqdori ortiqcha bo’lgan yillar katta qurg’oqchi yillari bilan almashinib turadi va bunda yoki nlar butunlay ko’rib kolishi mumkin.
Mahalliy oqim deb - uncha katta bo’lmagan fizikaviy - geografik rayonlarda hosil bo’ladigan yer usti oqimiga aytiladi. Sug’orishda va suv ta'minoti uchun yirik daryolar suvidan foydalanish bilan birga mahalliy oqimdan foydalanish muxim ahamiyatga egadir. Ba'zi rayonlar uchun mahalliy oqim asosiy suv manbai bo’lib xizmat qiladi. Mahalliy oqim shuningdek axoli punktlari, sanoat qorxonalari, balikchiliq, suv transporti, gidroyonyergetika, madaniyat va sanitariya ehtiejlari uchun ham xizmat qiladi. Mahallay oqimni rostlamasdan turib foydalanib bulmaydi yoki bu imkoniyat cheklangan. Shu sababdan mahalliy oqimdan foydalanish bahor paytida ma'lum joylarga yigilgan suv oqimini rostlashga, ya'ni tartibga solishga asoslangan. Bu quyidagi ikki usulda amalga oshiriladi:
1) relef pasaygan joylarda xovuz-sun'iy suv omborlari yerdamida.
2) limanlar qurish yo’li bilan.
Liman - bu qiyaligi 0,002...0,003 chegarasida bo’lgan qiya yon bagirda joylashgan uchastka. Bu uchastka uzidan yuqorida joylashgan uchastkadan joy gorizontali buylab oqib tushadigan limanlarda uning (ya'ni limanning) pastki chegarasi bo’yicha o’tadigan tuproq’dan qilingan maxsus valiklar bilan tutib turiladigan mahalliy suv oqimidan sug’oriladi. Limanlar bilan sug’orishning vazifasi asosan ozuqa va boshqa yoki nlar etishtirish uchun tuproq’da suv zaxirasi hosil qilishdir. Bu usul yuqorida aytgandek, qurg’oqchiliq, lyoki n bahorgi okindi suvlarga ega joylarda ishlatiladi. Liman bilan sug’orish ko’proqVolga bo’yida, Shimoliy Kavkazda, Shimoliy va Garbiy Sibirda, Kozogistonda qo’llaniladi.
Limanlar suv manbaiga, oqimning rostlash usuliga, suv bostirish chuqurligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Suv manbaiga nisbatan
a) bevosita tuladigan;
b) daryo va suv omborlaridan tuladigan;
v) kanallardan tuladigan .
Suvni rostlash usuliga nisbatan
a) bir yarusli ;
b) ko’p yarusli :
1) bostirish davomiyligini rostlovchi ;
2) alohida yoki ketma-ket rostlovchi ;
v) suv o’tkazuvchi ochiqliman;
g) qurama (kombinirlashgan) ;
Suv bostirish chuqurligiga nisbatan
a) sayoz liman (h=15 ...40 sm) ;
b) o’rtacha suv bostiruvchi (h= 40...70 sm);
v) chuqur suv bostiruvchi (h > 70 sm ).
Limanlar qo’llaniladigan joylar nishabligi i=0,005 gacha bo’lishi kyerak. Eng yaxshi sharoit nishablik i= 0,001 atrofida hosil bo’ladi, chunki valik yoki dambalar balandligi uncha katta bo’lmagan holda katta maydonda limanlar qurish mumkin. Limanlarni loyihalashda limanlar maydoni 5000 ga va undan katta bo’lsa oqimning hisobiy ta'minlanganligi texnikaviy-iqtisodiy hisoblar natijasida belgilanadi. Masalan Volga bo’yi uchun 30...40 % li ta'minlanganlik, Kaspiy bo’yi past tyoki sligi uchun 60 % qabul qilingan.
Limanlar quyidagi afzalliklarga ega:
-odatdagi sug’orishga nisbatan arzon
-qurish va tuzilishi jixatidan oddiy va foydalanishga qulay
-balandlik joylarda suv ko’tarish uchun mexaniqyonyergiya talab kilmaydi
-toshqinlarni kamaytiradi
-yeroziya jarayonini kamaytiradi
Bulardan tashqari oqimni yil davomida kayta taqsimlanishini ta'minlaydi, suvdan foydalanishni yaxshilaydi, tuproq’namligini oshiradi, tuproq’yuvilib ketishini kamaytiradi, ko’p mehnat talab kilmaydi, shuning uchun axoli kam joyda ham ishlatish mumkin. Tuproq’da gumus to’planishini ta'minlaydi va sho’rlangan yerlarga ijobiy ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |