Truba silindrik rezba uncha katta bo`lmagan bosim ostida ishlaydigan suv va gaz trubalarida va, shuningdek, burchakliklar va boisha detallarda ishlatiladi. Bu rezbalar GOST 6.357-73 ga ko`ra yasalib, yumaloqlab qo`yiladi va birikmada tishlari orasida zazor qolmaydi (7-shakl).
Silindrik truba rezbalar chizmada «Trub 1"» ko`rinishida belgilanadi. Bu yerda 1" — rezba ishlangan trubaning diametri ulchamini ifoda qiladi va u 25,4 mm emas, 33,25 mm ga teng. 25,4 esa trubaning suv yoki gaz o`tadigan ichki teshigi diametrini ifodalaydi.
Truba konus rezba govori bosimda va temperaturada ishlaydigan, mustahkam va zich birikmalarni talab qiladigan truba va yasamalarda ishlatiladi.
Truba konus rezbalarning asosiy ulchamlari GOST 6.211-52 ga ko`ra yasaladi va profili yumaloqlangan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |