Naqd pulsiz hisob-kitoblarning amaldagi shakllari Naqd pulsiz hisob-kitoblarning iqtisodiy asosi bu moddiy ishlab chiqarishdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida jo‘natilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarning byudjet bilan hisob-kitoblar, davlat, ijtimoiy sug‘urta muassasa-lari, sud, arbitraj idoralari bilan ham hisob - kitoblar yuriti-ladi. YUqoridagi hisob - kitoblarning asosiy qismi naqd pulsiz hisob - kitoblar acosini tashkil etiladi. Naqd pulsiz pul aylanishi pulli munosabatlar ishtirokchilari-ning hududiy joylashuviga ko‘ra bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo‘linadi. Bir shahar ichidagi bir yoki turli banklar xizmatidan foydalanadigan korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan naqdsiz pul aylanishi bir shahar ichidagi naqd pul aylanishi deyiladi. Turli shaharlarda joylashgan banklarning xiz-matidan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga kela-digan pul aylanishi shaharlararo naqdsiz pul aylanishi deyiladi. Tovar operatsiyalari hamda notovar operatsiyalari bo‘yicha naqd pulsiz hisobkitoblar naqd pulsiz hisob - kitoblarning turli shakllari yordamida amalga oshiriladi. Bu shakllarning har biri hujjatlar aylanishi, mazmuni jihatdan alohida xususiyatlarga ega. O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra xo‘jaliklar o‘rta-sidagi o‘zaro kitoblar naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi shakllari asosida amalga oshiriladi: – to‘lov topshiriqnomasi; – to‘lov talabnomasi; –akkreditivlar; – inkassa topshiriqlari; – hisob cheklari; – memorial order; – plastik kartochkalar. To‘lovchi va mablag‘ oluvchi tomonlar orasidagi hisob - kitob qilish uchun tanlangan shakl xo‘jalik shartnomasi asosida belgila-nadi. Hisob - kitob shakllari bu huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, hisob - kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mab-lag‘larni mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bir-biridan farq qiluvchi hisob - kitob turlaridir.
Naqd pulsiz hisob - kitob hujjatlarining har biri belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandagina bank tomonidan ijro uchun qa-bul qilinadi. Har bir hujjat shakli talablarga javob beradigan holda rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: – hisob-kitob hujjatining nomi; – hujjatning nomeri va rasmiylashtirilgan sana; – to‘lovchi korxonaning nomi, bankdagi hisobvaraq nomeri, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank kodi; – pul oluvchi korxona yoki tashkilot nomi, uning bankdagi hi-sobvaraq nomeri, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank kodi: – to‘lov summasi; – to‘lov maqsadi. Hujjatlar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan im-zolangan va korxona muhri tushirilgan bo‘lishi shart. Hujjatlar bank tomonidan bank operatsion kuni davomida ijro uchun qabul qilinadi va shu kuni balansdan o‘tkaziladi. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning alohida shakllarini quyida ko‘rib chiqamiz.