1-shakl
a b v
2-shakl
a b
3-shakl
REZBA TURLARI VA BELGILANISHI.
Amalda rezba hosil qilish uchun tokarlik stanogining patroniga tsilindrik sterjenni mahkamlab, unga tekis aylanmaharakat beramiz. Sungra bu sterjenga rezba uyuzchi asbob (keskich) ni yahinlashtirib, bu asbob sterjenga o`yib kiritiladi. Agar keskichga tekis ilgarilanma harakat byerilsa,sterjen sirtyda rezba deb ataluvchi vint o`ramlari hosil buladi (4-shakl). Rezbaning profili keskich asbob uchining shakliga bog`likdir. Rezba keskichning uchi, masalan, teng yonli yoki teng tomonli uchburchak, trapetsiya yoki kvadrat shaklida bo`lishi mumkin.
Uchburchak profilli rezbalar biriktirish uchun muljallangan detallarga ishlanadi, shuning uchun bunday rezbalar biriktirish rezbalari deyiladi. Boshqa profildagi» masalan, trapetsiya va to`g`ri to`rtburchak profilli rezbalar yurgizish rezbalariga tegishlidir. Bunday rezbalar asosan qo`zg`aladigan birikmalar detallariga, masalan, metall qirquvchi stanoklarning yurg`izish vintlariga, domkrat vintlariga va shunga o`xshashlarga ishlanadi.
To`g`ri to`rtburchakli rezbalardan boshqa barcha rezbalar standartlashtirilgan bo`lib, ular quyidagi besh asosiy turdan iboratdir: metrik rezba; dyuymli rezba; truba rezba; trapetsiyasimon rezba; tirak rezba.
Metrik rezbalarning profili teng tomonli uchburchak bo`lib, uchidagi burchagi 60° ga teng. Amalda uchburchaklarning uchidan butun uchburchak balandligining H/8 qismiga teng bo`lgan qismi qirqib tashlanadi, ya‘ni to`mtoqlashtiriladi. Uchburchakning o`yiq qismi yo tekis qilib qirqiladi yoki yumaloqlab quyiladi (5-shakl, a). Metrik rezbalar o`zining mustahkamligi bilan farq qiladi, shuning uchun ular asosan biriktirish detallariga, ya`ni boltlarga, gaykalarga, shpilkalarga, vintlarga va hokazolarga ishlanadi. 5- shakl, b da biriktirish detallaridan, masalan, bolt va gayka rezbalarining birikkan qismining bir bo`lagi kattalashtirib ko`rsatilgan va unda rezba profillari o`lchamlarining o`zaro nisbati ko`rsatilgan.
Metrik rezbalar yirik qadamli va mayda (kichik) qadamli qilib ishlanadi. Mayda qadamli rezbalar asosiy rezbalardan shu bilan farq qiladiki, bir xil tashqi diametrda ularning qadami maydaroq bo`ladi, demak, rezba o`yig`ining chuqurligi ham kamroq bo`ladi.
1 mm dan 68 mm ga hadar bo`lgan diametrlar uchun GOST 9.150-59 ga muvofik yirik qadamli rezbalar ishlanadi. 1-7—600 mm gacha bo`lgan diametrlar uchun esa GOST 8.724-58 ga muvofiq kichik kadamlya rezbalar ishlanadi (1-ilovaga qarang).
1’ 600 mm gacha bo`lgan diametrlar uch qatorga bo`linadi. Diametrlar tanlashda ikkinchi qatordan ko`ra birinchi qatorni, uchinchi qatordan ko`ra ikkinchi qatorni afzal ko`rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |