Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha operatsiyalar.
Inkasso topshiriqnomasi – ushbu topshiriqnomani bergan bankka mijozning bankemitentga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tar-tibda mablag‘ chiqarish
to‘g‘risidagi talabidir. Inkasso topshiriq-lari quyidagi hollarda taqdim etiladi:
– birinchidan, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlarni undirish uchun;
– ikkinchidan, davlat byudjetiga o‘tkaziladigansoliqlardan tash-qari to‘lovlar,
jumladan, penyalar, jarimalarni undirib olish to‘g‘risidagi soliq organlarining
farmoyishiga ko‘ra;
– uchinchidan, byudjetdan tashqari fondlardan to‘lovlarni undi-rib olishda agar bu
qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
– to‘rtinchidan, bojxona organlarning ishining qaroriga ko‘ra o‘z vaqtida
to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish uchun Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga mablag‘larni hisobdan chiqarish bo‘yicha hujjatlar qonunda belgilangan muddatdan o‘tkazib taqdim etilgan bo‘lsa, bank bo‘limlari ushbu hujjatlarni inkasso uchun qabul qilmaydilar. Ijro hujjatlarining bajarilishi mud-datlari quyidagicha belgilangan: – sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari bo‘yicha –3 yil; – ijro ustxatlari bo‘yicha, agar qonunchilik tomonidan boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa –3 yil; – xo‘jalik sudlarining ijro varaqalari bo‘yicha – 3 yil; – xo‘jalik sudining tomonidan berilgan sud buyrug‘i bo‘yicha un-dirib olib, buyruq berilgan kundan boshlab – 10 kun muddat davo-mida amalga oshiriladi. Davlat sug‘urtasi, ijtimoiy sug‘urta idoralari, davlat byudjeti foydasiga mablag‘larni o‘tkazib berish uchun hujjatlar bank tomo-nidan amal qilish schetdagi cheklanmagan holda qabul qilinadi.
Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga undirib oluvchi tomon-dan 05054110131 shaklda uch nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va to‘lovchi tomonlarga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsatilsa, in-kasso topshiriqnomalarining alohida nusxalar quyidagicha ishla-tiladi: – birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi. – ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘iga va sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va qabul qi-lish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovchiga beriladi; – uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushi-rilgan mas’ul bajaruvchi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchiga beriladi. Undirib oluvchi va to‘lovchiga bir shahar ichidagi turli bankdan xizmat ko‘rsatganda ham inkasso topshiriqnomasi 3 nusxada rasmiy-lashtirilib undirib oluvchi tomonidan bevosita beruvchi korxona bankiga topshiriladi. Inkasso topshiriqnomasining alohida nusxa-lari quyidagicha ishlatiladi: – birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning muhri izi tushirilgan holda va qabul qilish sanasi ko‘r-satilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi; – ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birgalikda to‘lov-chining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan im-zo, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan va bankning muhr izi tushirilgan holda to‘lovchiga beriladi; – uchinchi nusxasi bosh bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushi-rilgan, mas’ul ijrochining imzosi, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lov; oluvchining o‘ziga inkasso topshiriqnomasining uchun bank tomonidan qabul qilgan-ligini tasdiqlovchi hujjat sifatida qaytariladi. Hisoblanayotgan mablag‘lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi, hisob-kitob cheki 2 qismdan iborat: – birinchi qismi hisob-kitob cheki; – ikkinchi qismi chek koreshogi. CHekning koreshok qismi chekning birinchi qismida ko‘rsatilgan summalarni tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o‘z ichiga oladi. Bank xodimi chekini berishda quyidagi rekvizitlarni to‘ldirib berishi lozim: chek berilgan sana: – chek bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summani raqamlar va so‘z bilan; – hisob-kitob chekiga nomi yozib berilayotgan shaxsning familiya-si, ismi, otasining ismi, – uning pasportining seriyasi va nomeri; – chek beruvchining depozit hisobvarag‘i nomeri; – chek bergan bankning bo‘limining nomi va kodi; – chekning amal qilish muddati. Ko‘rsatib o‘tilgan barcha rekvizitlar to‘ldirilgandan so‘ng, bank-ning mas’ul xodim hisob-kitob cheki va koreshok qismlariga imzo qo‘yadi va hisob-kitob chekining hisob-kitob cheki summasiga mos kelishi uchun hisob-kitob cheki nazorat sonlar hoshiyasi bo‘yicha koreshokni ajratadi hamda muhr bilan mustahkamlaydi. Hisob-kitob chekini rasmiylashtirish davrida xatoga yo‘l qo‘yi-lishi mumkin. Agarda hisob-kitob chekini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, unda ushbu chek varaqasi buzilgan deb hisoblanadi va uning o‘rniga hisob-kitob yangi varaqasi to‘ldiriladi. Bunday hollarda hisob-kitob cheki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: – harflar bilan yozilgan «hisob-kitob» so‘zidan bir qismi qirqib olinadi; – chek varaqasining o‘rtasiga "buzilgan" degan dastxat yoziladi va ushbu yozuv yozilgan sana ko‘rsatiladi; – chek varag‘iga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘yi-ladi. Tijorat banklarida qabul qilingan cheklarning hisobi qim-matbaho blankalarning harakati hisobini kiritishga doir daftarda olib boriladi va balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha 93609 "Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar" hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Ish kuni davomida ishlatilgan chek varaqalar chiqim orderi bo‘yicha 93609 "Saqlanayotgan qimmatbaxo buyumlar" hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi. Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 1. CHek egasi va chek beruvchiga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsa-tilganda: – chek summasi savdo tashkilotining hisobvarag‘i krediti va "Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va hisobvarag‘i orqali chek beruvchining hisobvarag‘ining debetidan o‘tkaziladi. CHekning asl nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, sanasining to‘rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi. 2. CHek egasi va chek beruvchiga turli bank bo‘limlari xizmat ko‘rsatsa: – CHek egasining banki chekda ko‘rsatilgan summani qabul qilingan chekka asosan beruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Bir vaqt-ning o‘zida tijorat banklarining elektron hisob cheklari elektron to‘lov tizimi orqali chek beruvchining bankiga jo‘natiladi. CHekning asl nusxasi mas’ul ijrochi tomonidan imzo qo‘yilgan, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi.