Prujina va ressoralar: uchun po’latlar Plastik deformatsiyaga yo'l qo'yilmaydi. Kremniy va marganes bilan legirlanadi. Toblanish va toblanish qalinligi yuqori. 65; 70; 65G; 60S2; 70S3A; 60SG; 40XFA. Sharikli va rolikli podshipnik po’latlari Xar xil qutbli mujassamlantirilgan (ideal’niy) kuch ta’sir qiladi. Qattiq, yeyilishga chidamli va nuqtaviy charchamasligi (kontaktnaya ustalost’) kerak. ShX4; ShX15; ShX15SG; ShX20SG. Ba'zi gruppa po'latlar ko'shimcha ravishda tegishli Harflar bilan belgilanadi, masalan, sharikaviy va rolikaviy podshipnik po’latlari Sh harfi bilan, magnitaviy po’latlar - E, elektrotexnikaviy po'latlar - E, tezkesar po’latlar esa R haifi bilan belgilanadi. Standartga kiirnagan po'latlar xilma-xil tarzda belgilanadi. Masalan, «Elektrostal» zavodida tayyorlanadigan tajribaviy po'lat markalari El yoki EP Harflari va undan keyin qo’yiladigan tartib raqamlari bilan belgilanadi, masalan, El 154, EP 398 va xokazo (bu erda E Harfi zavod nomini, I Harll po’latning tadkikiy, P Harfi esa po’latning sinaluvchan ekanligini va raqamlar tartib nomerini bildiradi)
Shuni aytib o ’tish kerakki, ba'zi legirlovchi elementlar, masalan, Kobalti, vol fram, molibden kabi elementlar ancha qimmat, nikel esa ulardan arzonroq turadi, marganes, kremniy va xrom uncha qimmat turmaydi. Shu sababli, buyum tayyorlash uchun legirlangan po'latlar tanlashda ana shularni albatta nazarda tutish kerak.
Kremniyning ta'siri kremniy po'latning elastiklik, kislotabardoshlik, kuyindibardoshlik (Yuqori temperaturlarda oksidlanmaslik) xossalarini yaxshilaydi. Po‘latga 1-1,5% miqdorida qo’shilgan kremniy po’atning qovushqoqligini o’zgartinmagani holda uning puxtaligini oshiradi. Undan ko’p miqdorda kremniy qo’shligan po’latning magnitaviy kirituvchanligi va elektrik qarshiligi ortadi. Marganesning ta'siri - 1% dan ortiq marganes qo’shilgan po‘latning qattikligi, yeyilishga chidamliligi oshib, plastikligi kamaymaydi. Marganes ferrit tarkibiga kirib, po'latning qattiqligini oshiradi; uglerod va tmir bilan o ’zaro ta'sir etib, (FeM n),C tarkibli murakkkab karbid hosil qiladi. Marganes po’latning toblanish chuqurligini ancha oshiradi. Aluminiyning ta'siri - Aluminiy po’latning mustahkambardoshligini oshiradi. Misning ta'siri - mis po’latning korroziyabardoshligini oshiradi. Xromning ta'siri - xrom po’latning qattiqligini, puxtaligini va korroziyabardoshligini oshiradi, ammo plastikligini bir oz pasaytiradi. Po’latga xrom legirlovchi element sifatida, odatda, 1,5 - 2,5% qo’shiladi. Ammo tarkibida 30,0% gacha xrom bo’lgan maxsus po’latlar ham tayyorlanadi. Ko’p miqdorda xrom qo’shilgan po’lat zanglamaydi va uning magnitaviy xossalari barqaror bo’ladi. Nikelning ta'siri - nikel po’latni korroziyabardosh qiladi, uning puxtaligini va plastikligini, zarbiy qovushqoqligini, toblanish chuqurligini oshiradi, issiqlikdan kengayish koefftsientining o’zgarishiga ta'sir etadi. Nikelli po’lat zich bo’ladi, chunki nikel yaxshi qaytaruvchidir. Titanning ta'siri titan po'latning korroziyabardoshligini oshiradi, po'latni puxta va mayda dotiali qiladi, uning kesib ishlanuvchanligini yaxshilaydi. Titan yaxshi qaytaruvchi bo'lganligidan po'latning zichligini oshiradi. Vol-fratnning ta'siri - vo!tram po'latning qattiqligini oshiradi, chunki u uglerod bilan birikib, juda qattiq kimyoviy birikma - volfram karbid (WC) hosil qiladi. Volframli po'lat qizarguncha qizdirilganda ham o’z qattiqligini saqlab qoladi, ya'ni otashbardosh bo’ladi. Volframli po'lat toblangandan keyin bo'shatilganda Kobalti. Vanadivning ta'siri - vanadiy po'latning donalarini maydalab, qattiqligini oshiradi. Kobaltning ta'siri - Kobalt po'latning issiqbardoshligini, zarbiy qovushqoqligini va magnitaviy xossalarini oshiradi. Molibdenning ta'siri - molibden bilan legirlangan po'lat otashbardosh bo’ladi; molibden po'latning cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini, korroziyabardoshligi va kuyindibardoshligini oshiradi. Niobiyning ta'siri - niobiy po'latning kislotabardoshligini oshiradi va payvanli konstruksiyalarda korroziyalanishni kamaytiradi. Lantanning ta'siri - lantan po'latdagi govakliklami, oltingugurt miqdorini kamaytiradi, po'lat yuzasining sifatini yaxshilaydi, po'latni mayda donali qiladi. Neodimning ta'siri - neodim po'latga xuddi lantan kabi ta'sir etadi Lantan bilan neodim zanglamas va kuyindibardosh po'latlarga, shuningdek, transformator po'latiga qo’shiladi. Sirkoniyning ta'siri - sirkoniy po'lat donalarini maydalaydi Po'latga tegishli miqdorda sirkoniy qo’shish yo’li bilan uning donalarini zarur o’lchamga keltirish mumkin Uglerod miqdori ortishi bilan sementit miqdori ortib, ferrit miqdori kamayadi. Sementit qattiq va mo'rt, ferrit yumshoq va plastik. Demak, uglerod miqdori ortishi bilan po'lat qattiqligi ortib, plastikligi kamayadi. Uglerod fizik xossalari ham ta’sir qiladi: uglerod ortishi bilan magnit kirituvchanligi pasayib, elektr qarshiligi va koersitiv kuch ortadi.
Tarkibida 0,6...2% uglerod bo‘lgan ko‘p uglerodli po’ltlar o‘rtacha uglerodli po’latlardek payvandlanadi. Bu holda payvandlashning chap usulini qoilab, normal alanga yoki biroz uglerodga boyitilgan alanga bilan (uglerodi kam qo‘shimcha simdan foydalanib) payvandlash maqsadga muvofiq. Flyus sifatida buradan foydalanish mumkin. Qirralaming qalinligi 5...6 mm dan oshmaganida birikma sifatli chiqadi. Legirlangan po’latlarni payvandlashda Perlit sinflga mansub kam legirlangan poiatlani ham normal alanga bilan payvandlanadi. Flyuslar ishlatilmaydi. Legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun (xrom, molibden, kremniy) metallni o‘ta qizdirib yuborishga intilmaslik kerak. Payvandlash zonasini oldindan va yo’lakay qizdirish yoki buyumni butunlay 250...300°C haroratgacha qizdirish va soviyotgan chokni kallak alangasi yordamida qizdirish yo’l bilan sekin sovitish issiq darzlar hosil boimasligiga imkon beradi. Ko‘p legirlangan po‘latlar uchun gaz alangasida payvandlash - eng yomon payvandlash usulidir, ayniqsa bu tarkibida xrom bo‘lgan korroziyabardosh va kislotabardosh po‘latlarga taaluqlidir. Ko‘proq qizdirish zonasi korroziyabardoshlikni yo‘qotishga olib keladi. Bunday po‘latlami quvvati kam normal alanga bilan, tanaffuslarsiz, katta tezlikda payvandlash zarur. Yup qirralar chap usulda, qalin qirralar faqat o ‘ng usulda payvandlanadi. Xromli po'latlami payvandlab bo‘lgandan keyin buyumga ayni shu po‘lat uchun belgilangan rejimda termik ishlov berish tavsiya etiladi. Xrom-nikel qotishmalarni payvandlashda xromning yonib ketishini kamaytirish uchun 80% eritilgan shpatdan va 20% ferrotitandan iborat flyuslar yoki teng miqdordagi bor kislotali va buradan iborat flyuslar ishlatiladi. Flyus suvda suyultiriladi va payvandlashdan oldin detallaming har ikki tomoniga pasta ko‘rinishida qirralarga surkaladi. Jezlarni payvandlashda eng asosiy qiyinchilik - ularning tarkibiga kiruvchi ruxning bug‘lanib ketishidir. Ruxning bug‘lari zaharli, metall vannasidan vodorodga qo‘shilib chiqib, g‘ovaklar hosil qiladi. Jez issiq darzlar hosil qilishga moyil. Jezni-quvvati detaining 1 mm qalinligiga 100... 120 //soat asetilen sarfiga teng bo‘lgan oksidlovchi alanga (kislorod ortiqchaligi 30...40% gacha) bilan payvandlanadi. Ortiqcha kislorod vanna sirtida kremniy oksididan iborat parda hosil qiladi va u ruxning oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, kislorod vodorodni alangada bogiaydi, u metallda kamroq eriydi. Alanga quwatining nisbatan kamligi metalining o‘ta qizishini va ruxning bug‘lanishini kamaytiradi. Buning uchun alanga yadrosi payvandlash vannasidan 10...15 mm masofada bo lishi kerak. Alangani qo‘shimcha metallga yo‘naltirish kerak, qo'shimcha metall sifatida J1K62-05 jez sim qo‘llanadi. Uning diametrini metall qalinligiga teng qilib olinadi, biroq 9 mm dan oshmasligi zarur. Payvandlashda mis uchun ishlatilgan flyuslar kabi flyuslar ishlatiladi. Jezni tez, tanaffuslarsiz, bir o‘tishda payvandlash darkor. Bronza asosan quymadagi nuqsonlarni tuzatishda gaz alangasida payvandlanadi. Bunda eng asosiy qiyinchilik - qalay va boshqa legirlovchi elementlaming kuyib ketishidir. Quyma bronzaning mustahkamligi kam hamda mo‘rt, shuning uchun detallami payvandlashda ulami yaxshilab mahkamlab qo‘yish zarur.
Uglerod miqdori ortishi bilan po‘latlarning payvandlanuvchanligi yomonlashadi, sovuq darzlar hosil boiish ehtimoli ortadi. 0‘rtacha uglerodli po'latlarni payvandlashda faqat me’yordagi alangadan foydalaniladi, uning quvvatini kam uglerodli poiatlam i payvandlashdagiga qaraganda 20...30% kam qilib qabul qilinadi. Metallning qalinligi 3 mm dan ortiq boiganida payvandlashdan oldin 250...350°C gacha umumiy qizdirish yoki payvandlash zonasini kallak bilan 600-700°C gacha mahalliy qizdirish tavsiya etiladi. Chok metalining xossalarini oshirish uchun tarkibida 0,5 dan 1,0 gacha xrom va 2...4% nikel bo‘lgan qo‘shimcha simdan, masalan, Св 06H3 yoki Св 18ХГС dan foydalanish mumkin. Tarkibida 0,6...2% uglerod bo‘lgan ko‘p uglerodli poiatlar o‘rtacha uglerodli poiatlardek payvandlanadi. Bu holda payvandlashning chap usulini qoilab, normal alanga yoki biroz uglerodga boyitilgan alanga bilan (uglerodi kam qo‘shimcha simdan foydalanib) payvandlash maqsadga muvofiq. Flyus sifatida buradan foydalanish mumkin. Qirralaming qalinligi 5...6 mm dan oshmaganida birikma sifatli chiqadi. Perlit sinflga mansub kam legirlangan poiatlam i ham normal alanga bilan payvandlanadi. Flyuslar ishlatilmaydi. Legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun (xrom, molibden, kremniy) metallni o‘ta qizdirib yuborishga intilmaslik kerak. Payvandlash zonasini oldindan va yoiakay qizdirish yoki buyumni butunlay 250...300°C haroratgacha qizdirish va soviyotgan chokni kallak alangasi yordamida qizdirish yo’li bilan sekin sovitish issiq darzlar hosil boimasligiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |