8-shakl
9-shakl
Tirak rezbalarning yasovchisi teng yonsiz trapetsiyadan iborat bo`lib, uning bir yoni» ya`ni profilning ish bajaruvchi tomoni 3° burchak, ikkinchi yoni esa 300 burchak tashkil qiladi (11- shakl).
Bunday rezba profilining o`yiq qismi yumaloqlanadi, uchlari esa tekis kesilgan bo`ladi.
Tirak rezbalar ham trapetsiyasimon rezbalar kabi GOST 10.177—62 ga ko`ra yirik, normal va mayda qadamli, shuningdek, bir kirimli va ko`p kirimli, o`naqay va chapaqay bo`lishi mumkin.
Chizmada bunday rezbalar quyidagicha belgilanadi: tir. 46 X 10, bu erda 46rezbaning tashqi diametri, 10 —- rezba qadami.
Xuddi shunga o`xshash, diametri 70 mm va qadami 10 mm bo`lgan yirik qadamli o`nakay uch yo`lli tirak rezba «tir. 70X (3X10)» ko`rinishida belgilanadi (10- shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |